Bmtning bola huquqlari tòĜrisidagi konversiyasi


-modda. Bolaning dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqi kafolatlari



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə13/18
tarix05.06.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#124925
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
BMTNING BOLA HUQUQLARI TÒĜRISIDAGI KONVERSIYASI

21-modda. Bolaning dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqi kafolatlari
Har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘i hamda ehtiyojlariga mos keladigan dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqqa ega.
Ota-ona yoki ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z qobiliyatlari hamda imkoniyatlariga muvofiq bolaning har tomonlama kamol topishi va farovonligi uchun zarur turmush sharoitini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar sog‘lomlashtirish, sport, ijodiy tashkilotlari hamda dam olishni va bo‘sh vaqtni uyushtiruvchi boshqa tashkilotlar qonunchilikka muvofiq davlat organlari tomonidan ta’sis etiladi va qo‘llab-quvvatlanadi.
(21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
22-modda. Bolaning sog‘lig‘ini saqlash huquqi kafolatlari
Har bir bola sog‘lig‘ini saqlash huquqiga ega.
Davlat sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash uchun onaga uning sog‘lig‘ini saqlash sharoitlarini yaratadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat bolalarga qonunchilikka muvofiq hajmda bepul tibbiy yordamni kafolatlaydi.
(22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bolaning sog‘lig‘ini saqlash huquqi davlat tomonidan quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:
malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini tashkil qilish;
bolaning, uning ota-onasining salomatligini nazorat qilish va bolalar kasalliklari profilaktikasi;
bolalar va o‘smirlarni davolash-profilaktika muassasalarida dispanser kuzatuvini olib borish hamda davolash;
talab darajasidagi sifatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishi va sotilishini nazorat qilish;
bolaning fiziologik xususiyatlari va sog‘lig‘i holatiga javob beradigan ta’lim olish hamda mehnat qilish sharoitlarini yaratish;
kasbga yaroqlilikni aniqlashda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy maslahat berish;
sanitariya-gigiyena ta’limi berish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va rag‘batlantirish;
sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida bola uchun qulay bo‘lgan tarzda zarur axborotni taqdim etish.
O‘n to‘rt yoshdan katta yoshdagi bola ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega.
Bola bilan uning hayotiga, sog‘lig‘i va normal rivojlanishiga ziyon yetkazuvchi har qanday ilmiy tajriba yoki boshqa eksperimentlar o‘tkazish taqiqlanadi.
Davlat maxsus cheklovlarni joriy etish va maxsus profilaktika dasturlarini amalga oshirish orqali bolani alkogolga moyillikdan, chekishdan, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalar va intellektual-irodaviy faoliyatga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa moddalarni iste’mol qilishdan himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunining 8 va 19-moddalari.

Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin