R q Rx/Rb x 100 yoki R q (118% /100%) x100 q 118 yoki 18%
Hisobot yilida inflyatsiyaning o’sish sur’ati quyidagicha aniqlanadi:
Inflyatsiyaning o’sish sur’ati q((I – Io)/ Io) x 100 %
Bunda: I - joriy yilning narxlar indeksi;
Io - o’tgan yilning narxlar indeksi.
Misol uchun, 1997 yili tovarlar bahosi 150% ga 1998 yili esa 180% ga teng bo’ldi, deylik. 1998 yilning inflyatsiya sur’ati quyidagicha bo’lgan:
Is q ((180-150)/150)x100 q 20,0
Inflyatsiyani miqdoran o’lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-qiymat qoidasi» nazariyasidan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror o’sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyatsiya darajasiga bo’lish kifoya:
Inflyatsiya sur’ati ikki baravarga ko’payishi uchun zarur bo’lgan yil teng 70 bo’lingan narxlarning yillik o’sish darajasi (%).
Misol uchun, yillik inflyatsiya darajasi 9,5% ga teng bo’lsa, taxminan yetti yilu uch oydan keyin baho ikki martaga ko’payadi, ya’ni, (70:9,5 q 7,3).
Real YAMM va jamg’armaning necha yildan so’ng ikki marta oshishini hisoblash zarur bo’lgan hollarda ham «70-qiymat qoidasidan» foydalaniladi.
Umuman, mamlakat iqtisodiyotida inflyatsiyaning kelib chiqish sabablarini aniqlash va ularni tahlil qilish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Inflyatsiyaning ikki xil ko’rinishi mavjud:
Dostları ilə paylaş: |