Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə41/53
tarix16.08.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#139585
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53
Biznes strategiyasi

Nazorat uchun savollar

  1. Portfel tahlilning maqsadi nimadan iborat?

  2. BKG modeli nimani aks ettiradi?

  3. BKG modelida korxona naqd pul oqimi qaysi maqsadda qo ‘llaniladi ?

  4. BKG modelning maqsadi nimadan iborat?

  5. Asosiy tijorat maqsadlariga yetaktovchi variantiami sanab о ‘ting.

  6. BKG modeli tuziimasini izohlab bering.

  7. Har bir biznes holatiga tavsif berib о‘ting: «sogHladigan sigir», «yulduz», «it», «so ‘roq belgisi».

  8. Modelning zaif tomonlarini sanab о ‘ting.

  9. Modelning kuchli tomonlarini sanab о ‘ting.

  10. JO. BKG modeli qo'llash yordamida qanday qilib biznes-portfelni shakllantirish mumkin.

  11. Mavjud modelni qo'llashga to‘sqinlik qilayotgan kamchitiklarini sanab о ‘ting.

  12. BKG modelida qanday o'zgaruvchilardan foydalaniladi?

6-mavzu. Bozorning raqobatbardoshligi vajozibadorligini taqqoslash: Mak Kinsey (GE/McKinsey) modeli


Reja:



  1. Mak Kinsey modelining kelib chiqish tarixi va tuzilishi

  2. Strategik holatlar sohasi g‘oliblar, yutqazganlar, biznesning o‘rtacha holati va ishonchsi. turlari

  3. Mak Kinsey modelining kuchli, zaif tomonlari va bozor jozibadorligi, kompaniya raqobatbardoshligini xarakterlovchi o‘zgaruvchilar

  4. Mak Kinsey modelida qollaniladigan bozor jozibadorligi va kompaniya raqobatbardoshligini baholash




  1. Mak Kinsey modelining kelib chiqish tarixi va tuzilishi

1970 yilning boshlarida «General Electric va McKinsey&Co» konsalting guruhi hamkorligida taklif qilingan «GE/McKinsey» deb nomlangan analitik model paydo bo‘ldi. 1980-yilga kelib, u eng mashhur ko‘p omilli biznesning strategik holatlaming tahlil modeliga aylandi. Bir vaqtlar 80-yillar o‘rtalarida Fortune 1000 ro‘yxatidan taxminan 36% kompaniyalar va Fortune 500 ro‘y- xatidan 45% kompaniyalar bu tahlil metodikasini va rejalashtirishni o‘zlarida joriy etgan holatlari qayd qilingan edi.
Bu modelni strategik boshqaruv va rejalashtirish haqidagi maxsus adabiyotlarda, turli nomlanishlar ostida uchratsa boladi. Ba’zi nomlari qandaydir tarixiy jihatga mansubligini aks ettiradi. Masalan, «GE/Мс Kinsey» modeli nomi uni kim ishlab chiqqan va taklif qilganligini ko‘rsatadi. Boshqasi esa uning matritsasining nomi bilan yuritiladi. Masalan, «bozoming ko‘rkamlilik va raqobat holatlarining matritsasi». Uchinchi nomi uning mazmunidan ko‘ra ko‘proq ushbu modelning shaklini ta’kidlaydi, masalan «pufakli diagramma» nomi.
Dastlab, ushbu modelning matritsasi «General Electric» kompaniyasida tijorat faoliyatining o‘ziga xos bo‘lgan 43-muhim turlarining qiyosiy tahlilini amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan. Matritsaning ishlab chiqilgan tuzilmasining o‘zi ham, ma’lum bir metodik muvvafaqiyat boMib ko'rinardi, chunki uning yordamida bir biridan xususiyati bo'yicha katta farq qiladigan biznes birliklar holatlarini strategik tahlili uchun umumiy qiyosiy bazani barpo etilish muammosi qisman hal qilindi.
Model qaror qabul qiladigan shaxsni ko£p miqdordagi ma’lumotlar subyektiv omillarini miqdoriy baholash va ularni tahlilga kiritish yo‘1i bilan ta’minlab berdi. 0‘z o‘zidan ravshanki, taklif qilingan matritsada yakuniy strategik qarorni nafaqat biznes
birliklarini holatlash natijalari asosida qabul qilinardi. Balki endi bu model yordamida menejer biznesning ma’lum bir turlarini taqqoslash, ularni yaxshiroq saranjomlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
0‘sha payt «GE/McKinsey» kompaniyasining boshqarish muhitida shunday ibora tarqalgan edi. «Bizning modelimiz — olma va apelsinlami taqqoslashning yagona yo‘lidir». Ammo nomiqdoriy omillarga aniq bir vazn koeffitsiyentlari berilmagan hollarda ham, matritsa qo‘llanishining yakuniy natijasi biznes turlarini kvazi- miqdoriy holatlash bilan yakun topardi.
«GE/McKinsey» modelining diqqat markazida kelgusidagi (kelajak) foyda yoki kelajakda kapital qo‘yilmalardan keladigan tushum turadi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, asosiy harakat aniq bir biznes turiga yo‘naltirilgan kapital qo‘yilmalar (inves- titsiyalar) qisqa muddat ichida qanday ta’sir o'tkazishi mum- kinligini tahlil qilishdan iborat.
Shunday qilib, korporatsiyaning ко‘rib chiqilayotgan biznes turlari nomzodlar sifatida qo‘shimcha investitsiya! ami miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ranjirlanadi. Ma’lum bir biznesning alohida turi kelajakda yaxshi investitsiyani «yutishi» uchun, faqatgina sotuvlar hajmi, foyda, kapital qo‘yilmalaming o‘zi ko‘zda tutilmaydi, balki boshqa xilma xil omillar, masalan, bozor ulushining o‘zgaruvchanligi, texnologiyalar, xodimlarning sodiqligi, raqobatning darajasi, jamiyat ehtiyoji (talabi) hisobga olinadi.
«GE/Мс Kinsey» modeli matritsa shaklida bo4lib, 9 katakdan iborat, u korporatsiyaning xo‘jalik faoliyati yo‘nalishlarini strategik tahlil holatlarini taqqoslash va tasvirlash uchun tashkil qilingan. Bu modelning asosiy xususiyati shunda: unda ilk bor biznes turlarini taqqoslash uchun faqatgina «jismoniy» («ijtimoiy») omillar emas, balki biznesning subyektiv xarakteristikalari, ya’ni bozor ulushining o‘zgaruvchanligi, texnologiyalar, kadrlar bilan ta’min- lanish holati, va hokazolar ко‘rib chiqilgan.
«GE/Мс Kinsey» matritsasi 3x3 hajmga ega. Y va X o‘qlari bo'yicha integral baholar joylashtirilib, shunga yarasha bozorning ko'rkamligi va korporatsiyaning muvofiq bozorga nisbatan ustunligi qo‘yiladi (7.1-rasm).

В










0













z














Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin