Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə47/53
tarix16.08.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#139585
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
Biznes strategiyasi

Iqtisodiy tahlil — mustaqil fan. Lekin u boshqa iqtisodiy fanlar zamirida vujudga keldi va ulaming ko‘plariga nisbatan yangi. Shu jihatdan iqtisodiy tahlil fani boshqa fanlar bilan uzviy aloqada bo'lishi bilan birga ular o‘rtasida o‘ziga xos o‘ringa ham ega. Shuni e’tirof etish kerakki, ushbu fan faqat iqtisodiy fanlar bilan emas, balki iqtisodiyotga oid bo‘lmagan fanlar bilan ham uzviy bog‘liqdir. В ularning tasnifi 3.2-rasmda keltirilgan.



Korxonalaming iqtisodiy mavqeini yanada rivojlantirish va mustahkamlash uchun ular faoliyatining pirovard natijasini ifodalovchi «Iqtisodiy-moliyaviy natijalar» deb atalmish ko‘rsatkichlar holatini uzluksiz ravishda tahlil qilib borish zarur.
Iqtisodiy-moliyaviy natijalar deganda foyda yoki zarar ko‘rsat- kiclilari birgalikda tushuniladi. Ushbu ko‘rsatkichlar daromad va xarajatlar orasidagi farq tariqasida aniqlanadi. Daromadlar hajmi xarajatlarga nisbatan ko‘p bolsa, oraliqdagi farq foydani bildiradi, aksincha bo‘lsa, zararni bildiradi. Xullas, foyda daromad va xarajatlar nisbatidagi yuqori o‘zgaruvchanlikni, zarar esa ular nisbatidagi quyi o‘zgaruvchanlikni ifodalaydi. Foyda qancha ko‘p bo£lsa, korxona iqtisodiy jihatdan shuncha mustahkam bo‘ladi. Foyda oshgan sayin korxonaning moliyaviy barqarorligi mustah- kamlanib, to‘lovga qodirligi oshib boradi, o‘zini-o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash darajasi yaxshilanib boradi, oqibatda ishlab chig‘arishni kengaytirish, rivojlantirish, moddiy ne’matni yaratuvchilarning moddiy manfaatdorligi darajasini oshirish kabi ijtimoiy-iqtisodiy masalalami hal qilish uchun sharoit yaratiladi. Shuning uchun ham har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatini foydali yuritish uchun harakat qilishi kerak. Foydali faoliyat ko‘rsatish uchun iqtisodiy tahlilni samarali tashkil qilish talab etiladi, chunki foydani ko‘paytirish va zararni yo‘qotish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlami faqat tahlil orqali aniqlash mumkin.
Iqtisodiy tablilning maqsadi — foyda va rentabellik ko‘rsat- kichlari dinamikasini chuqur o‘rganish va omillarni tahlil qilish asosida ularni yanada ko‘paytirish va oshirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun tahlil quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishi lozim:1

  • korxonaning moliyaviy natijalari (foydasi va zarari) tarkibi, tuzilishi va dinamikasini o‘rganish;

  • yalpi foyda (zarar) va uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillar ta’siriga baho berish;

~ asosiy ishlab chiqarish faoliyati foydasi (zarari) va uning o‘zgarish omillarini tahlil qilish;

  • umumxo'jalik faoliyati foydasi (zarari) o'zgarish omillarni tahlil qilish;

  • sof foyda o‘zgarishini aniqlash va omillar ta’siriga baho berish;

  • korxonaning rentabellik ko£rsatkichlarini o‘rganish va ularga ta’sir qiluvchi omillarga baho berish;

  • foyda va rentabellikni oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatish;

  • korxonaning kuchli, kuchsiz tomonlarini, hamda imko­niyatlari va uning faoliyatiga ta’sir etuvchi xavf-xatarlarni aniqlash.

Iqtisodiy tahlil o‘z mazmuni jihatidan turlichadir. Tahlilning ikki xii yo‘nalishi mavjud: moliya — iqtisodiy va texnik — iqtisodiy. Moliya iqtisodiy tahiilda biznes-rejaning bajarilishiga ta’sir ko‘r- satuvchi (texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish) kabi omillar o‘rganilmaydi. Texnik-iqtisodiy tahiilda esa texnika va texnologiya hamda ishlab chiqarishni tashkil etishga oid hamma masalalar har tomonlama va chuqur o'rganilib, uning ishlab chi- qarish samaradorligini oshirishga ko‘rsatgan ta’siri ham aniqlanadi.
Shuning uchun texnik — iqtisodiy tahlil korxonalardagi mavjud barcha rezervlami to‘la va har tomonlama aniqlashga imkon beradi.
Tahlil korxona va uning bo'linmalari faoliyatining hamma tomonlarini o‘z ichiga olgan umumiy hamda ishning qandaydir biror tomoni yoki korxonaning bir necha bo‘g£inlarini o‘z ichiga olgan tanlanma (tematik) bo‘ladi. Shuningdek, yirik masalalarga bag'ishlangan, korxonaning kundalik ishini o‘rganishga va ichki imkoniyatlarini topishga qaratilgan tezkor tahlil bo'ladi.
Tekshiriladigan obyektlar va boshqaruv bo‘g‘inlariga qarab tahlil qilish quvidagilarga boiinadi: ishchi o‘rin, korxona va tarmoqlar bo‘vicha hamda tarmoqlararo. Tahiilda rezervlami aniqlash ko‘lami quyidagilardan iborat: ichki korxona va korxonalararo, tarmoq va tarmoqlararo rezervlar.
Qabul qilinadigan qarorlarning xarakteriga qarab, tahlil quyi- dagilarga bo'linadi: dastlabki, tezkor, yakuniy va istiqbolli. Bular- dan, nazariy va amaliy jihatdan eng takomillashtirilgani — yakuniy tahlil hisoblanadi (korxonalarning yillik hisobotiga asosan).
Tahlil o‘tkazish muddatlari (har kuni, bir oyda va bir vilda) yoki zarur bo‘lishiga qarab ba’zida olib borilishi mumkin.
Iqtisodiy tahlil o‘tkazishning 3 bosqichi mavjud:

  • Korxona faoliyatining umumiy iqtisodiy natijalarini ko‘rib chiqishdan boshlanadi, chunki u ishning samaradorligini aniqlash, o‘tgan davrlarga nisbatan o‘zgarishlami, shuningdek, bir korxona ishini boshqasi bilan taqqoslash hamda korxona faoliyatining boshqa tomonlarini bilish imkonini beradi;

  • Biznes-rejaning bajarilish darajasiga ta’sir etuvchi eng muhim omillarni tekshirish natijasida ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash;

3) Tahliliy tekshirishlar natijalarini umumlashtirish va shu asosda butun rezervlarni o‘z ichiga olgan yig‘ma rezervlarni hisob- lash (to‘plam rezervlar).
Iqtisodiy tahlilning eng muhim vazifalari quyidagilardan iborat1:

  • biznes-rejaning qanchalik realligi (mavjudligi) va ilmiy jihatdan asoslanganligiga baho berish;

  • xalq xo‘jaligini rivojlantirishning joriy va istiqbol rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko‘rsatkiehlar bazasini aniqiash;

  • biznes-rejasining bajarilishiga obyektiv baho berish hamda uni bajarishda korxonalarga bog‘liq va bog‘liq bo'lmagan omillar sabablami bir-biridan ajratib aniqiash;

  • ichki xo‘jalik rezervlarini aniqiash (bu o‘rinda tahlilning samarasi, birinchidan, aniqlangan rezervlarni butun nazariy jihat­dan asoslangan rezervlarga nisbati va, ikkinchidan, amalga oshirilgan rezervlaming aniqlangan rezervlarga nisbati bilan belgilanadi);

  • korxonalaming xo‘jalik faoliyatida kutiladigan natijalarni oldindan aniqiash;

  • tahlil materiallariga asosan ishlab chiqarishda aniqlangan kamchiliklami tuzatishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.

Moliyaviy-iqtisodiy natijalarni tahlil qilishning asosiy manbalari bo‘lib, biznes-reja, moliyaviy natijalarto‘g‘risidagihisobot, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish tosg‘risidagi hisobot hamda buxgal- teriya hisobining moliyaviy natijalarini aks ettiruvchi schyotlari ma’lumotlari hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlilning uslubiy asoslari dialektika va iqtisodiy nazariya fanlariga tayanadi.
Tahlil usuli esa, biznes-rejaning bajarilishiga va mahsulot hajmining o‘sishiga ta’sir ko'rsatuchi omillami sistemali va kompleks tarzda o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirish usuli bo‘lib, u hisob, hisobot va hisobdan tashqari ma’lumotlarni maxsus uslublar orqali qayta ishlanilib, amalga oshirilishi tushuniladi.




  1. Yüklə 3,97 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin