Bmtning bola huquqlari tòĜrisidagi konversiyasi


nogironligi bo‘lgan bolalar (bola)



Yüklə 56,83 Kb.
səhifə3/18
tarix05.06.2023
ölçüsü56,83 Kb.
#124925
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
BMTNING BOLA HUQUQLARI TÒĜRISIDAGI KONVERSIYASI

nogironligi bo‘lgan bolalar (bola) — barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari mavjudligi oqibatida hayot faoliyati cheklanganligi munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam ko‘rsatilishiga hamda o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj bo‘lgan bolalar (bola);
(3-moddaning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxslar — qonunda belgilangan tartibda bolaga nisbatan ota-onalik huquqini amalga oshiruvchi va ota-onalik majburiyatlarini bajaruvchi, lekin bolaning ota-onasi bo‘lmagan shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar);
Oldingi tahrirga qarang.
ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola — ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi yoki cheklanganligi, bedarak yo‘qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligi yoxud muomalaga layoqati cheklanganligi, bolani tarbiyalashdan yoki uning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganligi, shu jumladan, uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortganligi yoxud ota-ona qaramog‘i mavjud bo‘lmagan boshqa holatlar sababli ota-ona yoki yagona ota (ona) qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola.
(3-moddaning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
4-modda. Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati
Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
bolaning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish;
bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish;
bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash;
bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash;
(4-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish bo‘yicha davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash;
bolalarning jismoniy, intellektual, ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashish;
bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
bolalarda vatanparvarlik, fuqarolik, bag‘rikenglik va tinchliksevarlik tuyg‘ularini tarbiyalash;
bolani O‘zbekiston xalqining tarixiy va milliy an’analari, ma’naviy qadriyatlari hamda jahon madaniyati yutuqlari bilan tanishtirish;
bolaning shaxsini, uning ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorligini rivojlantirish;
bolalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash;
bolada huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish;
bola huquqlarini ta’minlash maqsadida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlik qilish;
bola huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
bolalarning ijtimoiy ko‘nikmasiga, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga ko‘maklashish.
LexUZ sharhi
Ma’naviy barkamol va jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish, jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar, notinch oilalar bolalari yoki ota-onalari qarovisiz qolgan bolalarning to‘liq ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi bolalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish zarurligini jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslari va negizini mustahkamlashning majburiy sharti sifatida jamoatchilik ongiga singdirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 419-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 287-son qaroriga asosan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi etib qayta tashkil etilgan.

Yüklə 56,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin