Firmalararo strategik moslik. Yaxshi yo‘lga qo'vilgan aloqa va munosabatlar korxona raqobatbardoshlik darajasini mustah- kamlash hamda oshirishga sabab boladi.
Texnoiogik va innovatsion imkoniyat. Faoliyat ko‘rsatayotgan sohasida texnologik yutuqlar va innovatsion ishlanmalarda yuqori natijalarga erishgan kompaniyalar, odatda, shu sohada lider hisoblanadi.
Nomning mashhurligi va brend.Kompaniya nomining mashhurligi, hurmatga sazovorligi va brendi - har qanday sohada qimmatli raqobat resursi hisoblanadi.
Nisbiy daromadlilik. Daromadning barqarorligi, ushbu sohada investitsiyalarning qoplanish ko‘rsatkichi o‘rt.achadan yuqori bo‘l ishi mustahkam raqobatning garovi hisoblanadi. Yuqori foyda olish shak shubhasiz raqobat ustuniigidir.
Mak Kinsey modelida qollaniladigan bozor jozibadorligi va kompaniya raqobatbardoshligini baholash
Korxona biznes portfelining raqobatbardoshligini baholashda ko‘rsatkichlaming (mezonlar) har biriga ularning muhimliligini ko‘rsatadigan og‘irlik mos keladi. Ushbu og‘irlikiaming yig'indisi lga teng bo‘ladi. Har bir ko‘rsatkichnmg muhimliligiga qarab
dan 5 gacha yoki 10 gacha reyting ballari qo‘yiladi. Reyting bali qancha katta bo‘Isa, ushbu ko‘rsatkich raqobatbardoshligi shuncha yuqori bo‘ladi. Raqobatbardoshlikning tortilgan reytingi har bir ko‘rsatkichning og‘irligini reyting baliga ko‘paytirish orqali aniqlaniladi, Masalan, tovarning xususiyatlari bo‘yicha raqobat ko‘rsatkichi 8 ball uning og‘irligi 0,20 ga ko‘paytiri1adi, natijada reyting — 1,60 ball. Har bir raqobat ko‘rsatkichning tortilgan reytingi ni qo‘shib, raqobatbardoshlikning jami reytingi topiladi (7.2-jadval).
7.2-jadval Kompaniya raqobatbardoshligini baholash jadvali