Blackcurse


Mukammal va nomukammal raqobat



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə82/117
tarix02.01.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#37895
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117
1-mavzu “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslub

2. Mukammal va nomukammal raqobat.

Mukammal raqobat – bu erkin bozordagi ko’pchilikdan iborat sotuvchilar va xaridorlarning har biri cheklanmagan holda bozor qonun qoidalariga binoan va bir xil usul bilan olib boradigan raqobatidir.

Bu tabiatan sof raqobat hsioblanadi, chunki hech bir cheklanishlarsiz yuz beradi, unda ixtiyoriy ravishda mutlaqo mustaqil ish ko’rayotgan sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi.Uning 3 ta asosiy belgisi bor:

1. Raqobatlashuvchilar ozchilik emas, balki ko’pchilik bo’ladi.

2. Raqobatlashuvchilar bir turdagi tovarni bozorga taklif etadilar, shu bois ular xaridor uchun kurashadilar.

3. Raqobatda qatnashish ixtiyoriy, chunki bozorga o’z tovari bilan xoxlagan vaqtda kirib kelish mumkin.

Mukammal raqobat iqtisodiy yutuqdan ham iste’molchini, ham ishlab chiqaruvchini bahramand qiladi.



Raqobatli iqtisodiyot muayyan resurslar sharoitida ulardan maksimal miqdorda tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishini ta’minlashga moyil bo’ladi.

Nomukammal raqobat bu – monopoliyalar bozorida ozchilikdan iborat sotuvchilar va xaridorlarning cheklangan tarzda va xilma xil usullar bilan yuz beradigan raqobatidir.

Monopoliya bozori erkin bozor emas, chunki bu yerda ozchilik yirik firmalar tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning asosiy qismini o’z qo’lida to’plab olib bozorda hukmronlik qiladilar.Ularning raqobati nomukammal raqoba monopolistik raqobat, oligopoliya, sof monopoliya, monopsoniya sharoitidagi raqobatlarga bo’linadi.




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin