Ehtiyojlami o‘rganish, tug‘ma va ixtiyoriy ehtiyojlar
Biznes-tarmoqlarining chegaralarini aniqlash.
Biznes g’oya missiya o‘rnida
Hayot bizga har kuni o‘z o‘mida ishlab chiqarish-savdo faoliya- tining asosi yo‘qolgan yoki umuman bo‘lmagan korxonalaming sinishi misollarini ko‘rsatadi. Ulaming jihatlari o‘zining muhiti bilan kundalik almashinuv jarayonini davom ettirish uchun yetarli bo£lmaydi va bu muhit oxir oqibatda bunday korxonalardan voz kechadi.
Strategik rejalashtirish ishlari bo‘yicha ko‘pgina mualliflar korxona biznes-strategiyasining kontseptual asoslari sifatida korxona mavjudligini belgilab beruvchi tushunchani, uning missiyasini qo‘Uashni taklif qilishgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, missiya tushunchasi jami iqtisodiyot ta’limotiga harbiy ta’limotdan kirib kelgan. Ammo, harbiy ta’limotdagi missiya deganda bajariladigan mashg‘ulot tashunilsa, iqtisodiyot ta’limotida har bir muallif unga o‘zining ma’nosini kiritishni o‘z burchi deb biladi. Quyida eng ko‘p tarqalgan fikrlami keltiramiz.
Missiya bu ma’lum bir biznes turini boshqa biznes turlaridan ajratuvchi aniq maqsad tavsiyanomasi. Missiyani belgilab olish — bu biznesning mavjud bo‘lishidagi sabablarni oshkor etishdir. Missiyani ko£pincha kredo, maqsadlar, falsafa, boyliklar, tamoyillar yoki sodda qilib, biznesimizning ta’rifi sifatida aniqlash mumkin. Missiya — bu uzoq muddatli salohiyatli biznesni nazarda tutib, u qanday qilib shakllanishi va kimga xizmat ko‘rsatish maqsadini tushunishdan iborat. Missiya aniq tugallanishni ko‘rsatish uchun emas, balki tezroq biznesda qo‘llani}adigan sabab, aniqlik, yo‘nalish va falsafani aniqlab olish uchun ishlab chiqiladi.
Aynan xaridor biznes o‘zi nimadan tashkil topganligini aniqlab beradi. Aynan xaridor tovar va xizmat uchun haq to‘lash istagini bildirib, iqtisodiy resurslami boylikka, buyumlami esa — tovarga aylantiradi. Biznes o'zining ishlab chiqarishini, ayniqsa, o‘z kela- jagini va o‘z muvaffaqiyatini qanday tasawur etishi muhim deb hisoblaydi. Hal qiluvchi omil sifatida xaridor xarid qilayotganda nima haqida o‘ylayotgani, belgilangan narxga qanday munosabatda bo‘layotgani muhim ahamiyatga ega bo‘iib, bu esa biznes o‘zi nimadan tashkil topganligi, nima ishlab chiqarishi va kelajakda rivojlanib borishini aniqlab beradi. Xaridor doimo tovar yoki xizmatni sotib olish paytida o‘z foydasini va manfaatini o‘ylaydi. Xaridor biznesning asosi bo‘lib, uning mavjudligining kafolatidir. Biznesning mavjudligi va rivojlanishi xaridorlarning shu biznesga bo‘lgan xohishida namoyon boladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, har bir fikr quyidagi savollarga javoblami aniqlab berish harakatini o‘zida aks ettiradi:
Biz nima qilayapmiz, va xuddi shu narsalami qilayotganlardan nima bilan farq qilamiz?
Xaridor bizning mahsulotimizni yoki xizmatimizni xarid qilayotganda qanday foydaga erishadi?
Bizning biznes hayotda nima faoliyat bilan shug£ullanadi?
Bizning xaridorimiz kim bo’lmadi? U bizdan nimani kutadi?
Korxonaning mavjudlik masalasini ta’minlovchi missiyadan farqli o'laroq, strategik tahlil va rejalashtirishni biznes g‘oya asosida ko‘rish maqsadga muvoftq bo‘ladi, chunki u korxonaning ina'lum bir ishlab chiqarish-savdo faoliyatining boshqaiuv asosini tashkil etgan holda korxonaning hozirgi va kelajakdagi salohiyatini belgilab beradi. Shu kuchlarni harakatga keltirish uchun, ya’ni, biznes g‘oyani amalga oshirish uchun, avvalo bu g‘oyani to‘g‘ri tuzib olmoq zarur bo£ladi. Faqatgina to‘g‘ri tuzilgan biznes g‘oyani, o£rganish, hal etish, o‘zgartirish va yaxshilash mumkin bo‘ladi. Undan keyingina, birgalikda biznes g‘oyaning, ya’ni, strategiyaning amalga oshirish usullarini o‘rganish, hal etish, o‘zgartirish va yaxshilash imkoniyati tug‘iladi.
Korxona muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun, u qabul qilgan qiymat- ning to‘g‘ridan to‘g‘ri korxona egalari oladigan foydaga yoki kutilayotgan foydaga aylanishi kerak bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqiyatli biznesning asosini aynan shunday faoliyat turlari
tashkil etish kerak, ular qabul qilgan ma’lum qiymat uchun, ma’lum bir narx toiash istagini bildirgan ma’lum bir xaridorlar guruhi mavjud bo‘lishi talab etiladi. Bunday qiymat biznes g‘oyaning talabiga ko‘ra, bir qator omillarning va ilgari hech kim aniqlay olmagan yangi kombinatsiyadagi alohida jihatlaming birla- shuvi asosida tashkil etilishi mumkin bo‘ladi. Shuning uchun, tadbirkorlik muvaffaqiyatini belgilab beruvchi biznes g‘oyani tuzish uchun quyidagilar zarur1:
xaridorlar uchun ma’lum bir qiymatni anglatuvchi yangi daromad usulini yo‘lga qo‘yish;
ushbu usulni ta’minlab turuvchi alohida qobiliyatlar maj- muasini tuzish;
tadbirkorlikda maksimal darajada qo‘yilgan me’yorga erishish uchun yangi bir noyob formula tuzish va bu me’yomi foydaga aylantirish.
Ko‘rinib turibdiki, buning uchun birinchi navbatda, salohiyatli xaridorlaming xojatlarini qondimvchi foydaliklar haqida yaxshi tasawurga ega bo‘lish. Ikkinchidan, qaysijihatlaryordamida yangi foydaliklami yaratish va korxonada shu jihatlar mavjudligi kabi masalalami (agarda mavjud bo‘lsa qaysi darajada) aniq bilish. Uchinchidan, tadbirkorlik daromadini qaysi yoi bilan va nima hisobiga yaratishni va u qanday qilib ko‘paytirilishi mumkinligi ifoda eta olish talab qilinadi.
Shunday qilib, biznes g‘oya mozayika shakliga o‘xshab:
Biznesni amalga oshirish sharoitlaridan tashkil topadi (4.1-rasm).
Ba’zi paytlarda to‘satdan yangi kombinatsiya boshqalar tomonidan osonlik bilan tuzilishi mumkinligi oshkor bo‘lib qoladi. Shu paytlarda, tez orada yangi raqobatchilar paydo bo‘lib, muvaffaqiyat juda qisqa muddatli boMishi mumkin. Aksincha, alohida jihatlar.
kombinatsiyasida ba’zi bir noyob va farqlanadigan belgilar mavjud bo‘lishi mumkin va ular boshqalar tomonidan kolchirilishiga to‘sqinlik qiladi.
Shuning uchun, korxona biznes g‘oyasini ko‘rib chiqishda, doimo «Bu formulada qanday noyoblik mavjud va nima uchun boshqalar uning nusxasini ko‘chirib olish imkoniyatiga ega emaslar?» degan savolni berish lozim bo‘ladi.
Ba’zan manbalarda quyidagilar ta’kidlab o‘tilladi: