Iste’molchilar ham ma’lum bir jihatlari bo‘yicha foydalilikni aks ettiradi. Bunda, iste’molchilar mahsulotning ba’zi jihatlarga boshqalarga nisbatan ko'proq e’tibor beradilar. Shuning uchun, bizning mahsulotimizda mavjud foydalilik jihatiarini bilgan holda bozorimizning taxminiy hajmini (bizning iste’ molchilarimiz salmog'ini) bilib olishimiz mumkin.
Shunday tarzda o‘tkazilgan iste’molchilaming afzalliklari bo‘yi- cha bozor tuzilmasining tahlili talab bahosining aniqligini ko‘pay~ tirib, biznes g‘oyani aniqroq shaklantirish imkoniyatini beradi.
Ehtiyojlar va talabning tahlili biznes g'oyani tayyorlash ishining muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ehtiyojlar va talablarni qondirish uchun shu muhitda faoliyat olib borish natijasida bu tahlil nafaqat biznesimizning predmetini, balki uning obyektini, ya’ni, iste’molchisini aniqlab olishga ham imkoniyat beradi.
Biznes g‘oyani shakllantirishdagi keyingi bosqichi o‘z imkoniyat. larining yoki korxona imkoniyatlarining nazariy jihatdan shakllanib bolgan talab va ehtiyojlarning tahlili hisoblanadi. Biz uni korxona xususiy kapitalining tahlili deb atab, u bilan kapitalni kengaytirilgan ma’noda korxonada amalga oshirilgan mehnatni tushunamiz.
Korxonaning xususiy kapitalining tahlili o‘zining mavjud bo‘ lishi tarixi mobaynida ishlab chiqargan mahsulotga ta’rif berish- dan boshlanadi. Keyin esa, shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun korxona qanday xususiy kapitalni ishlatganligi aniqlanadi. Kcyingi bosqich, korxona boMimlari qaysi aktivlarga egalik qilishini aniq- Inshdan iborat. Bunda korxona tashkiliy resurslarning birlashishi natijasida paydo bo'ladi deb tushuniladi. Korxonagabiriktirilishidan oldin resurslar hozirda ishlab chiqarilmaydigan mahsulot ishlab chiqarishida ishtirok etishlari mumkin bo‘lgan.
Agarda gap endigina tuzilayotgan korxona haqida borsa, unda bunday korxonadagi xususiy kapitalning tahlili uning bolimlarini tashkil etuvchi aktivlar tahlilidan boshlanadi.
Korxonadagi xususiy kapitalning tahlili natijasida qanday mahsulotlami ishlab chiqarish mumkinligi haqidagi tushunchaga ega bo‘lgandan keyin, birinchidan, uning biznes-tarmog‘idagi chegaralarini aniqroq belgilab olish mumkin, ikkinchidan esa, korxonadagi mavjud qobiliyatlarning qaysilari uning farqlanuvchi qobiliyatlari sifatida korxona uchun raqobatli ustunliklarni ta’minlab beradi degan savolga javob olish mumkin.
Konsalting xizmatlari bozoridagi ehtiyojlar tuzulmasining tahlili jarayonida 40 turdagi konsultativ mahsulotlar aniqlangan. Har bir turini sinchkovlik bilan o‘rganish natijasida yuqorida ko‘rsatib o'tilgan 40 dan ortiq mahsulotlardan xohlagan birini ishlab chiqarishini ta’minlay oladigan konsalting korxona ega bo'lishi zarur bo‘lgan keyingi qobiliyatlar kompleksini aniqlab olish imkonini berdi:
Tashkiliy muammolami yechishdagi bilim va tajriba.
Moliyaviy muammolami yechishdagi bilim va tajriba.
Iqtisodiy muammolami yechishdagi bilim va tajriba.
Adekvat huquqiy bazasi borasidagi bilimlar.
Iqtisodiyotni o‘qitish tajribasini va metodikasi borasidagi bilimlar.
Marketing tadqiqotlari va rejalashtirish tajribasi va metodikasi borasidagi bilimlar.
Ishlab chiqarish texnologiyasi va texnika tarmog‘idagi tajriba va bilimlar.
Ekologik muammolarni hal qilish borasidagi tajriba va bilimlar.
Xodimlaming analitik hamda tadqiqotchilik qobiliyatlari.
Xodimlaming pedagogik qobiliyatlari.
Xodimlaming kommunikativ qobiliyatlari.
Yuqori mansab tuzilmasidagi aloqalar.
Biznes axboroti manbalariga bo‘lgan kirish imkoniyati.
Matematik modellashtirish borasidagi tajriba va bilimlar.
Programmalashtirish borasidagi tajriba va bilimlar.
Korxonaning ichki salohiyatiga konsalting xizmati bozori
talablariga binoan tahlilini qulay tarzda o‘tkazish mumkin, sababi yuqoridagi 40 dan ortiq mahsulotlar bo'yicha ikki qatordan iborat jadval tuzib, tepa qatoriga ma’lum bir mahsulotni chiqarish uchun zarur qobiliyatlami, pastki qatoriga esa hoziigi paytda korxona egalik qilayotgan qobiliyatlami joylashtirish mumkin.