Bob-2 Boshlang`ich siniflarda algebra elementlarini o`quvchilarga yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə11/14
tarix14.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#130384
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Qodiriy nomid

Darsning maqsadi: o'quvchilarning o'tilgan bo'limlar yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash, ularning guruh-guruh bo'lib ishlash, bir-biriga o'zaro hurmat, do'stona munosabatda bo'lish malakalarini shakllantirish, fikrlash qobiliyatlarini oshirish, tezkor va chaqqon harakat qilishga o'rgatish.
Dars turi: mustahkamlash.
Dars uslubi: musobaqa, savol-javob.
Jihozlar: har bir guruh - ishtirokchilari ko'kraklariga taqish uchun emblemalar, 4 ta shart uchun avvaldan tuzib qo'yilgan misol, masala, tenglama, krossvord yechimi, tezkor savollarga javoblar yozilgan konvertlar to'plami, g'olib guruh uchun ko'krak nishoni, ovoz yozib olingan tasma, og'zaki masala tuzish uchun har xil rasmlar, o'quvchilarga berish uchun ertak kitobcha va ruchkalar.
Doskaga «Amir Temur», «Alisher Navoiy», «Mirzo Ulug'bek», «Xorazmiy», «Beruniy» va «Abu Ali ibn Sino» kabi guruh nomlari yozilgan konvertlar yopishtirib qo'yilgan. Har bitta guruh uchun 5 nafardan o'quvchiga mo'ljallangan partalar joylashtiriladi. Guruhlar emblemasiga allomalarimizning tarixda qoldirgan buyuk ishlarini tasvirlovchi rasmlar chizilgan.
«Amir Temur» guruhi emblemasiga qilich bilan qalqon tasviri;
«Alisher Navoiy» guruhi emblemasiga kitob bilan pat-qalam; «Mirzo Ulug'bek» guruhi emblemasiga oy, yulduz va koinot tasviri;
«Xorazmiy» guruhi emblemasiga geometrik shakllar; «Beruniy» guruhi emblemasiga yer shah, globus;
«Abu Ali ibn Sino» guruhiga qadahga chirmashgan ilon tasviri chizilgan.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  1. O'quvchilarni darsga hozirlash.

  2. Har bir guruhni baholab borish uchun hakamlar hay'ati a'zolarini saylash.

Hakamlarga har bitta guruh emblemasidagi tasvir tushirilgan ball qo'yish uchun 5 ta shart yozilgan oq qog'oz beriladi. Hakamlardan diqqat bilan ishtirokchilarni kuzatib borishlah so'raladi. Har bir ishtirokchi uchun 1dan 5gacha raqamlardan misol, masala, tenglama, krossvord yechish uchun maxsus kodlangan varaqlar taxlab qo'yilgan bo'ladi. Ishtirokchilar 5ta shart bo'yicha baholanib boriladi. Har bitta shartni to'g'ri bajargan o'quvchi 1 ball bilan rag'batlantiriladi. Har bir guruhga qo'ng'iroqchalar qo'yilgan. Birinchi bo'lib shartni bajarib bo'lgan guruh qo'ng'iroqni chaladi va uni hakamlarga beradi. Hakamlar ularning ishini o'z vaqtida baholab boradilar.

  1. Asosiy qism.

Sardorlar o'z guruhlarini tanishtiradilar. (Tanishtirishga ijodiy yondashish mumkin). Doskaga sana, mavzu va 5ta shart yozib qo'yi'lgan.

  1. - shart. Misollar yechish.

  2. - shart. Masala yechish.

  3. - shart. Tenglama yechish.

  4. - shart. Tezkor savollarga javob berish.

  5. - shart. Geometrik materiallar.

  1. shart. Har bir guruhga misollar solingan 6ta konvert topshiriladi.

29 + (45 - 43) = 31
64 + (38 - 28) = 74
48 + (43 - 40) = 51
42 + (36 - 30) = 48
36 + (24 - 14) = 46
45 + (35 + 15) = 95
Shart tugagach, hakamlar baholab bo'lgunlaricha o'quvchilar raqamlar haqida she'rlar aytadilar. Hakamlar baholarni e'lon qiladilar.

  1. shart. Masala yechish. Guruhlarga 6ta masala solingan konvert tarqatiladi. Ishtirokchilarga maslahatlashib olishlari uchun bir daqiqa vaqt beriladi. Guruh ishtirokchilari masalaning qisqacha shartini va yechimini yozib olishadi. Shart bajarilgach, sardor qo'ng'iroq chaladi.

1.1- katakda — 9 ta tovuq

  1. katakda — ? (2 ta ortiq)

  1. Bir chiziqli — 15 ta

Katak daftar — ? (4 ta ortiq)

  1. 1- bo'lakda—15 kg

2- bo'lakda — ? (4 kg ortiq)

  1. 1 - shoxda — 19 ta

2- shoxda — ? (4 ta kam)
Bor edi — 23 ta bidon
Olib ketildi — ? (3 ta kam)

  1. bo'lakda— 18 m chit

  2. bo'lakda — ? (8 m kam)

O'quvchilar masalalarni yechib bo'lgach, sardor ularni hakam-larga beradi. Hakamlar 2- shartni baholaguncha, o'quvchilar matematik maqollar aytadilar.

  • Sanamay sakkiz dema.

  • Birni kessang, o'nni ek.

  • Birni ko'rib shukur qil, birni ko'rib fikr.

  • Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.

  • Yetti o'lchab, bir kes.

  1. shart. Tenglama yechish. Yana 6ta konvertga solingan tenglama tarqatiladi.

  1. .x-2= 18 4. x-7 = 42

  2. x : 5 = 4 5. x • 8 = 48

  3. x : 9 = 2 6. x • 5 = 25

Hakamlar baholaguncha, kodoskop bilan masala sharti yozilgan ko'rgazma namoyish etiladi. Birinchi masala javobini topgan guruh 5 ball bilan rag'batlantiriladi.
Har bir shartdan keyin hakamlar baholarni e'lon qiladi. Hakamlar baholaguncha telefon orqali (awaldan yozib olingan) masala eshittiriladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin