16 O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi ma'lumotlari
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi soliq tizimida quyidagi soliqlar amal qiladi:
Shu o'rinda aytish joizki, O'zbekiston Respublikasi dalat byudjeti tarkibidan o'rin olgan kichik korxona va mikrofirmalar uchun hamda savdo va umumovqatlanish korxonalardan yagona soliq to'lovi ushbu korxonalar uchun “yuridik shaxslardan olinadigan daro mad s olig'i”ni o'rniga joriy qilingan.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatidan to'lanadigan qat'iy soliqni ham daromad solig'iga kiritish mumkin.Yuqorida qayd etilgan soliqlar soddalashtirilgan soliqlar sifatida imtiyozli soliqlar hisoblanadi.
Byudjet daromadlarini shakllantirishda davlat tomonidan yuritilayotgan soliq siyosatiga, shu jumladan daromadlarni rejalashtirishga qo'yiladigan talab har doim ham dolzarb bo'lib kelgan. Bunda aniqlik, ehtiyotkorlik va ma'qul yo'lni tanlash kabi vazifalar muhim o'rin tutadi. Chunki daromadlarni rejalashtirish, soliq siyosatidagi o'zgarishlardan kutilayotgan natijalarni to'g'ri baholay bilmaslik bir tomondan, katta mikdordagi davlat mablag'lari yo'qotilishiga yoki xatolarni tuzatish uchun ketadigan uzoq vaqt sarflanishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan esa, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga nisbatan soliq yukining oshib ketishi, ularni ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yo'naltirishi mumkin bo'lgan mablag'larini olib qo'yishga sabab bo'lishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan, byudjet daromadlarini rejalashtirishni iqtisodiy holatini chuqur o'rgangan, ko'zda tutilayotgan soliq siyosatining natijalarini to'g'ri baholash juda muximdir.
Iqtisodchi olimlar davlat soliq siyosatini uch turga bo'ladilar:
Birinchi turdagi - maksimal soliq undiruvchilar siyo sati, ular ’’mumkin bo'lgan barchasini ol” printsipiga asoslanganlar.Bunday holatda davlat uchun “soliq qopqoni” o'rnatilgan,ya ni soliqlarni ko'tarish bilan davlat daromadlari baribir ortmaydi.
Ikkinchi turdagi - aqlli soliqlar siyosatida soliq stavkalarini pasaytirish yoki soliqlar bo'yicha imtiyozlar berilib, soliq bazalari yoki soliq to'lovchilar ko'paytiriladi. Bunday siyosatdan yaxshi soliq iqlimi ta minlanadi va natijada tadbirkorlikning rivojlanishiga olib keladi.
Uchinchi turdagi - shunday soliq siyosati bo'lib, unda soliq undirish darajasi yuqori bo' lish bilan birga ijtimoiy himoya xam yuqori bo' ladi.
Iqtisodi rivojlangan davlatlarda yuqorida keltirilgan soliq siyosatlaridan bir vaqtning o'zida bir nechtasi qo'llanishi mumkin. O'zbekiston uchun esa hozirgi vaqtda ikkinchi va uchinchi turdagi soliq siyosatlari qo'llanilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda soliq siyosatiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Shu o'rinda to'g'ri soliqlarning stavkalarini yildan yilga pasayib borayotganligini alohida qayd etish lozim. Lekin shunga qaramasdan, to'g'ri soliqlarni miqdor jihatdan oshib borishini soliq stavkasining pasayishi hisobiga soliqqa tortish bazasining kengayib borishi bilan izohlash mumkin(2- jadval).
O’zbeki ston Re spublikas i Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620- sonli Farmoniga aso san barcha soliqlari va to’lovlari o’rniga yalpi tushumdan 13 foizli yagona soliq stavkasi o’rnatildi. Buning natij asida ular uchun amaldagi soliq yuki 15,2 foizdan 13 foizga tushdi.
Bugungi kunda kichik biznes subyektlarining soliq stavkasi faoliyat turi bilan bog’liq ravi shda belgilanadi. Sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar uchun soliq stavkasi 2005 yildagi 13 foizdan 2012 yilga kelib 5 fo izga tus hdi va oxirgi uc h yil da o’zgarishsiz qolgan.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i 2010 2013 yillarda 9 fo izni tashkil etgan bo'lsa, 2015 yilda o'tgan yildagi 8 foiz o'rniga 7,5 foiz qilib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga ko’ra j ismoniy shaxslardan olinadigan daromad s olig’i stavkalari quyidagi guruhlarga bo’linadi:
jismoniy shaxslarning ish haqi, mukofotlar va boshqa daromadlariga solinadigan tabaqalashgan progressiv soliq stavkalari;
jismoniy shaxslarning dividend va foiz tariqasida oladigan daromadiga soliq stavkasi (10%);
norezident j i smoniy shaxslarning daromadlariga to’lov manbaida solinadigan soliq stavkalari (faoliyat va daromad manbaiga qarab tegishlicha 6%; 10%; 10%; 20%);