Biznesni boshqarish va axborot texnologiyalari fakulteti biznesni boshqarish kafedrasi


Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va ularning tarkibi



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə51/53
tarix16.08.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#139585
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Biznes strategiyasi

Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari va ularning tarkibi

Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bogliq xarajatlarni amalga oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar, yonilg'i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqa) va jonli mehnat sarfi ishlab chiqarish xarajat- larini tashkil etadi.
Korxonaning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqqa ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushishini ko'rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi. Korxonalar, shuningdek, mahsulotni sotish bo‘yicha xara- jatlami, ya’ni ishlab chiqarishdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarini ham amalga oshiradilar.

Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati nati­jasida yuzaga keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin (3.3-rasm):

  • Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko‘ra:

  • ishlab chiqarish xarajatlari;

  • noishlab chiqarish xarajatlari.

Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko‘ra:

  • ichki xarajatlar;

  • tashqi xarajatlar.

  • Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga nisbatai:

  • doimiy xarajatlar;

  • o‘zgaruvchan xarajatlar.

  • Mahsulot tannarxiga olib borilishi jihatidan:

  • bevosita xarajatlar;

  • bilvosita xarajatlar.

  • Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan:

  • mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar;

  • davr xarajatlari;

  • moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar;

  • favqulodda zararlar.

Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirish bilan bog‘Jiq quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:

  • bevosita moddiy material xarajatlari;

  • bevosita mehnatga haq to‘lash xarajatlari;

  • ishlab chiqarishga taalluqli ustama xarajatlar.

Bevosita mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq
bo‘lmagan xarajat turlari noishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi. Uning tarkibiga:

  • mahsulotni sotish bilan bog£liq xarajatlar;

  • boshqaruv xarajatlari;

  • boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;

  • favqulodda zararlar kiradi.

Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan korxonaning o‘ziga tegishli resurslar sarfi (masalan, fermer xo‘jaligida asosiy vositalar eskirishi, xo‘jalikning o‘zida ishlab chiqarilgan yem- xashak, organik o‘g‘itlar, asosiy podaga o‘tkazilavotgan yosh chorva mollari va boshqalar) korxonaning ichki xarajatlarini, tashqi mol yetkazib beruvehilar va boshqa subyektlardan sotib olingan resurslar uchun to'lovlar korxonaning tashqi xarajatlarini tashkil qiladi.
Qisqa muddatli davrada mahsulot hajmining o‘sishiga nisbatan doimiy (G‘S) va o‘zgaruvchi (VS) xarajatlar farq qiladi.
Doimiy xarajatlar mahsulot hajmining o‘zgari shiga bog‘liq bo'imay, korxonaning ma’lum bir vaqt oraligida sarflashi qat’i belgilab qo‘yilgan o'zgarmas xarajatlarini ifoda etadi. Bunga asosiy vositalarning amortizatsiyasi, boshqaruv xodimlarining ish haqi, sug‘urta to‘lovlari, telefon uchun abonentlik to'lovi va ijara to‘- lovlarini inisol qilib keltirish mumkin. Doimiy xarajatlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, mahsulot hajmining oshib borishi bilan bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha doimiy xarajatlar kamayib boradi.
0‘zgaruvchi xarajatlar miqdori mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘sishi yoki kamayishiga qarab o‘zgarib turadi, ya’ni mahsulot hajini o'zgarishiga mutanosib bo‘ladi. 0£zgaruvchan xarajatlar tarkibiga ishchilarning ish haqi va unga nisbatan ajrat- maiar, xomashyo, yonilg‘i-moylash materiallari, yoqilg‘i va energiva, transport xarajatlari va boshqa vositalar farqi kiradi. 0‘zgaruvchan xarajatlarining o‘ziga xos xususiyati shundan ibo­ratki, mahsulot hajmining oshib borishi bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlaming o‘zgarishiga uncha ta’sir ko‘rsatmaydi.
Doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar yig‘indisi korxonaning umu­miy xarajatlarini (TS = G‘S+VS) tashkil qiladi. Bundan tashqari mahsulot ishlab chiqarishning (Q) bir biriga sarflangan o‘rtacha umumiy xarajatlar tushunchasi ham mavjud. Umumiy xarajatlar summasini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bo‘lish orqali topish mumkin.
Ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida, moddiy resurslar va asosiy vositalar to‘la bandlik darajasiga erishmagan davrda, o‘rtacha doimiy xarajatlar qiymati yuqori boMadi va ishlab chiqarish hajmining oshib borishi bilan u kamayib borish xususiyatiga ega. 0‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqarish hajmi optimal chegaraga yetguncha kamayib boradi, ammo undan keyin ishlab chiqarishga jalb etilgan ortiqcha resurslar samarasiz bo‘lishi tufayli, o‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar oitib boradi.
Keyingi har bir qo‘shimcha mahsulot birligini ishlab chi­qarishga sarflanadigan xarajatlar chegaraviy xarajatlar deb yuritiladi. Uni umumiy xarajatlar summasining o‘sgan qismini mahsulot
hajmining o‘sgan qismiga bolish orqali topish mumkin. Chegaraviy xarajatlar ishlab chiqarilayotgan har bir qo‘shimcha mahsulot birligi korxonaga qanchaga tushishini ko‘rsatadi. Bir birlik mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan moddiy, mehnat va boshqa xarajatlar sarfi optimallashib borgani sari chegaraviy xarajatlar kamayib boradi. Ammo, korxonaning ishlab chiqarish quvvat- laridan foydalanish imkoniyatlari to‘liq bandlikka erishgach, keyingi birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari boigan sari qimmatlashib boradi.
Natijada yuzaga keladigan xarajatlar 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakl- lantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq quyidagicha turkumlanadi:

  • Mahsulot ishlab chiqarish tannarx hosil qiluvchi xarajatlar:

  • ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari;

  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega;

  • ishlab chiqarishga tegishli asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boshqa xarajatlar.

  • Ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatidan olingan foydani aniqlashda hisobga olinadigan davr xarajatlari:

  • mahsulotni sotish xarajatlari;

  • boshqaruv xarajatlari;

  • boshqa operatsion xarajatlar.

  • Korxonaning umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foydasini aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat bo‘yicha xa­rajatlar:

  • foizlar bo‘yicha to‘lovlar;

  • mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga (lizingga) olLsh toMovlari;

  • xorijiy valyuta bilan operatsiya bouyicha salbiy kurs tafo- vutlari;

  • qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash;

  • moliyaviy faoliyatga oid boshqa xarajatlar.

  • Korxonaning odatdagi faoliyatiga mos kelmaydigan, bir necha yiliar davomida takrorlanib turmaydigan va kichik tadbirkorlik korxonasi boshlig"ining (mulk egasining) qabul qilgan boshqaruv qarorlariga bog'liq boimagan holda vujudga keladigan voqea va hodisalar (suv toshqini, yong‘in, jala, do‘l kabi tabiiy ofatlar va mamlakat qonunchiligida o'zgarish) natijasida ko‘rilgan favqulodda zararlar.

Tannarxda korxona ishlab chiqarish faoliyatining si fat ко' r- satkichlari — ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish sama- radorligi, ishlab chiqarish texnologiyasi va mehnatni tashkil etish darajasi, korxonani tejamkorlik bilan va oqilona yuritish omillari, mahsulot ishlab chiqarishni yuksaltirish sharoitlari o‘z aksini topadi.
Mahsulot tannarxini hisoblashdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad uni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlarni tegishli hujjatlarda o‘z vaqtida, to‘liq va ishonchli aks ettirish hamda moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan tejamkorlik asosida, oqilona foydalanish ustidan nazorat o‘matishdir.
Mahsulot tannarxi korxona xarajatlari tushunchasidan farq qiladi. Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, sotish va boshqa moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan barcha xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritilmaydi. Mahsulotning (ish­ning, xizmatning) ishlab chiqarish tannarxiga uni bevosita ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi.
Ularga quyidagilar tegishli:

  • bevosita moddiy xarajatlar;

  • bevosita mehnat xarajatlari;

  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega bilvosita ustama xarajatlar.

Bu xarajatlarning ko‘pchiligini naturada, ya’ni dona, kilog-
ramm, metr va boshqa o‘lchamlarda ko‘rinishlarda hisobga olib borish va rejalashtirish mumkin. Ammo mahsulot ishlab chiqa­rishga sarflangan barcha xarajatlarni birgalikda hisobga olish uchun ularni yagona o‘lchov birligiga — qiymat-pul ko£rinishiga keltirish talab etiladi.
Ayrim turdagi ishlab chiqarish xarajatlarini yaratilayotgan mah­sulot tannarxiga to‘g‘ridan-to‘gri kiritish mumkin. Unga ishlab chiqarishdagi ishchilarning ish haqi va iste’mol qilingan moddiy resurslar sarfmi kiritish mumkin. Bunday xarajat turlari bevosita ishlab chiqarish xarajatlari deb yuritiladi.


  1. Yüklə 3,97 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin