22. Oldingi tekshiruvda kamchiliklar bo’yicha aniqlangan ma’lumotlardan
foydalanish. Har bir nazorat jarayonida oldingi
tekshiruvda aniqlangan
kamchiliklardan foydalanish, ushbu kamchiliklarning qaytarilmasligini ta’minlaydi.
23. Rivojlanish va takomillashtirishning uzluksizligi. Vaqt o’tishi bilan
hattoki boshqaruvning ilg’or usullari ham eskirib boradi. Ichki nazorat tizimini
shunday tashkil etishi kerakki, u korxona faoliyatining ichki va tashqi o’zgarishlari
natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yangi muammolarni hal etishda
moslashuvchan
bo’lishi
kerak
hamda
korxonaning
kengayishida
zamonaviylashishini ta’minlab berishi kerak.
Korxonada ichki audit tizimining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlashning
asosiy yo’li quyida keltirilgan tamoyillarga rioya qilishdadir:
1.
Mas’uliyatlilik tamoyili: Korxonada faoliyat olib boruvchi har bir ichki
audit xodimi o’z faoliyatini olib borishda iqtisodiy, ma’muriy va intizomiy
mas’uliyatni his qilishi kerak. Agar xodim tomonidan mas’uliyat
his qilinmasa,
nazorat talab darajasida olib borilmaydi.
2.
Muvozanatni ushlab turish tamoyili. Yuqoridagilardan kelib chiqib,
korxonaning nazorat funktsiyasi qanday tarzda olib borilishi, resurslar bilan
ta’minlanishi va bajarilishi bo’yicha auditor tomonidan buyruq berilmasligi lozim.
Nazorat sub’ektlari tomonidan majburiyatlar korxonaning ish hajmi va
imkoniyatidan kelib chiqib belgilanishi lozim.
3.
Yuzaga kelgan kamchiliklar bo’yicha o’z vaqtida ma’lumot berish.
Yuzaga kelgan kamchiliklar bo’yicha ma’lumot, ushbu kamchiliklar bo’yicha qisqa
vaqt ichida qaror qabul qilish vakolatiga ega kishiga o’z vaqtida etkazilishi lozim.
Agar ma’lumot kechiqtirilsa, salbiy oqibatlarga olib keladi.
Dastlabki nazoratda
oqibatlarning yuzaga kelish ehtimoli bo’yicha malumot o’z vaqtida etkazilmasa, bu
nazoratni amalga oshirilishidan ma’no qolmaydi.
4.
Nazoratga oluvchi va nazoratga olingan tizimning mutanosibligi: Ichki
audit tizimining murakkablik darajasi nazoratdagi tizimning murakkablik darajasiga
mutanosib bo’lishi kerak, ya’ni ob’ekt bo’yicha tekshiruvni muvaffaqiyatli olib
borish uchun ichki audit shu darajada murakkab bo’lishi lozim.
5.
Butlik tamoyili: Har xil turdagi ob’ektlar bir-biriga aloqador bo’lgan
ichki auditni o’ziga qamrab olgan bo’lishi kerak, ya’ni audit tor doiradagi ob’ektlar
bilangina chegaralanmasligi kerak.
6.
Javobgarlikning taqsimlanish tamoyili: Xodimlar o’rtasida vazifalar
shunday taqsimlanishi kerakki, bir xodimga bir vaqtning o’zida quyidagi vazifalar
yuklatilmasligi kerak: belgilangan aktivlar bo’yicha operatsiyalarga ruxsat berish,
berilgan operatsiyalarni ro’yxatga olish, operatsiyalar bo’lganligini ta’minlash
hamda ularni inventarizatsiyadan o’tkazish. Salbiy oqibatlar yuzaga kelmasligini
oldini olish maqsadida bu funktsiyalarni bir necha xodimlar o’rtasida taqsimlash
lozim.
7.
Ruxsat berish hamda ma’qullash tamoyili: Har bir xo’jalik
operatsiyalarining amalga oshirilishida vakolatli shaxs
tomonidan ruxsat berilishi
rasmiy ravishda ta’minlangan bo’lishi kerak. Rasmiy ruxsat bu umumiy turdagi
xo’jalik operatsiyalar yoki aniq bir operatsiya bo’yicha rasmiy qaror hisoblanadi.
Rasmiy ma’qullash bu boshqaruv tomonidan berilgan ruxsatidir. Yuqorida qayd
etilgan tamoyillarning barchasi bir-biriga bog’liqdir, ularning birikishi aniq bir
vaziyatdan kelib chiqadi
Ichki nazorat tizimini tashkil qilish maqsadini amalga oshirish uchun alohida
topshiriq lozim bo’ladi. Tashkilot rahbari ichki nazorat tizimini tashkil qilish
va etarli darajada ushlab turishi uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur:
- buxgalteriya hisobotida nimaiki kiritilishi lozim bo’lsa
barchasi kiritilishi
kerak, shu bilan birga to’g’ri aniqlangan, klassifikatsiyalangan, to’g’ri
baholangan va aniq yuritilgan;
- buxgalteriya hisoboti tashkilot to’g’risida to’laligicha to’g’ri va obektiv baho
berishi kerak;
- tashkilot mablag’i qonunsiz o’zlashtirilgan yoki samarasiz
foydalanilgan bo’lmasligi kerak;
- har qanday chetga og’ishlar o’z
vaqtida aniqlanishi, tahlil kilinishi va
ayibdorlar javobgarlikka tortilishi kerak;
- ichki hisobot tezlik bilan kerakli shaxslarga etkazilishi, ma’suliyati yuklatilgan
shaxslar boshqaruv qarorini qabul qilishi kerak.
Ichki audit etarli darajada bo’lishiga erishishning asosiy mezonlari
quyidagilardir:
- tashkiliy tuzulishning samaraliligi:
- amalga oshirilayotgan tadbirlarning buxgalteriya siyosatiga mos bo’lishi:
- aktivlar saqlanishiga qaratilgan tadbirlarning majburiyligi:
- samarali ichki-audit dasturi.