O'zbekistonda iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalaridagi o‘sish sur’atlari, foizda
Ko‘rsatkichlar
2007
2008
2009
2010
2011
2012
2013
Sanoat ishlab chiqarishi
12,1
12,7
9,0
8,3
6,3
7,7
8,8
Qishloq xo'jaligi
mahsulotlari
yetishtirish
6,1
4,5
5,7
6,8
6,6
7,0
6,8
Chakana savdo aylanmasi
21,0
7,2
16,6
14,7
16,4
13,9
14,8
Aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish
20,6
21,3
12,9
13,4
16,1
14,3
15,8
Manba: O'zbeksiton Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lu- motlari
5.1-jadvaldan quyidagi xulosani chiqarish mumkin: jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida dunyo miqyosida yalpi talab, savdo va investitsiyalar hajmining sezilarli darajada qisqarishi yurtimiz iqtisodiyotiga ham o‘zining ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, inqirozdan oldingi 2007-yilda chakana savdo aylanmasi va aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatishning qo'shimcha o‘sish sur’atlari darajasi (tegishli ravishda 21,0 va 20,6 foiz) keyingi yillarda sezilarli pasayishi kuzatildi. Biroq, shunisi e’tiborga loyiq: shunday murak- kab va qiyin sharoitda ham iqtisodiyotning asosiy tarmoq va sohalarida iqtisodiy o‘sishning yuqori va barqaror sur’atlari saqlanib qolmoqda.
Iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini mOdemizatsiya qilish va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash borasida 2011—2015-yillarda 0‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi Dastur muhim ahamiyat kasb etadi. Dasturning asosiy maqsadi — respublika sanoatini barqaror, jadal va mutanosib ravishda rivojlantirish, asosiy sanoat tarmoqlarini diversifikatsiya qiiishga va eksport salohiyatini o‘stirishga yo‘nal- tirilgan tarkibiy o‘zgartirishlami chuqurlashtirish, sanoat tarmoqlari, komplekslari va korxonalarini modemizatsiya qilish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash asosida ulaming samaradorligi hamda raqobatdoshligini yanada oshirishdan iborat.
Dasturing asosiy vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari:
struktura hosil qiluvchi tarmoqlarni va umuman sanoatni rivojlantirish bo‘yicha iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini diversifikatsiya qilishga yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgartirishlami chuqur- lashtirish;
mamlakatimiz sanoat mahsulotining raqobatbardoshligini oshirish, respublika sanoati va umuman iqtisodiyotini rivojlan- tirishning jahon kon’yunkturasidagi o‘zgarishlarga bog‘liqligini kamaytirish maqsadida normativ ko‘rsatkichlar va tariflaming bar- qarorligini ta’minlash;
sanoat korxonalarini keng miqyosda modemizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, ularni eng zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan jihozlash, sanoat tarmoqlarida zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ilg‘or innovatsiya texnologiyalarini jadal tatbiq etish, sanoat uchun yuqori malakali kadrlar tayyor- lashni kengaytirish;
ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, mahalliy xoma- shyoni chuqur va sifatli qayta ishlash negizida eksport salohiya- tining barqaror o‘sib borishini, eksportga moljallangan raqobat- dosh sanoat mahsuloti ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ularni sotish bozorlari kengaytirilishini ta’minlash va boshqalar.
Yuqoridagilami umumlashtirgan holda mamlakat iqtisodiyotini modemizatsiya va diversifikatsiya qilishning asosiy mohiyati va tamoyillarini quyidagi ko‘rinishda tasvirlash mumkin (5.3-rasm).
Milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali amal qilishini ta’minlash, uni jahonning rivojiangan mamlakatlari taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar, jahon bozori kon’yunkturasidagi tebranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan «chidamliligi», mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan iqtisodiyot turli darajalari ishlab chiqarish jarayonlaridagi tub islohotlar va ularning natijalariga bog‘liqdir. Biroq, shu bilan birga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash ijtimoiy-iqtisodiy hayotning boshqa sohalaridagi o‘zgarishlarga chambarchas bogliq.