Biznes subyektlarning bankrotligi Yaponiyadagi “Kurata” korporatsiyasi ijro organi rahbari Oʼzbekiston Respublikasida oʼz korxonasining kelajakda samarali faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf qilish vositalari, bankrotlikka uchramaslik yoʼllari bilan qiziqdi. Shuning uchun, korporatsiyaning yuridik departamenti boshligʼidan Oʼzbekistonda bankrotlik boʼyicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, tadbirkorlik subyektlarining bankrotligi bilan bogʼliq qoʼllaniladigan taomillar, ushbu jarayonda sudlarning vazifalari kabi masalalarda maʼlumotlar tayyorlab berishni soʼradi.
Izoh: Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqi miqdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa eng kam ish haqi miqdorining kamida o‘ttiz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.
Qarzdor va kreditor bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizada qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga yoxud tugatishga doir taomillarni qoʻllash zarurligini koʻrsatishi mumkin.
Qarzdorning arizasi bilan quyidagi hollarda qarzdorning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs iqtisodiy sudga murojaat etishi shart:
bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini qondirish qarzdor- ning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini toʻliq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qoʻyishga olib keladigan boʻlsa;
qarzdorning taʼsis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli boʻlgan qarzdor yuridik shaxs
organi tomonidan qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan boʻlsa;
qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa;
- undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilganda, bunday undiruv qarzdorning xoʻjalik faoliyatini imkonsiz qilib qoʻyadi deb hisoblashga asoslar boʻlsa.
Tugatish komissiyasi (tugatuvchi), agar yuridik shaxs tugatila- yotganda kreditorlarning talablarini toʻliq hajmda qondirish imkon- sizligi aniqlangan boʻlsa, qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etishi shart.
Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining ari- zasi ushbu “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi qonunning 8- moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay iqtisodiy sudga yuborilishi kerak.
Kuzatuv, sud sanatsiyasi, kelishuv bitimi, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish yuridik shaxsning bankrotligi toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotganda amalga oshiri¬ladigan taomillar hisoblanadi. Yakka tartibdagi tadbir¬korning bankrotligi toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotganda esa faqatgina kelishuv bitimi va tugatishga doir ish yuritish kabi taomillar qoʻllaniladi. Sudgacha sanatsiya qilish yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda tugatish suddan tashqari ba¬jariladigan taomillar jumlasiga kiradi.
Sudgacha sanatsiya qilish qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisidagi ish yuritish qoʻzgʻatilgunga qadar amalga oshi¬riladi hamda qarzdorning toʻlov qobiliyatini, iqtisodiy jihatdan qodirligini tiklash hamda kelgusida samarali faoliyat koʻrsatishi uchun sharoit yaratilib berilishini oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi.
Bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari, boshqaruv organi yoki qarzdor mol-mulkining egasi bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza iqtisodiy sudiga taqdim etilgunga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora- tadbirlarni koʻradi. qarzdorni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan keli¬shuvga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham koʻrilishi mumkin. Bunday chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:
-toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni toʻla yoki qisman sotib olish;
-ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;
-chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
-xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
-qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi hamda faoliya¬tini davom ettirishidan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatilishi;
-qarzdorning faoliyatini davom ettirishi uchun qarzdor bilan kreditorlar oʻrtasida kreditorlarga toʻlanadigan toʻ¬lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni boʻlib-boʻlib toʻlash yoxud qarzlardan siylov berish toʻgʻrisida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim;
-majburiy toʻlov majburiyatini bajarishni va kredit¬larni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga ke¬chiktirish;
-qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻr¬sat- gan holda oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organning qarori asosida amalga oshiriladi va u oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha muddatga joriy etiladi.
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi yangi tahrirdagi qonunga ku¬zatuv va sud sanatsiyasi kabi yangi institutlar alohida boblarda kiritilgan.
Kuzatuv institutining joriy etilishidan koʻzlangan maqsad kreditorlar manfaatlarini himoya qilish, qarzdor mol-mulkini talon- taroj qilinishini oldini olish va qonunda belgilangan vakolatlarni amal- ga oshirishdan ibo¬rat. Kuzatuv bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatil- ganda iqtisodiy sudi qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishiga qabul qilingan sanadan eʼtiboran joriy etiladi va bu haqda sud ajrimida koʻrsatiladi.
Kuzatuv joriy etilgan paytdan boshlab mulkiy un¬diruvlar boʻyicha ijro hujjatlarini ijro etish qonunda belgilangan tartibda toʻxtatib turiladi; qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirok- chilari) uning tarkibidan chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mul¬kidan ulushni (payni) ajratish haqidagi talablarini qondirish va emissiya qimmatli qogʻozlari boʻyicha divi¬dendlar va boshqa toʻlovlar toʻlash taqiqlanadi; muqobil bir xildagi talabni hisobga olish yoʻli bilan qarzdorning pul majburiyatlarini tugatishga, basharti bunda
kredi¬torlarning talablarini qondirish navbati buzilsa, yoʻl qoʻyil- maydi.
Kuzatuv joriy etilganda qarzdor boshqaruv organlarining qonun- da belgilangan ayrim vakolatlari cheklanadi. Masalan, qarzdorning boshqaruv organlari koʻchmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish bilan yoki shu mol-mulkni boshqa usulda tasarruf etish va qarzdorning balans qiymati qarzdor aktivlari balans qiymatining oʻn foizdan koʻprogʻini tashkil etadigan mol-mulkini tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlarni; zayomlar (kreditlar) olish va be¬rish, kafolat xatlari va kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan oʻzga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bogʻliq bitimlarni faqat muvaqqat boshqaruvchining yozma rozi¬ligiga binoan tuzishlari mumkin. Shuningdek, ular qarzdorni qayta tashkil etish va tugatish; yuridik shaxsni tuzish yoki boshqa yuridik shaxsning ishtiroki; vakolatxo¬nalar ochish va filiallar tashkil etish; dividendlar toʻlash yoki qarzdorning daromadini (foydasini) uning muassis¬lari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash; qarzdor tomo¬nidan obligatsiyalar va boshqa emissiya qogʻozlarini (Aksiyalardan tashqari) joylashtirish; ilgari chiqarilgan aksiyalarni aksiyadorlardan sotish olish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilishga haqli emas.
Kuzatuv joriy etilishi munosabati bilan iqtisodiy sudining ajrimi bilan muvaqqat boshqaruvchi tayinlanadi. Uning huquq va majbu- riyatlari qonunda aniq belgilab qoʻyilgan. Jumladan, muvaqqat bosh- qaruvchi qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash chora- larini koʻ¬rishi; uning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi; kredi¬torlarni aniqlashi; kreditorlarning talablari reyest¬rini yuritishi; qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilgani haqida kreditorlarni xabardor qilishi; kreditorlarni birinchi yigʻilishini chaqirishi va oʻtkazishi shart. Kreditorlarning birinchi yigʻilishi vakolatiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi: sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish yoxud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudiga murojaat qilish; kre¬ditorlar qoʻmitasining miqdoriy tarkibi, uning azola¬rini saylash; sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining, tashqi boshqaruvchining yoki tugatuvchi boshqaruvchining nom¬zodlarini maqullash toʻgʻrisidagi qarorlar.
Iqtisodiy sudi tomonidan qarzdor bankrot deb topilganda va tugatishga doir ish yuritish boshlangan yoki sud sanatsiyasi yoxud tashqi boshqaruv joriy etilgan yoki kelishuv bitimi tasdiqlangan payt- dan eʼtiboran kuzatuv tugatiladi.
Sud sanatsiyasi – iqtisodiy sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning toʻlov qobiliyatini tiklash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga oʻtkazmagan holda qoʻllaniladigan bankrotlik taomilidir.
Kuzatuv jarayonida qarzdor, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan kreditorlar yigʻilishiga yoxud bevosita iqtisodiy sudiga murojaat qilishga haqli.
Qarzdorning sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosno- masiga sud sanatsiyasining taklif qilinayotgan muddati va qarzni uzish jadvali koʻrsatilgan holda qarzdorning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinmogʻi lozim.
Iqtisodiy sud tomonidan sud sanatsiyasi joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Unda sud sanatsiyasining muddati, sud tomonidan tasdiqlangan qarzni uzish jadvali, majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar haqidagi, bunday taʼminotning miqdori va shakllari, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash va unga toʻlanadigan haq miqdori haqidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim.
Mazkur ajrim ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi koʻpi bilan yigirma toʻrt oylik muddatga joriy etiladi. Sud sanatsiyasi joriy etish qonunda belgilangan quyidagi oqibatlarga olib keladi:
kreditorlarning talablarini taʼminlash yuzasidan ilgari qabul qilingan choralar bekor qilinadi;
qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning oʻziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida joriy etilishi mumkin;
-sud sanatsiyasi paytida yuzaga kelgan pul majburiyatlarini va majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim
darajada bajarmaganlik uchun neustoyka va boshqa iqtisodiy sanksiyalar, toʻlanishi lozim boʻladigan foizlar qoʻllanilmaydi.
Sud sanatsiyasi joriy etilganda kuzatuvdagi singari qarzdor va uning boshqaruv organlari qonunda belgilangan ayrim bitimlarni tuzishga va boshqa harakatlarni qilishga haqli emas.
Sud sanatsiyasi joriy qilinganda iqtisodiy sud tomonidan sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi tayinlanadi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan.
Sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanishi yoki tugatilishi mumkin. Ular bir-biridan farq qiladi. Kreditorlarning qarzni uzish jadvalida nazarda tutilgan barcha talablari sud sanatsiyasining belgi- langan muddati oʻtishidan oldin qarzdor tomonidan qanoatlan- tirilganda qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanganligi haqida iqtisodiy sudga hisobot taqdim etadi. Iqtisodiy sud mazkur hisobotni va kreditorlarning shikoyatlarini koʻrib chiqib, - agar uzilmagan qarz qolmaganligi aniqlangan, kreditorlarning shiko- yatlari esa asossiz deb topilgan boʻlsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni toʻxtatadi; - agar uzilmagan qarz borligini aniqlagan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan boʻlsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi hamda bular haqida shikoyat (protest) qilinishi mumkin boʻlgan ajrim chiqaradi.
Sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish uchun esa quyidagi- lar asos boʻladi: kreditorlar talablarini qanoatlantirishning qarzni uzish jadvalida belgilangan muddatlari sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor tomonidan bir necha marta yoki bir marta jiddiy ravishda (bir oydan ortiq muddatga) buzilganligi; qarzdor qarzni uzish jadvalini bajarishga qodir emasligidan dalolat beruvchi holatlarning mavjudligi. Iqtisodiy sudga sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatib, tashqi boshqaruvni joriy etish yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan kreditorlar yigʻilishi murojaat qilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi, shuningdek belgilangan muddat tugashi munosabati bilan ham tamomlanadi. Sud sanatsiyasining tamomlanishi toʻgʻrisidagi masala sud majlisida koʻrib chiqiladi va bu haqda iqtisodiy sudning tegishli sud hujjati qabul qilinadi.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonunda majburiyatlarning taʼminot bergan shaxslar tomonidan bajarilishi, taʼminotdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish yakunlari toʻgʻrisidagi hisobot hamda taʼmi- not bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarmasligi oqibatlari ham batafsil yoritilgan.
Tashqi boshqaruv- iqtisodiy sudi tomonidan yuridik shaxsga nisbatan uning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolat¬larini tashqi boshqaruvchiga oʻtkazgan holda qoʻllaniladigan bankrotlik taomildir.
Kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasi, mol-mulkida davlat ulushi boʻlgan korxonalar boʻyicha esa ban¬krotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi asosida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash¬ning haqiqiy imkoniyatlari aniqlangan hollarda iqtisodiy sudi tomonidan oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha boʻlgan muddatga joriy etildi.
Tashqi boshqaruv joriy etish taomilining oʻziga xos xususiyati shundan iboratki, shu paytdan boshlab qarzdorning rahbari oʻz vazifalarini bajarishdan chet¬lashtiriladi, qarzdorning ishlarini boshqarish tashqi bosh-qaruvchining zimmasiga yuklatiladi, qarzdor- ning boshqaruv organlari vakolatlari tugatiladi, kreditorlar¬ning talablarini taʼminlash yuzasidan ilgari koʻrilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi, qarzdorning mol-mul¬kini xatlash va qarzdorga nisbatan uning oʻziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doi¬rasida qoʻllaniladi, qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar yuzasidan kreditorlar talabla¬rining qondirilishiga nisbatan moratoriy joriy qilinadi.
Tashqi boshqaruvchi iqtisodiy sud tomonidan tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir paytda tayinlanadi va bu toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. Buning imkoni boʻlmasa, iqtisodiy sud tashqi boshqa- ruvchini tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida tayin¬laydi. Tashqi boshqaruvchi tayinlanganidan bir oylik muddat ichida tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kreditorlar yigʻilishiga taqdim etadi.
Iqtisodiy sudi kreditorlar yigʻilishining tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinib, unda belgilangan tashqi boshqaruv muddati dast¬labki muddatdan ortiq boʻlganda, agar tashqi
boshqaruv muddatini uzaytirish yoki tashqi boshqaruvning tasdiqlan- gan rejasini amalga oshirish qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklani- shiga olib kelishiga yetarli asoslar boʻlgan taqdirda tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash yuzasidan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutiladi: ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashti¬rish; norentabel ishlab chiqarishlarni yopish; debitorlik qarzlarini undirish; qarzdor mol-mulkini bir qismini sotish; qarzdorning talabidan oʻzganing foydasiga voz ke¬chish; uchinchi shaxslarning qarzdorning majburiyatlarini bajarishi; qarzdorning qoʻshimcha aksiyalarini joylashti¬rish; qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish; qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish.
Tashqi boshqaruvchining kreditorlar yigʻilishi tomo¬nidan koʻrib chiqilgan hisoboti va kreditorlar yigʻilishining bayonnomasi kredi- torlar yigʻilishi oʻtka¬zilgan sanadan keyin besh kundan kechiktiril- masdan iqtisodiy sudga yuboriladi. Hisobot va bu yuzasidan kreditor¬larning shikoyatlari iqtisodiy sud tomonidan majlisda koʻrib chiqiladi.
Iqtisodiy sud kreditorlar yigʻilishining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimos- nomasi boʻlganda, shuningdek, tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlash rad etilganda yoki hisobot tashqi boshqaruvning belgilangan muddati tu¬gagan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida taqdim etilmaganda yoxud hisobotni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan sud tomonidan biror bir qaror qabul qilinmagan boʻlsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bu qarorda, shuningdek tashqi boshqaruvchini tayinlagan tar¬tibda tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi.
Qonunchilikka koʻra bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar iqtisodiy sudlar sudloviga taalluqlidir.
Iqtisodiy sud sudʼyasi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi bilan oʻrnatilgan talablarga rioya etilgan holda berilgan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishi shart.
Bunday talablarga quyidagilar kiradi:
-ariza iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs tomonidan berilgan boʻlsa;
-ish iqtisodiy sudga taalluqli boʻlsa yoki ariza berilgan iqtisodiy sud sudloviga tegishli boʻlsa;
-ariza uni imzolashga huquqi boʻlgan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
qonunda belgilangan hollarda ariza uchun davlat boji toʻlanganligi, uning miqdori va tartibi toʻgʻrisida maʼlumot;
-ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari yuborilganligi toʻgʻrisida maʼlumot.
Agar ariza vakil tomonidan imzolangan boʻlsa, imzo¬lashga vakolat bergan shaxsning ishonchnomasini talab qilish zarur. Arizaning mazmuni qonunda oʻrnatilgan ta¬lablarga mos boʻlishi hamda “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi qonunning tegishli moddalariga binoan toʻplangan huj¬jatlardan tashkil topgan ilovaga ega boʻlishi kerak.
Sudya qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza kelib tushgan paytdan eʼtiboran besh kundan kechiktir¬masdan arizani qabul qilish va bankrotlik ishini qoʻzgʻatish yoki arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi. Ariza ish yuritishga qabul qilingan taqdirda ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay kuzatuvni joriy etish haqidagi masalani hal qiladi. Arizani ish yuritishga qabul qilish va koʻrib chiqishga tayyorlash toʻgʻrisidagi aj¬rimda kreditorlarning talablarini qondi- rishga doir chora-tadbirlar ham koʻrsatib oʻtilishi mumkin. Sud ama¬liyotida bu ikki masalani bir ajrimda koʻrsatib oʻtish odat tusiga kirgan.
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi qonunning 46-moddasida kreditorlar talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlar belgilab berilgan. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga binoan sud kreditorlarning talablarini qondirish yuzasidan choralar koʻrishga haqli.
Kreditorlarning talablarini qondirishga qaratilgan chora- tadbirlarni koʻrish haqidagi ariza, u kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan koʻrib chiqilishi shart va uning natijalari yuzasidan shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan ajrim chiqariladi. Koʻrilgan choralar tashqi boshqaruv joriy qilingunga yoki qarzdorning bankrot deb topilishiga yoxud tugatishga doir ish yuritishning yakunla¬nishiga
yoki kelishuv bitimining tasdiqlanishiga yoki qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori chiqarilgunga qadar amalda boʻladi.
qarzdor besh kunlik muddat ichida iqtisodiy sudga, arizachiga va ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga mazkur ariza yuzasidan yozma fikrini yuborishga, shuningdek arizada koʻrsatilmagan barcha kreditorlarni oʻziga nisbatan bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan- ligidan xabardor qilishga haqli, qarzdorning iqtisodiy sudga yuborayotgan yozma fikriga mazkur yozma fikrning nusxasi arizachiga hamda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak. qarzdorning yozma fikrining yoʻqligi bankrotlik ishining sudda koʻrib chiqilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Shuningdek, qarzdorning eʼtirozlari yoʻq boʻlgan taqdirda kreditorning talablari asoslantirilgan deb hisoblanadi. Sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza IPKning va “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi qonunning talablariga mos ravishda tuzil- ganligi tasdiq-langanidan keyin sudya ishni koʻrishga tayyorlashga doir harakatlarni amalga oshirish masalasini koʻrib chiqadi. Ushbu harakatlarning qoʻllanilish tartibi bankrotlik toʻgʻrisidagi ish¬ning xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Sudya arizachi tomonidan qarzdorning toʻlovlarni amalga oshira olmasligini tasdiqlovchi, asoslantirish uchun keltirgan dalillarini daxldorligini tekshiradi. Kreditor tomonidan keltirilgan talablarni asoslantiruvchi isbotlarning ham daxldorlik masalasi tekshiriladi. Sudya asosli qaror chiqarishi uchun materiallar yetarli emas deb hisoblasa, qoʻshimcha dalillarni taqdim qilishni talab etishi mumkin. Masalan, arizachi Davlat soliq inspeksiyasi boʻlsa, sudya nafaqa fondi va mehnat birjasidan qarzdorning bu tashkilotlardan qarzi bor yoʻqligi haqida malumot taqdim etishini soʻraydi.
Ishni koʻrishga tayyorlash sudya tomonidan yakka tartibda va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga xabar bermasdan amalga oshiriladi. Ishni koʻrishga tayyorlashdan keyingi bosqich, bu arizachi yoki kreditorlarning talablariga nisbatan qarzdor tomonidan keltirilgan vajlarni tekshi-rishdir. Umumiy asoslarda ishni koʻrishga tayyorlashda vajlarning asoslantirilganligi sud tomonidan bevosita nizo koʻrila- yotgan paytda tekshirilsa, bankrotlik ishlarida vajlarning
asoslantirilganligi ishni mazmunan koʻrib hal qilishdan oldin tek- shiriladi. qarzdorning vajlarini tekshirish boʻyicha alohida ajrim chiqarilish-chiqarilmasligi haqida qonunda alohida norma belgilan- magan, shuning uchun bu haqda qarzdor yoki kreditorlarni xabardor qilish maqsadga muvofiq boʻlar edi. Qarzdor vajlarining asosliligini tekshirish natijalari tegishli kreditorlar yigʻilishida ovozlar sonini aniqlashga asos boʻlishi mumkinligi uchun, sud bu vajlarni mazkur majlisning birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtgunga qadar tekshirishi lozim, chunki “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq kreditorlarning birinchi yigʻilishi ishni sudda mazmunan koʻrib hal qilinishidan oldin oʻtkazilishi kerak. qarzdorning vajlarini tekshirish natijasida sud tomonidan bu haqda ajrim chiqariladi, uning ustidan shikoyat kelti- rilishi mumkin emas, chunki bu hakda IPK va “Bankrotlik toʻgʻri- sida”gi qonunda koʻrsatib oʻtilmagan.
Bundan tashqari, qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun va ishni koʻrishga tayyorlashda, ishni koʻrishda maxsus bilimlarni talab qiladigan savollarni tushuntirib berish uchun iqtisodiy sud ekspertiza tayinlaydi. Ekspertiza nafaqat ishda ishtirok etuvchi shaxs- larning ilti-mosiga koʻra, balki iqtisodiy sudning topshirigʻiga asosan ham tayinlanishi mumkin, chunki bu iqtisodiy protsessual huquqi normalariga zid emas.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish umumiy tartibda koʻril¬ganda qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran uch oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Alohida hollardagina ishni koʻrish ikki oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Sudya qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani oʻz ish yurituviga qabul qilayotgan vaqtda kuzatuvni joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin. Kuzatuv joriy etish toʻgʻrisidagi masala sudya tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun ichida hal etiladi.
Sudya bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish na-tijalari boʻyicha qoʻyidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi:
-qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash;
-qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror;
-sud sanatsiyasini, tashqi boshqaruvni joriy etish va uning muddatini uzaytirish;
-bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish;
-qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani koʻrmasdan qoldirish;
kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrim.
Mazkur sud hujjatlari, agar qonun bilan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlmasa, darhol ijro etiladi.
Tugatishga doir ish yuritish muddati bir yildan osh¬magan muddatda amalga oshiriladi. Bu muddat zarurat boʻl¬ganda sudning ajrimi bilan uzaytirilishi mumkin.
Tugatishga doir ish yuritish mobaynida qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishiga yetarli asoslar, yaʼni moliya¬viy tahlil maʼlumotlari bilan tasdiqlangan asoslar paydo boʻlsa va qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi va (yoki) tashqi boshqaruv taomili joriy etilmagan boʻlsa, tugatish bosh-qaruvchisi mazkur holatlar aniqlangan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida tugatishga doir ish yuri¬tishni tugatish va tashqi boshqaruvga oʻtish haqidagi ilti¬mos- noma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish maqsadida kreditorlar yigʻilishini chaqirishga majburdir.
Tugatish boshqaruvchisi kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamom- langanidan keyin tugatishga doir ish yuri¬tishni oʻtkazish natijalari haqidagi hisobotni iqtisodiy sudga taqdim etadi.
Iqtisodiy sud hisobotni koʻrib chiqib, tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi va tugatish boshqaruvchisi zimmasiga bu ajrimni yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga oʻn kun ichida taqdim etish majburiyatini yuklaydi.
Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatil- ganligi toʻgʻrisidagi yozuv ajrim taqdim etilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay kiritiladi. Bu paytdan boshlab, tugatish boshqaruvchisining vakolatlari tugatilgan, tugatishga doir ish yuritish tamomlangan, qarzdor esa tugatilgan hisoblanadi.
Iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning har qanday bosqichida qarzdor va kre¬ditorlar kelishuv bitimi tuzishga haqlidirlar. Kelishuv bitimini tuzish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish, uni tuzish tartibi, shakli va mazmuni, oʻziga xos
xususiyatlari, haqiqiy emasligi va oqibatlari qonunda belgilangan tar¬tibda amalga oshiriladi.
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanishi kerak, bu haqda bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatib oʻtiladi.
Tashqi boshqaruv jarayonida sud tomonidan kelishuv bitimining tasdiqlanishi kreditorlar talablarining qondirilishiga joriy etilgan moratoriy hamda bankrotlik toʻgʻrisida ish yuritishning tugatilishi uchun asos boʻladi. Agar kelishuv bitimi iqtisodiy sud tomonidan tugatishga doir ish yuritish davrida tasdiqlangan boʻlsa, sudning qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarori ijro etilmasligi kerak.
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi qonunning alohida boblari shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashti¬rilgan korxonalarning bankrotligi, qishloq xoʻjaligi korxonalarining bankrotligi, banklarning bankrotligi, sugʻurtalovchining bankrotligi, qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining bankrotligi masalasini koʻzda tutadi. Bu toifalarga kiruvchi shaxslarning ban¬krotligi masalasi koʻrilganda ularning har birining oʻziga xos belgilari borligi yaqqol koʻzga tashlanadi.
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga teng-lashtirilgan korxona deganda xodimlari ularning oila azolarini ham qoʻshib hisoblaganda tegishli aholi punkti aholisining kamida yarmini tashkil etuvchi yoki xodimla¬rining soni kamida uch ming kishi boʻlgan yoxud davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini taʼminlovchi yoki tabiiy monopoliyalar subyekti boʻlgan yuridik shaxs tushuniladi.
Bunday korxona bankrotligi toʻgʻrisidagi ish, agar qarzdor kreditorlarning pul majburiyatlari boʻyicha ta¬lablarini qondirishga va majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlmasa, hamda bunday talab va majburiyatlar olti oy ichida bajarilmagan boʻlsa, basharti qarzdorga nisbatan bildirilayotgan talablar eng kam ish haqining besh ming karrasi miqdorini tashkil etsa, iqtisodiy sud tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglash-tirilgan korxona bankrotligi toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotganda tegishli davlat hokimiyati organi va tegishli vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora xoʻjalik
boshqaruv organi ishda ishtirokchi shaxs sifatida eʼtirof etiladi. Bunday korxonaga nisbatan iqtisodiy sud tomonidan tashqi boshqaruv kreditorlar yigʻilishining qarori asosida, bunday qaror boʻlmasa, mahalliy davlat hokimiyati organi¬ning yoki vazirlik, davlat qoʻmitasi, idoraning va xoʻjalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga binoan, ular qarzdorning majburiyatlari yuzasidan taʼminot bergan taqdirda, joriy etilishi mumkin.
Shaharni tashkil etuvchi qarzdor korxona hamda unga tenglash- tirilgan qarzdor korxona tashqi boshqaruv chogʻida kreditorlarning talablarini qondirish maqsadida mulkiy majmua sifatida sotilishi mum- kin. Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonani so¬tish tanlov yoki auksion oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshi¬riladi.
Mazkur yuridik shaxslarning tugatish jarayonida uning mol- mulki qiymati kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, tugatish komissiyasi (tu¬gatuvchi) ushbu yuridik shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi yoki qonun huj-jatlarida nazarda tutilgan tegishli chora¬larni koʻrishi uchun davlat soliq xizmati organlariga mu¬rojaat etishi shart. Bankrotlikning soddalashtirilgan taomiliga hozir boʻlmagan qarzdorning bankrotligi ham kiradi.
Hozir boʻlmagan qarzdor deganda oʻz faoliyatini tu¬gatgan yakka tartibdagi tadbirkor yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning rahbari hozir boʻlmagan va ularning turgan joyini (yashash joyini) aniqlashning imkoni boʻlmagan holat tushuniladi.
Bu holatda yuridik shaxs majburiy tarzda emas, balki ixtiyoriy ravishda tugatilayotgan boʻladi. Shuning uchun ham bankrotlik taomillarining hozir boʻlmagan qarzdorga nis¬batan toʻliq hajmda qoʻllanilishi majburiy shart qilib belgilanmagan. Hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb to¬pish toʻgʻrisidagi ariza kreditorlik qarzining miqdoridan qatiy nazar kreditor, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar buyicha davlat organi, soliq xizmati organi yoki boshqa va¬kolatli organ, shuningdek prokuror tomonidan berilishi mumkin.
Iqtisodiy sudi hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizani oʻz ish yurituviga qabul qilib olgan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuri¬tishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hozir boʻlmagan qarzdorning bankrotligida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv taomillari qoʻllanilmaydi. Iqtisodiy sudning qarori bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga yuboriladi, bu organ mazkur qarorni olgan kundan eʼtiboran bir haftalik muddat ichida iqtisodiy sudga tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etadi. Bunday nomzod boʻlmagan taqdirda iqtisodiy sud tugatish boshqaruvchisini bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlari boʻyicha davlat organi xodimlari ora¬sidan tayinlashi mumkin.
Tugatish boshqaruvchisi oʻzi aniqlagan barcha kredi¬torlarni hozir boʻlmagan qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi, ular bu xabarni olgan kundan eʼtiboran bir oylik muddat ichida tugatish boshqaruvchisiga oʻz talablarini taqdim etishlari mumkin. Tugatish boshqaruvchisi hozir boʻlmagan qarz- dorning mol-mulkini aniqlagan taqdirda, iqtisodiy sud uning iltimos¬nomasiga binoan bankrotlikning soddalashtirilgan taomilini bekor qilish hamda ushbu qonunda nazarda tutilgan bankrotlikning umumiy taomiliga oʻtish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.