BMW kompaniyasining 2023 – yil 1 kvartaldagi iqtisodiy ko’rsatkichlari
2023-yil 1 kvartalda Bayerische Motoren Werke AG (BMW) kompaniyasi daromadini 18 % oshirdi. Bunday o’sishning sababi Xitoyning BMW Brilliance Automotive Ltd. (BBA) bilan integratsiya qilingani hamda narx siyosatining to’g’ri olib borilgani ko’rsatilmoqda.
Kompaniyaning press-reliz xizmati xabariga ko’ra, 2023-yil 1 kvartalda kompaniya daromadi 36,85 mlrd evroni tashkil qildi. O’tkan yilning shu davrida bu ko’rsatkich 31,14 mlrd evroni tashkil qilgan edi.
BMW ning kvartaldagi sof foydasi 2,8 marta pastlagan va 3,66 mlrd evroni tashkil qilgan. O’tkan yilning shu davridagi ko’rsatkich 10,19 mlrd evroni tashkil qilgan edi. Sof foydani bu darajada pastlab ketishiga asosiy sabab, o’tkan yilgi ko’rsatkichlarda Xitoyning BBA konsolidatsiyasining bir martalik daromadlari ham hisoblangan edi.
BMW avtomobillarini bu kvartaldagi sotuv soni 588 138 donani tashkil qildi va bu ko’rsatkich o’tkan yilning shu davridagi ko’rsatkichdan 2% kamroq. Lekin elektromobillar sotuvi soni 1,8 marta ortgan va 64 647 dona avtomobilni tashkil etgan.
Shunday qilib, elektromobillar sotuvi umumiy avtomobillar sotuvini 11% tashkil qilgan O’tkan yilning shu davrida bu ko’rstakich 5,9% edi.
Mototsikillar sotuvi esa 1,1% ga ortgan va 4 794 donani tashkil qilgan.
BMW kompaniyasining sof foydasi 2023-yil 1 kvartalda 12,1% tashkil qildi. O’tkan yilgi shu davrdagi ko’rsatkich 8,9% edi. Kompaniya 2023 yilga shu prognozni saqlab qoldi va EBIT sof foyda diapazonini 8-10% qilib belgiladi. BMW kompaniyasi hozirda 2 mlrd evrolik aksiyalarini qayta sotib olish programmasini olib bormoqda va 2025-yilning 31 dekabriga qadar yana 2 mlrd evrolik aksiyalarini (buyback) qayta sotib olish rejasini oldiga qo’ygan. BMW aksiyalari narxi ortib bormoqda. 2023 yil boshidan beri aksiyalar narxi 23% ga ortgan.