1. Monopolistik raqobatda ko’p sonli, lekin uncha yirik bo’lmagan, aynan bir xil bo’lmasada, o’xshash tovarlarni xaridorlarga taklif qiladigan firmalar raqobatlashadi. Monopol raqobatda yangi sifatliroq mahsulotni chiqarish kurashning asosiy usuli hisoblanadi.Ammo yangi mahsulotga xaridorni chorlash uchun reklama ham qo’llaniladi. Xilma xil mahsulotni sotish reklamani ko’proq talab qiladi. SHu sababli AQSH da bir yillik reklama xarajatlari taxminan 100 mlrd dollarni tashkil etadi.
2. Oligopoliya sharoitidagi raqobatda ozchilik, lekin g’oyatda yirik firmalar qatnashadi, ular muayyan tarmoqdagi mahsulot ishlab chiqarishni va sotishni o’z qo’lida to’plab oladi. Oligopoliya bozoriga kirib borish yo’lida 3 ta jiddiy to’siq bo’ladi:
1. Bu yerga kirib kelish uchun katta kapital egasi bo’lish kerak, bu esa ko’pchilikda bo’lmaydi.
2. Tabiiy resurslar ayrim kompaniyalar qo’lida mulk sifatida to’planib qolganidan, ular o’zgalarga nasib etmaydi.
3. Ilmiy texnikaviy yangiliklar ayrim kompaniyalar monopoliyasiga aylanib qoladi, shu sababli ulardan boshqalar foydalana olmaydi.Masalan, avtomobil kompaniyalari o’z texnik yangiliklarini sir tutib boshqalarga bermaydi.
Oligopoliyada bir tomondan firmalar bitimga kelishsa, ikkinchi tomondan raqobatlashadi. Ular kelishgan holda ishlab chiqarish hajmini qisqartirish yoki va yuqori narx o’rnatishga intiladilar. Oligopoliya tabiatining ikkiyoqlamaligini duopoliya ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |