Bob-2 Boshlang`ich siniflarda algebra elementlarini o`quvchilarga yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish


BOB-2 BOSHLANG'ICH SINIFLARDA ALGEBRA ELEMENTLARINI O'QUVCHILARGA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə8/14
tarix14.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#130384
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

BOB-2 BOSHLANG'ICH SINIFLARDA ALGEBRA ELEMENTLARINI O'QUVCHILARGA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.
2.1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida yangi pedagogik texnologiyalar asosida algebra elementlari bo'yicha bilim ko'nikma va malakalarini hosil qilish uchun pedagogik-psixologik va nazariy asoslari.
Boshlang'ch sinf matematika kursida algebra elementlari muhim o'rinni egallaydi va bu elementlar 1-4 sinflarda arifmetik va geometrik materiallar bilan bir qatorda uzluksiz ravishda o'rgatib boriladi. Hozirgi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilariga mana shu algebra elementlari bo'yicha Davlat Ta’lim Standartlari talablari darajasidagi bilim ko'nikma va malakalar hosil qilish xar bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun muhim asosiy vazifalardan biridir.
Bitiruv malakaviy ishining ushbu paragrafi xuddi mana shu muammoga yani boshlang'ich sinflarda matematika kursini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish jarayonida o'quvchilarga algebra elementlari bo'yicha Davlat Ta’lim Standartlari talablari darajasida bilim ko'nikma va malakalarni hosil qilishning pedagogik-psixalogik va nazariy jihatlarini ko'rsatib berishga bag'ishlanadi.
Avvalo bilim ko'nikma va malakala tushunchalari mazmunini ochib beraylik.
Bilim ko'nikmalarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan ma’lumotlari voqe’likning inson tafakkurida aks etishi. Kundlik tasavurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va xodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch bilim hisoblanadi.
Malaka-ongli faoliyatni bajarish jarayonida hosil qilingan avtomatlashgan komponentlar (tarkibiy qismlar) majmuidir.
Malakalash shu bilan xarakterlanadiki xarakatlar oson va tez go'yo o'z- o'zidan, ongning kam shtiroki bilan va kuchni kam ishlatgan holda bajariladi. Malaka hosil qilingach ayrim xarakatlar ustida nazorot deyarli yo'q bo'ldi. Ayrim pedagog va psixologlar inson o'zi qiladigan hamma ishlarning 90%ga yaqinini hosil bo'lgan malakalar tufayli bajaradi deb o'ylaydilar.
Ta’lim malakalariga o'qish, yozish, chizish, hisoblash malakalari va xokazolar kiradi. Ilgari hosil qilingan malakaning yangi malakani tarkib toptirishga ijobiy ta’siri malakalarning ko'chishi deyiladi.
Ko'nikmalar - kishi o'z faoliyati jarayonida hosil qilgan bilimlar yoki malakalarga asoslangan biror ishni bajarishning ma’lum darajada mukammal usullardir.
Ko'nikma-biror ishga tayyorlik, malaka esa faoliyatning avtomatlashgan zvenosidir.
Ko'nikmalarni malakalardan ajrata bilish kerak. Hosil qilingan bilimlar asosida biror narsa qilishni o'rganish mumkin-u, lekin bu ishni bajarish malakasi xali egallab olinmagan bo'lishi mumkin masalan: boshlang'ich sinf o'quvchisi masalalarni tenglamalar tuzib yechish mumkinligini biladi, lekin u masalalarni tenglamalar tuzib yechish malakasini egallab olgan deb bo'lmaydi, chunki u xali masalaga doir tenglamani tuzishda ancha qiynaladi va bazi hollarda bu tenglamani tuza olmaydi. Lekin o'quvchi keyinchalik ana shu malakaga ega bo'ladi nihoyat masalalarni o'zi mustaqil ravishda tenglamalar tuzib yechishni o'rganib oladi. Bu yerda malaka hosil qilingan ko'nikma asosida paydo bo'ladi, ko'nikma esa bilimlarga (tenglamalarni yechish) asoslangan bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quvchisi algebra elementlariga doir misol va masalalarni yechish malakalariga ega bo'lib, uning bazasida o'z ko'nikmalarini takomillashtirib boradi.
Masalan: oddiy tenglamalarni yechish malakasiga ega bo'lgan o'quvchi, xali ozgina murakkabroq tengalmalarni yecha olmaydi. U o'qituvchning rahbarligida anashu ko'nikmani egallaydi. Lekin o'quvchi oddiy tenglamani yechish malakasini yaxshi egallab olmaganda edi, u albatta murakkabroq tenglamalarni va tenglamalar tuzib yechiladigan masalalarni yecha olmagan bo'lardi. Bu yerda ko'nikma hosil qilingan malaka asosida ishlab chiqilmoqda.
Uzoq mashq qilinmasa, algebra elementlari tez-tez takrorlab turilmasa, ularga doir misol va masalalarni yechish bo'yich malaka hosil qilib bo'lmaydi. Ko'nikma esa ko’p mashqlarni bajarmasdan ham paydo bo'lishi mumkin.
Ko'nikma uchun yechish talab qilingan misol yoki masalani tushunish uni bajarish usulini bilish muhimdir.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida algebra elementlari bo'yicha Davlat Ta’lim Standartlari talablari darajasida bilim, malaka va ko'nikmalar hosil qilish uchun matematika fanidan o'quv tarbiya jarayonida va algebra elementlarini o'rgatishni rejalashtirishda quyidagilarga e’tiborni qaratish lozim deb hisoblaymiz.

  • algebra elementlarini o'qitish jarayonida o'qitishning an’anaviy va hozirgi kunda dolzarb bo'lib turgan noan’anaviy usullarini - ilg'or pedagogik texnologiyalarni tanlash:

  • o'qitishning yangi pedagogik texnologiyalarni tanlashda o'tiladigan algebraik materiallarning mazmunini va qiyinlik darajasini hisobga olsh;

  • algebra elementlariga doir mavzularni sinflar bo'yicha taqsimlayotganda o'quvchilarning yosh xususiyatlarini va shu mavzularini o'rgana olish qobilyatlarini hisobga olish;

  • algebra elementlarini o'rganish jarayonoda o'quvchilarning arifmetik va geometirik materiallarni o'rganish jarayonida olgan bilimlaridan o'z o'rnida foydalanish;

  • boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan boshqa fanlar bo'yicha olinadigan bilim, malaka va ko'nikmalardan algebra elementlarini o'rgatish jarayonida unumli foydalanish;

Endi boshlang'ich sinf matematika kursida o'rganiladigan algebra elementlarining nazariy asoslarni bayon qilamiz. Algebra elementlari mustaqil bo'lim sifatida o'rganilmaydi.
Boshlang'ich sinflar uchun matematikadan amaldagi o'quv dasturiga ko'ra o'quvchilarga matematik ifodalar, sonli tengliklar va tenglamalar haqida boshlang'ich ma’lumotlar beriladi, xarfiy simvolika (belgilar), o'zgaruvchilar bilan tanishtiriladi, eng sodda tenglama va tengsizliklarni yechish o'rgatiladi.
Bular to'g'risida keyingi paragrflarda batafsil to'xtalamiz.
2.2. Algebra elementlarini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish.
Umumiy o’rta ta'lim jarayonining sifati va samardorligini oshirish uchun, jumladan uzluksiz matematik ta'lim tizimi jarayonida ilg’or pedagogik tajribani o’rganish va yoyish, yangi pedagogik texnologiyalarning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish zarurdir.
Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqida ham: “O’qituvchi bolalarimizga yangi bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo, yangi bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning o’zi shunday bilimga ega bo’lishi kerak... Demokratik jamiyatda bolalar, umuman, xar bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o’rganmasa, berilgan ta'lim samarasi past bo’lishi muqarrar”, —dedilar. Shu sababli zamon talablariga to’liq javob bera oladigan ilg’or pedagogik texnologiyalarsh uzluksiz matematik ta'lim tizimiga xam joriy qilish ishlari hozirgi davr talabidir”.
O’zbekiston Respublikasi “Ta'lim to’g’risida”gi Qonunida nazarda tutilgan ta'lim tizimining yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi, erkin shaxslarni shakllantirishga qaratilgan. Bunda jamiyat o’zining qadr - qiymatini chuqur anglaydigan, irodasi kuchli, iymoni butun, hayotda aniq maqsadlarga intiluvchan insonlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega bo’ladi. Ta'lim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy — siyosiy iqlim keskin o’zgaradi, odamlar ongida demokratik qadriyatlar qaror topadi. Inson jamiyatdagi o’rnini ongli ravishda o’zi belgilaydi.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo’lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Og’ir iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy qiyinchiliklarni engab o’tib, taraqqiyot yo’liga kirgan mamlakatimizda ta'lim tizimini isloh qilish, unga rivojlangan mamlakatlarning ilg’or texnologiyalarini joriy qilish, milliy qadriyatlarimizni singdirgan holda ta'limni tashkil etish, bu jarayonni puxta va samarali amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
O’qitish asrlar davomida ma'lum bilimlar majmuasini egallashdan iborat bo’lib kelgan edi. Endi, hozirgi bilimlar bir avlod hayoti davomida eskirib qolmoqda.
Bunday holat ta'lim jarayoni oldiga yangi axborotni mustaqil qabul qilish, baholash va tegishli xulosalarni chiqarishga qodir bo’lgan ijodkor shaxsni tarbiyalash vazifasini ko’ndalang qo’yadi.
Ta'limni tubdan isloh qilinishi jarayonining ajralmas, muhim qismi hisoblangan yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar amaliyotga joriy qilinishi mumkin bo’lgan yo’l—yo’riqlari interfaol usullar orqali mavjud mutaxassislar tomonidan ma'lum tizim asosida o’rgatilishi lozim. Ushbu yo’l - yo’riqlar o’z ichiga bir necha strategiyalarni jamlab, avvalam bor har bir tinglovchini tanqidiy fikrlashga undaydi. Binobarin, “Tanqidiy fikrlash” atamasidan pedagogik muhitda bir necha o’n yillardan beri foydalanib kelinadi va turli pedagoglar bu tushunchani turlicha talqin etadilar. Ko’pchilik o’qituvchilar va uslubiyotchilar uchun tanqidiy fikrlash “yuqori tartibdagi” fikrlashni bildiradi. Yuqori degani shu ma'nodaki, u Benjamin Blum tizimiga ko’ra o’rganish qobiliyatining so’ng, oliy pog’onasida turadi. Falsafa fanida tanqidiy fikrlash deganida, odamlarning mantiqiy fikrlash va isbotlash ko’nikmalari tushuniladi.
Rivojlanib borayotgan hozirgi davrda muvaffaqiyatli harakat qilish uchun o’quvchilar axborotlarni saralashni bilishlari va nima muhim, nima muhim emasligi haqida to’g’ri qaror qabul qila olish ko’nikma va malakalariga ega bo’lishlari kerak.
Bu o’rinda olim, amaliyotchi pedagoglarning zimmasiga yuklatilgan vazifalar xam o’ta muximdir. O’kituvchida faqatgina psixologik - pedagogik savodsizlikni tutatish emas, balki matematik ta'lim amaliyotini rivojlantirish yo’llarini izlab topish, yangi pedagogik texnologiyalarni egallash va ulardan samarali foydalanish imkoni bo’lishi kerak.
Yetarlicha mustahkam bilim, ko’nikma va malakasiz ta'lim berish ko’pincha tasodifiy “strategiya” yoki “pedagogik yondashuv”ni bo’lar - bo’lmasga ishlatishga olib keladi. Yangi pedagogik strategiyalarni joriy etishda bunday o’qituvchilar yangi strategiyalarni eski usul bilan qo’shib, ularni bilib — bilmasdan ishlatishlari mumkin.
Uzluksiz matematik ta'lim tizimida qo’llanishi mumkin bo’lgan interfaol va qiziqarli pedagogik strategiyalar o’quvchilarni mustaqil, tanqidiy fikrlashga undaydi, ularni bilim olishda faollashtiradi; o’quvchilar va o’qituvchilar orasida bo’lgan o’zaro ijobiy xamkorlikni namoyish etadi.
Interfaol strategiyalarning mazmunini anglab yetgan o’quvchilar ta'lim jarayoniga o’zlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib ketadilar.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, yangi interfaol strategiyalar ishlatiladigan andozali dars mobaynida o’quvchi o’zi uchun yangi bo’lgan bilimlarni samarali o’zlashtiradi.
Chunki bugun sinflarni to’ldirib o’tirgan o’quvchilar sho’x, beg’ubor bolalik gashtini surayotgan, ba'zan hayolparast bolalardir. Ular orasida hatto 45 daqiqalik dars jarayonining nihoyasini intiqlik bilan kutib, ta'limga yuzaki, yengil qaraydigan o’quvchilar ham yo’q emas.
Yangi pedagogik texnologiyalarga asoslangan matematik ta'limning interfaol strategiyalari ta'lim jarayonining yengillashuvini, aniqlashuvini, keng auditoriyani qamrab olishga mo’ljallanganligini, o’qituvchining faqatgina yo’l—yo’riq ko’rsatuvchi nazoratchiga aylanishini, o’qitishning erkin va majburiyatsizligini hamda eng asosiysi o’quvchilar uchun o’ta qiziqarliligini va samaradorligini ta'minlab bera oladi.
Vazifamiz taqdim etilayotgan matematik ma'lumotlar tizimni o’quvchilar ongiga singdirishda imkon qadar oson, qiziqarli serqirra va shu bilan birga samarali yo’llarini ishlab chiqishdan iborat.
Interfaol strategiyalarning qo’llanilishi majburiy matematika darsi jarayonini beixtiyor psixologik o’yin yoki musobaqaga aylantirib, yuqorida tilga olingan passiv o’quvchilarni ham bir oz bo’lsada, lekin fikr yuritishga, o’z fikrlarini keng ommaga izhor etishga, umuman sinflarda kechayotgan baxs munozaralarga befarq bo’lmasdan, faol ishtirok etishga undaydi.
An'anaviy usulda tuzilgan darsga o’quvchilarning faqat bilim olishiga talab qo’yilgan bo’lsa, matematika ta'limining yangi modelida bilim bilan birga ta'lim samarasini oshirishda tanqidiy, mustaqil fikrlashga o’rgatish xam yuqori o’ringa qo’yiladi. Bunda dars mobaynida o’qituvchi va o’quvchi munosabatidagi an'anaviy majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashiga katta e'tibor qaratiladi, buning uchun esa o’quvchiga tanqidiy, mustaqil fikrlash malakasini singdirib borish zarur. Bu borada quyidagilarni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi:

  1. matematikaga o’qitish jarayoni yangi pedagogik texnologiyalar yordamida tashkil qilinishini talab etadigan ma'lum tizimga ega bo’lgan yondashuvlar tamoyillari;

  2. uzluksiz matematika ta'limi tizimiga pedagogik texnologiyalarni samarali qo’llash zarurati haqidagi ilg’or pedagogik g’oyalar;

  3. o’qitish jarayonini faollashtirish hamda uzluksiz ta'limda pedagogik texnologiyalar nazariyasi;

  4. tanqidiy tafakkurni rivojlantirish nazariyasi;

  5. shaxsning ijodiy rivojlanish nazariyasi.

Umuman olganda, matematika o’qitishda eng yuqori rivojlantiruvchi samaraga erishish mumkin, agar:

  • uzluksiz matematik ta'lim tizimida o’qitishning interfaol metodlari o’qitilayotganlarning mustaqil, tanqidiy tafakkurini rivojlantirish vositasi sifatida qo’llanilsa;

  • uzluksiz matematik ta'lim tizimida ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash jarayonini o’qitilayotganlar haqiqiy o’quv imkoniyatlarini iloji boricha aniq hisobga olgan holda, ularda matematik bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan mustahkam qiziqishlar shakllantirish imkoniyatlari ta'minlansa;

  • uzluksiz ta'lim tizimida matematika o’qitish jarayoni murakkab aqliy faoliyat sifatida qaralib, u faqatgina andozali darsdagi da'vat, anglash va fikrlash bosqichlari to’g’ri amalga oshirilgandagina to’laqon bo’ladi deb qaralsa;

  • uzluksiz ta'lim tizimida amaliy mazmunga ega bo’lgan matematik tushunchalarni o’qitishdan uchta asosiy (ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi) maqsadlarni amalga oshirish vositasi sifatida foydalanilsa.

Buning uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

  1. o’quvchilarni matematika o’qitishda pedagogik texnologiyalarning ta'limiy rivojlantiruvchi rolini aniqlash.

  2. o’quvchilarni matematika o’qitishda interfaol metodlarni tanlash mezonini va ularni qo’llash tamoyillarini aniqlash.

  3. Uzluksiz matematik ta'lim tizimida ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llashda mavjud darslik va o’quv qo’llanmalardan foydalanish usullarini aniqlash.

  4. Matematika o’qitish jarayonida interfaol metodlarni qo’llash bo’yicha maktablarga mo’ljallangan o’quv - metodik, didaktik tarqatma materiallar ishlab chiqish.

Yuqorida qayd etilgan ishlar natijasida matematik bilimlarni berish jarayonini takomillashtiruvchi yo’nalishlarni amalga oshirish metod va vositalarni uzluksiz matematik ta'lim tizimi (maktab va maktabgacha muassasalar) amaliyotiga joriy qilinishi ta'minlanadi, ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash uchun ishlab chiqiladigan o’quv - metodik, didaktik tarqatma materiallar, metodik qo’llanmalar uzluksiz matematik ta'lim tizimi amaliyotiga joriy qilinadi.

  1. Boshlang'ich sinf matematika kursida algebra elementlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish uslublari.

Boshlang'ich siniflar dasturida algebra materiali mustaqil bo'lim sifatida ajratilmagan. Boshlang'ich matematika kursida algebra elementlarini o'rganish arifmetikani o'rganish masalalari bilan uzviy bog'liqdir. Hozir amal qilinayotgan dasturga muofiq o'quvchilar matematik ifodalar, sonli tengliklar va tenglamalar haqida boshlang'ich ma'lumotlar olishlari lozim, harfiy simvolika (belgilash), o'zgaruvchi bilan tanishishlari, eng sodda tenglama va tengsizliklarni yechishni o'rganishlari kerak.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin