Birinchidan, ommabop tovarlar narxini pasaytirgan holda ularni ko’p sotishga muvaffaq bo’linadi, bunda bitta tovardan tushgan foyda kamayadi, lekin ko’p sotish evaziga olingan jami foyda ko’payadi.
Ikkinchidan, xaridori saylangan tovarni chiqarib ularni nufuzli narxda sotiladi.Bu narx puldorlarga mo’ljallangan yuqori narx hisoblanadi.Ammo bu narxlar ish berishi uchun bozorda raqobat cheklangan, sof monopol bozor bo’lishi kerak. Mazkur bozorda tovar narxi emas, balki uning markasi obro’li bo’lishi hal qiluvchi omil bo’ladi. Bu yerda talab elastik bo’lmaydi. SHu sababli narx ko’tarilishi tovar sotilishini keskin kamaytirmaydi. Ma’lum bir guruh iste’molchi oladigan nufuzli tovarlar borki, ularning egasi bo’lish martabaga erishish bilan barobardir. Masalan, mashhur “Per Karden” yoki “Versache” modalar firmasi tayyorlagan yangi kostyum modeliga nufuzli narx belgilanib, maxsus puldorlar magazinida sotiladi.Bu yerda tayyorlangan eng yangi modadagi erkaklar kostyumi 800-1200 dollar turadi.Oddiy ommabop kastyum esa 100-120 dollardan sotiladi.
Narx strategiyasida narxlarning moslashuvchan bo’lishiga asosiy e’tibor beriladi.Bunda bozor sharoitiga qarab narx oshirilib yoki pasaytirilib boriladi. Narx belgilashda 2 xil yo’l tutiladi:
1. YUqori narx belgilab, uni bozor ko’tarishiga qarab. So’ngra pasaytirib boriladi.
2. Narxni avval past belgilab, tovarlarning sotilishi ko’payishiga qarab uni oshirib boriladi, sotilish hajmi barqaror bo’lgach narx o’zgartirilmay turiladi.
Firmalar narxni diversifikatsiyalash, ya’ni tabaqalashtirish yo’lidan borishadi.Bunda narxlar xaridorning qurbiga, qancha tovarni sotib olishiga, uning doimiy mijoz bo’lishi, tovarning mavsumiyligiga qarab har xil narx belgilanadi.Tovar kam olinganda narxi yuqori bo’ladi, ular ko’p olinsa, narxi tushiriladi.
Narxlarni har xil belgilashdan maqsad xaridor uchun narxni tanlash chegarasini kengaytirishdir. Buning uchun firmalar narx diapazoni hosil etadilar. Narxlar farqining miqdoriy ifodasi narx diapazoni deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |