5. Mavsumiy narxlar. O’zgaruvchan narx hisoblanadi. Masalan, qishda meva-sabzavotlar qimmatlashsa, pishiqchilik paytida arzonlashadi.
6. Pereyskurant narxlar. Bu narx sotuvchi uchun mo’ljal narx. Xaridor uchun esa bildirgich yoki ma’lumotnoma narx hisoblanadi. U firmaning narx ko’rsatkichlarida e’lon qilinadi va tovar narxining qaysi summa atrofida bo’lishini ko’rsatadi.Ammo haqiqiy narx pereyskurant narxdan past yoki yuqori bo’lishi mumkin.
7. Dotatsiyalangan narx – bular ma’lum maqsad yo’lida masalan, aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida muayyan tovarlarga o’rnatiladigan narx hisoblanadi.
Narxlar turli tuman bo’lsalarda, ular o’zaro bog’langan, shu sababli iqtisodiyotda narxlar pariteti yoki nisbati degan hodisa mavjud. Iqtisodiyot yagona bo’lganidan narxlar zanjirli reaktsiya kabi bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall narxiga, metall narxi tikuv mashinasi narxiga, mashina narxi kiyim narxiga ta’sir ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |