Ehtiyojlami o‘rganish, tug‘ma va ixtiyoriy ehtiyojlar
Biznes g'oya korxona haqida shunday tasawumi uyg‘otadiki, bu tasawm orqali korxona xaridorlar uchun ma’lum bir qiymatga ega boigan muayyan foydalilikni yaratish bilan birga, korxonaning farqlanuvchi qobiliyatlaming qaysilari tijorat unumdorligiga ta’sir qilishini ham o‘zida mujassam etadi. Biznes g‘oya asosida awalo korxona missiyasi ishlab chiqiladi, keyinchalik esa uning butunlik holatini aniqlab beruvchi ko‘rsatkichlar hamda siyosat va tashkiliy tadbirlar ishlab chiqiladi. Shuning uchun, biznes g‘oya tahlilining metodologik muammolari qanday yechilishiga qarab qolgan barcha strategik yechimlar qabul qilinadi.
Biznes g'oya tahlilining mazmuni korxona tomonidan qanaqa mahsulot ishlab chiqariladi, korxona tomonidan qaysi xususiy kapital ishlatilmoqda va qaysi turdagi qo‘shimcha mahsulot kor~ xonaga tegishli kabi savollar bilan ifodalanadi. Qo‘shimcha mahsulotning sarflanayotgan kapitalga bogliqligi oxir oqibat biznes g'oyaning samaradorligini belgilab beradi.
Har qanday ishlab chiqarish-savdo korxonasining maksimal foyda me’yorini olish imkoniyati boigan biznes turlarida faoliyat koVrsatishga boigan intilishlari tushunarli holat albatta. Ammo, bu intilishlar to‘siqlarga duch keladi. Birinchidan, bu korxona kapital tuzilmasi, ikkinchidan, ma’lum turdagi biznes turini amalga oshirish, va uchinchidan, shu turdagi biznesning istiqbollariga qarab belgilanadi.
Biznes g‘oyani shakllantirish uchun:
birinchidan, talab va ehtiyojlar tuziimasini,
ikkinchidan, korxona egalik qiladigan shaxsiy kapital tuzil- masi haqida tasawurga ega bo£lish kerak, qolaversa, korxona shu kapital tuziimasini istiqbolli biznes turlariga mos ravishda belgilay olishini anglamog‘i lozim bo‘ladi.
Talablami o‘rgan.ishda, awalom bor, jamiyatda aynan hozirgi vaqtda qaysi narsa muayyan qiymatga ega bo‘lishini o‘rganish uchun zarur, aniqrog'i, qaysi foydaliklar jamiyatda shu qiymatni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo ehtiyojlami qanday o'rganish kerak degan savolni ko‘rib chiqishning o‘zidayoq bu narsa katta muammoga aylanadi, sababi nima uchun insonlar u yoki bu mahsulotni afzal ko‘rishlarining boisi, obyektiv va subyektiv omillar, maydon, vaqt va harakatlardan tashkil topgan o‘ta murakkab funksiyadir.
Ko'rinib turibdiki, bunday murakkabliklar tufayli ko‘pincha anglashmovchilik kelib chiqadi, birinchi misolda ehtiyojlar xohishning mavjudligi evaziga paydo bo‘Isa, ikkinchisi esa ehtiyojlar talabning mavjudligi hisobiga paydo boMadi. Shu bilan bir qatorda, shu uchta kategoriyalar orasidagi farq ancha katta va ulami tushunmaslik keyingi tahlili uchun u yoki bu biznes turida noto‘g‘ri yechimlar qabul qilishga olib kelishi mumkin. Talabdagi mavjud xohishlami olganda, biz shu faoiiyatimiz bilan muayyan mahsulotning bozordagi sotuv hajmini sun’iy ravishda katta- lashtiramiz degan umidda katta miqdordagi kapital talab qiladigan bozomi rivojlantirishga kirishamiz. Ammo, iste’molchilaming bizning mahsulot imizni xarid qilish qobiliyati ko‘p vaqt mobaynida past darajada bo‘lsa, unda xohishlar xohishligicha qotib ketadi, biz sarflagan kapital esa narx-navo o£zgarishini keltirib chiqara olmaydi va bekorga sarflanganligi ayon bo‘lib qoladi.
Aksariyat hollarda, insonlar ehtiyojlar va xohishlar o£rtasidagi farqlikni ko‘ra bilmaydilar, sababi ular ehtiyojlar xohishlar evaziga paydo boMadi degan fikrga tayanadilar. Aslida esa, har qanday ehtiyoj negizida yotgan faqatgina ikkita rag'batlantirishdan biri amalga oshadi, ya’ni o‘ziga zarar yetkazmasdan rohat olish istagi inson xulq-atvorining asosiy sabablari sifatida qaraladi. Bu paytda zarar ham rohat ham keng tushuncha sifatida qaraladi. Ba’zi paytlarda insonlar shunday narsalardan rohat olishlari mum- kinki, bu rohatning oqibati aslida zarar keltiradi (narkotiklar, alkogol).
Ehtiyoj — bu iste’molchi muayyan qiymatga ega bo‘lgan intilish. Bunda qiymat moddiy-ashyoviy hamda nomoddiy (ma’naviy) shaklda aks ettirilishi mumkin. «Moddiy va ma’naviy oziqa» borasidagi aytiladigan so‘zlar bejiz bo‘lmasligi ayon albatta.
«Ehtiyoj-xohish-talab» mantiq zanjirida, xohish deyilganda o‘z ehtiyojini qondirish tushuniladi, ya’ni, muayyan bir ehtiyojga asoslangan holat tushuniladi. Ehtiyojlar xissiyotlar bilan uyg‘un- lashib xohishlarga aylanadi. Xohishlar va ulaming mavjud bo'lish sharoitlari esa talabni shakllantiradi. Iste’molchi mahsulotni o‘zining xohishlari asosida sotib oladi. Sharoitlar asosida tashkil topadigan talab negizida bu xohishlaming stimullari yoki cheklov- chilari yotadi. Lekin, sotib olingan mahsulotdan keladigan rohat- lanish jarayoni obyektiv foydaiilik holati bilan bir vaqtning o‘zida ro'y beradi.
Xohishlar shaklanmagan paytda talabga ta’sir o‘tkazishlik bekorchi vaqt va kuch sarflanishiga sabab bo lad i. Xohishlarga ma’lum bir ehtiyojni sezmasdan turib ta’sir o‘tkazishlik ham ijobiy samara bermaydi.
Ehtiyojlar o‘zining turkumlanishiga qarab mutlaq, sun’iy, tabiiy va xohish evaziga paydo bo‘lgan ehtiyojlarga bo‘linadi. Mutlaq ehtiyojlar turkumiga, iste’molchining qanday holatda bo‘lishidan qat’i nazar mavjud ehtiyojlarga aytiladi. Bunday ehtiyojlami qondira olmaslik iste’molchining hayotiga zomin bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bularga insonlaming barcha tabiiy ehtiyojlari kiradi (oziq-ovqat, axborot, muloqot va h.k.). Biznesda absolyut ehtiyoj bozorda o‘z mahsulotini sotishni misol qilib keltirish mumkin. Sotuv mavjud boimasligi biznesning tugashiga olib keladi.
Absolyut ehtiyojlami hisobga olib va to‘yintirish mumkin bo‘lsa, nisbiy ehtiyojlami baholab yoki qondirib bo‘lmaydi. Nisbiy ehtiyojlar kategoriyasiga shu muhitda mavjud bo’lmagan boshqa ehtiyojlarga nisbatan ustunlik tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |