10.3-rasm. Monopol hokimiyatdan olinadigan zararni ifodalovchi grafik.
5. Monopol narxga soliqning ta’siri
Yuqorida ko’rgan edikki, raqobatlashgan bozorda bir birlik mahsulotga qo’yilgan soliq mahsulotning bozor narxini soliq miqdoriga nisbatan kichikroq miqdorga o’zgartiradi va bu soliq yuki ham iste’molchiga, ham sotuvchiga taqsimlanadi. Monopol bozorda soliq qo’yilganda, mahsulot narxi soliq miqdoridan ko’proq miqdorga ham oshishi mumkin.
Faraz qilaylik, monopol bozorda har bir birlik mahsulot soliqqa tortiladi. Soliq miqdori so’mga teng va monopolist sotilgan har birlik mahsulot uchun davlatga so’m soliq to’laydi. Demak, firmaning o’rtacha va chekli xarajatlari so’mga oshadi. Agar firmaning boshlang’ich chekli xarajati bo’lsa, soliqqa tortilgandan keyingi chekli xarajati quyidagicha bo’ladi (10.4-rasm). Grafikda soliq xisobiga o’zgargan chekli xarajat chizig’i boshlang’ich chekli xarajat chizig’ini miqdorga yuqoriga siljitish orqali hosil qilindi (10.4-rasm).
Dostları ilə paylaş: |