2
3. Korxonada ichki auditni tashkil qilish bosqichlari
Korxonalarda samarali faoliyat yurituvchi ichki audit xizmatini tashkil qilish
– murakkab, ko’p bosqichli jarayondir va uning quyidagi bosqichlarini keltirib o’tish
mumkin:
1.
Tanqidiy fikrlash va korxona faoliyati turlari bo’yicha uning oldiga
qo’ygan maqsadlari, strategiyasi, taktikasi, uning imkoniyatlari va tashkiliy tuzilishi
bilan tanishib chiqish;
2.
Korxonaning yangicha ishlash konsepsiyasini yaratish va uni korxona
ichki qonunlari bilan meyoriy xujjatlari tasdiqlash. Ushbu yangicha ishlash uslubi
korxonaning
maqsadlaridan, faoliyat ko’rsatish sohasi va imkoniyatlaridan kelib
chiqqan holda uning yanada rivojlanishi, taraqqiy etishi, belgilangan maqsadlarga
erishishi, bozorda yanada mustahkam o’rin egallashi uchun xizmat qilishi lozim. Bu
konsepsiyalar taskilotning moliyaviy, texnologik, innovatsion, investitsion, hisob va
kadrlar siyosatida aks etishi lozim. Bu kabi qoidalar chuqur tahliliy amallar, etarli
darajada hisob-kitoblar o’tkazilgandan so’ng, ko’rib chiqilgan variantlar ichida eng
maqbuli tanlangan holda amalga kiritilishi lozim bo’ladi. Ushbu konsepsiyaning
korxona ichki qoidalari bilan mustahkamlanishi korxona moliyaviy-xo’jalik
faoliyatini belgilangan omillar asosida joriy va kelajakdagi
faoliyatini nazorat
qilishga asos bo’ladi.
3.
Mavjud boshqaruv tizimining samaradorligini aniqlash va uni
yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. Boshqaruv tuzilmasi bo’yicha
nizom ishlab chiqish va unda har bir bo’g’im bo’yicha boshqaruv,
funksional,
uslubiy bo’ysinish qoidalarini yaratish, kim kimga bo’ysunish kerakligini aniq
ko’rsatish, ularning bir-birlari oldidagi huquq va majburiyatlarini aniq belgilanishi
2
Tulaxodjaеva M.M. «Audit» (darslik). Toshkеnt Davlat iqtisodiyot univеrsitеti. Iqtisodiyot, 2010 y. – 446-b.
Ichki naz
or
at
usullari
Vazifalarni
tao’simlanishi
Mustao’il tekshirish
tizimi
Nazorat va o’¤rio’lashni
tabiiy usuli
Xujjatli tekshirish
Ma’sulyatni tasdio’lash tizimi
talab etiladi. Xuddi shu talablarga korxonaning boshqa filiallari (bo’limlari,
guruhlari) ham xodimlar ish taqsimoti jarayonida amal qilishi kerak bo’ladi. Har bir
xodim huquq va majburiyatlarini aniq belgilovchi lavozim ko’rsatmalarini ishlab
chiqish, shtatlar ro’yxati, hujjatlashtirish rejalari va hujjatlar aylanishi aniq qonun
qoidalarini ishlab chiqish lozim. Bunday jiddiy qoidalarsiz grafigini korxona barcha
bo’limlarida etarli darajada ichki nazoratni o’rnatish juda mushkul.
4.
Korxonada ma’lum bir moliyaviy va xo’jalik muomalalari bo’yicha
aniq ichki nazorat uslubini yaratish. Bu xodimlarning o’zaro ichki nazorat tizmida
qatnashishi, resurslardan samarali foydalanish va
boshqaruv qarorlarini qabul
qlishida axborotning xaqqoniyligini to’g’ri baholashga yordam beradi.
5.
Ichki audit bo’limini tashkil etish.
Umumiy tarzda ichki audit bo’limini tashkil etishda quyidagi asosiy
bosqichlardan foydalanish taklif etiladi:
1) ichki audit bo’limini tashkil etishdan maqsadni va u amalga oshirishi lozim
bo’lgan ishlarni korxona oldiga qo’ygan maqsaddan chetga chiqmagan holda aniq
qilib belgilab qo’yish lozim;
2) belgilangan maqsadga erishish uchun asosiy funksiyalarini aniqlab olish;
3) bir xil turdagi funksiyalarni guruhlarga ajratish va u asosida ushbu
funksiyalarni bajarishga qaratilgan bo’lim birliklarini shakllantirish;
4) har bir tashkiliy tuzilma huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi o’zaro
aloqalar sxemasini yaratish hamda buni lavozim ko’rsatmalari va ichki audit xizmati
yo’riqnomasida qonuniylashtirib qo’yish;
5) yuqorida ko’rsatilgan tarkibiy birliklarni bir joyga jamlash – ichki
audit
bo’limi, korxona maqsadlaridan, vazifa va funktsiyalaridan kelib chiqqan holda
uning maqomini belgilash va ichki audit bo’limi yo’riqnomasini ishlab chiqish va
tasdiqlash;
6)
ichki audit bo’limini korxonaning boshqa ma’muriy bo’linmalari bilan
integratsiyalashtirish;
7)
ichki audit bo’limining ichki standartlarini va axloq kodeksini ishlab
chiqish;
8)
ichki audit bo’limining strategik rejalarini ishlab chiqish;
9)
hisobot topshirish tizimini tashkil etish;
10)
mustaqil audit xizmati bilan hamkorlik qilish to’g’risida yo’riqnomani
qabul qilish.
Ichki audit bo’limini tashkil etishda ichki audit xodimlar tarkibini aniqlash
zarur bo’ladi.
Filiallari ko’p va uzoqda joylashgan bo’limlari
mavjud yirik korxona ichki
audit bo’limi xodimlari quyidagi tarkibdan iborat bo’lishi lozim: