Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə43/53
tarix16.08.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#139585
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53
Biznes strategiyasi

Daromad keltiruvchi (ishlab chiqaruvchilar) holatdagi biznes turlari bozorning jozibadorlik darajasi pastligi va kompaniyaning nisbiy ustunlik darajasi yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bunday holatda investitsiyalami boshqarishda samarani qisqa muddatdagi istiqbolda kurish lozim boiadi, chunki istalgan vaqtda tarmoqning inqirozi yuz berishi mumkin. Investitsiyalar bozorning eng ko‘rkam

  • segmentlari atrofida jamlanmog'i shart.




  1. Mak Kinsey modelining kuchli, zaif tomonlari va bozor jozibadorligi, kompaniya raqobatbardoshligini xarakterlovchi o‘zgaruvchilar

«GE/Мс Kinsev» modelida asosiy e’tibor investitsiyalami muvozanatlashga qaratiladi. Biznesning har bir turidagi holatini aniqlashda «GE/Мс Kinsey» matritsasining strategik holatlari maydonda kompaniyaning yaqin kelajakdagi iqtisodiy sama- radorligiga ularning har birini hissasi aniqlanadi.
Mazkur model qanday qilib korporatsiyaning biznes portfe- lining tuzilmasini o‘zgartirishi mumkin degan savoliga mantiqiy javob ohsh imkonini bermaydi. Bu savolning javobini qidirib topish ushbu model analitik imkoniyatlar chegarasining tashqarisiga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilik hollarda model aniq bir strategik yo‘llanmalarning umumiy strategiyasi shaklida taklif qilinishi mumkin.
«Me Kinsey» modeliga xos bo‘lgan umumiy kamchiliklar quyidagilardan iborat:

  • Bozor munosabatlarini hisobga olgan holda bozorning chegarasini va masshtabini aniqlashdagi qiyinchilik.

  • Ko‘rsatkichlami baholashda mezonlaming haddan tashqari ko‘pligi.

  • Ko'rsatkichlami baholashda omillar sonining ortishi ushbu ko‘rsatkichlarni baholashda muammolami keltirib chiqaradi.

  • Strategik biznes birliklar holat bahosining subyektivligi.

  • Tavsiyalaming umumiy xarakterga egaligi va mumkin boigan strategiya variantlar to‘plamidan tanlovning qiyinligi.

«GE/Мс Kinsev» modeli tomonidan targ‘ibot qilingan umumiy strategik tamoyil quyidagilardan iborat:

  • Korxona bozorda ma’lum bir ustunliklaiga ega bo‘lsa, u holda jozibador tarmoqlardagi biznes birliklami qo‘llab-quwatlash va rivojlantirish uchun resurslar sonini ko‘paytirish;

  • Korxonaning bozordagi ustunliklari yetarli darajada bo‘lmay yoki u faoliyat ko‘rsatayotgan bozor zaif bo‘lsa, u holda bunday biznes birliklariga yo‘naltiriladigan resurslami qisqartirish;

  • Yuqorida qayd etilgan holatlaming o‘rtasida bo‘lgan biznes birliklar uchun selektiv strategiya tavsiya etiladi.

Dastlab «GE/Мс Kinsey» modelini tuzishda, biznesning har qanday turi uchun 40 ta o'zgaruvchi ishlatilardi. Keyinchalik ularning soni qisqaitirildi va 1980-yilga kelib, shunday o‘zga- ruvchilar soni faqatgina 15 tani tashkil qildi. Shu 15 tadan 6 tasi bozoming jozibadorligini aniqiash uchun (Y o‘qi) ishlatiladi, qol­gan 9 tasi esa 2 omil bo‘yicha guruhlanadi: bozoming holati va
raqobatchilik quvvati — kompaniyaning nisbiy ustunligini ta’minlash uchun shu bozorda (X o‘qi).
Kompaniyaning faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoqda raqobatbar- doshlik holatini aniqlash va kelgusida uni kuchli raqobatchilar safiga kirishi uchun kompaniyaning biznes portfelini tahlil qilish kerak bo‘ladi. Tahlil jarayonida kompaniyaning kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlanib, uning raqobatchilari bilan solishtiriladi. Kompaniyaning har bir biznes birligini (mahsulot va hizmatlar assortiment) bir necha ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholash talab etiladi.
Ushbu ko‘rsatkichlar qancha ko‘p bo‘lsa, biznes birliklar shunchalik aniq baholanadi. Quyidagi 7.1-jadvalda «Me Kinsey» modelida foydalaniladigan o‘zgaruvchilami aniqlovchi omillar keltirilgan.


7.1-jadval

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin