O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid
9. «Rolli o’yin» metodi - o’quvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har hil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko’rsatib beruvchi metoddir-
Rolli o’yinlarning ishbop o’yinlardan farqli tomoni baholashning olib borilmasligidadir. Rolli o’yinda ham ishbop o’yin kabi muammoni yechish bo’yicha ishtirokchilarning birgalikda faol ish olib borishlari yo’lga qo’yilgan. Rolli o’yinlar o’quvchilarda shaxslararo malakasini shakllantiradi. 2-rasm. «Rolli o’yin» metodining tarkibiy tuzilmasi bilan tanishib chiqing. «Rolli o’yin» metodining bosqichlari: O’qituvchi mavzu bo’yicha o’yinning maqsad va natijalarini belgilaydi hamda rolli o’yin stsenariysini ishlab chiqadi.
O’yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi.
O’yinning maqsadidan kelib chiqib, rollami taqsimlaydi.
O’quvchilar o’z rollarini ijro etadilar. Boshqa o’quvchilar ularni kuzatib
2-rasm. «Rolli o’yin» metodining tarkibiy tuzilmasi.
O’yin yakunida o’quvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish mumkinligini izohlashga imkoniyat beriladi. Kuzatuvchi bo’lgan o’quvchilar o’z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o’yinga xulosa qilinadi.
«Rolli o’yin» metodida o’qituvchi o’quvchilar haqida oldindan ma'lumotga ega bo’lishi lozim. Chunki, rollami o’ynashda har bir o’quvchining individual xarakteri, xulq- atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzular o’quvchilarning o’zlashtirish darajasiga mos kelishi kerak. «Rolli o’yin» metodining afzallik tomonlari: O’quv jarayonida o’quvchilarda motivatsiya (qiziqish)ni shakllantirishga yordam beradi; O’quvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi; Nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olishni o’rgatadi; O’quvchilarda berilgan vaziyatni tahlil qilish malakasi shakllanadi. «Rolli o’yin» metodining kamchilik tomonlari: Ko’p vaqt talab etiladi; O’qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi; O’quvchilarning o’yinga tayyorgarligi turlicha bo’lishi mumkin; Barcha o’quvchilarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin. Quyida ushbu «Rolli o’yin» rejasidan namuna keltiramiz. « Kasalxonada» rolli o’yin rokasi Mavzu: «Yurak ishemiya kasalligi» Maqsad: O’quvchilarda yurak ishemiya kasalligi haqida bilimlarini shakllantirish . Kutilayotgan natija: Yurak ishemiya kasalligining belgilarini aniqlay oladilar; Yurak ishemiya kasalligida birinchi yordam ko’rsata oladilar; Yurak ishemiya kasalligini davolash uchun zarur muolajalarni biladilar. O’yinning mazmuni: Bemor kasalxona qabulxonasiga kirib keladi. U yuragi bezo’vta qilayotgani haqida shikoyat qiladi. Hamshira bemorga birinchi yordam ko’rsatadi. Birinchi yordam ko’rsatishda ba'zi bir kamchnliklarga yo’l qo’yadi. Ishtirokchilar (rollar): Bemor, hamshira, ikkita kichik xamshira, vrach, EKG hamshirasi, laborant, ekspertlar guruhi. Ishtirokchilarning vazifalari: Ikkita kichik hamshira: Bemorni olib keladi. Bemorni olib ketishga yordamlashadi. Bemor: Kasalxonaga kirib keladi. Yuragi bezo’ta qilayotganini aytadi. Birinchi yordam ko’rsatilganda bemor xushidan ketadi. Hamshira: Bemorni qabul qiladi. Qon bosimini o’lchab, bemorning qon bosimi oshib ketganini o’ziga aytadi va vahima qilib yuboradi. Vrach: Bemorning shikoyatini tinglaydi. hamshiraga birinchi yordam ko’rsatilishini aytadi. EKG hamshirasini chaqiradi. Tahlil uchun laborantni chaqiradi. hamshiraga bemorning tashxisini aytadi va reanimatsiya bo’limiga yuborilishini aytadi. EKG hamshirasi: Vrach chaqirgandan so’ng, bemorni EKG nazoratidan o’tkazadi. Javob varaqasini vrachga beradi. Laborant: Vrach chaqirgandan so’ng, tahlil uchun bemordan qon oladi. Ekspertlar guruhi: o’yin jarayonini kuzatadi va tahlil qiladi. o’yin tugagandan so’ng, yo’l quyilgan kamchiliklami aytib beradilar. O’qituvchi: Ekspertlar guruhini tinglab, yakuniy xulosaga kelinadi.