Bob. Ijtimoiy sohadagi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlari


Aholi jon boshiga o‘rtacha to‘g‘ri kelgan pul daromadlari, ish haqi va pensiyalarning 2000-2018yillarda o‘sishi dinamikasi16



Yüklə 83,77 Kb.
səhifə6/8
tarix30.09.2023
ölçüsü83,77 Kb.
#150928
1   2   3   4   5   6   7   8
13-маъруза

Aholi jon boshiga o‘rtacha to‘g‘ri kelgan pul daromadlari, ish haqi va pensiyalarning 2000-2018yillarda o‘sishi dinamikasi16

Ko‘rsatkichlar

2000

2005

2010

2016

2017

2018

I. Aholi jon boshiga daromadlar, jami,ming so‘mda

96,4

371,8

1668,1

4565,2

5750,2

7963,3

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan haqiqiy o‘sish,foizda

124,7

117,4

120,1

110,0

110,3

107,3

II. O‘rtacha yillik hisoblangan oylik ish haqi, ming so‘mda

13,5

81,5

504,8

1293,8

1453,2

1822,2

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan haqiqiy o‘sish, foizda

146,0

138,7

129,4

110,4

112,3

125,0

III. O‘rtacha belgilangan oylik pensiya miqdori, ming so‘mda

7,4

31,7

171,9

494,2

567,3

695,5

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan haqiqiy o‘sish, foizda

152,0

143,5

125,9

112,8

114,8

122,6

  1. yilda 2000 yilning mos davri darajasiga nisbatan o‘rtacha aholi jon boshiga daromadlarning haqiqiy o‘sishi 13,2 martani, o‘rtacha ish haqining haqiqiy o‘sishi 24,3 martani va pensiya miqdorining haqiqiy o‘sishi 18,6 martani tashkil etdi17.

Aholining daromadlar tarkibida yollanma ishchilarning daromadlari ulushi 2010-2018 yillarda 45,0% dan 34,5% ga kamaydi, mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar ulushi 25,0% dan 36,6% ga o‘sdi (15.4.2-jadval).jadval
15.4.2-jadval
Aholining umumiy daromadi tarkibi (% da)18




2010

2015

2016

2017

2018

Umumiy daromadlar,jami

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

Shu jumladan:
















Birlamchi daromadlar

74,2

78,2

79,7

75,2

76,5

Ishlab chiqarishdan olingan daromadlar

71,8

75,1

75,7

71,0

72,9

Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar

70,0

72,8

73,3

68,8

71,1

Yollanma ishchilarning daromadlari

45,0

41,2

38,9

34,3

34,5

Mustaqil ravishda band bo‘lishdan olingan daromadlar

25,0

31,6

34,4

34,5

36,6

Shaxsiy iste’mol uchun ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlar

1,8

2,3

2,4

2,2

1,8

Mol-mulkdan olingan daromadlar

2,4

3,1

4,0

4,2

3,5

Transfertlardan olingan daromadlar

25,8

21,8

20,3

24,8

23,5

Umumiy daromadlar tarkibida kichik tadbirkorlikdan olingan daromadlar

47,1

52,4

55,2







Aholining tadbirkorlik faoliyatidan, mulki va mustaqil ravishda bandlikdan olinadigan daromadlari tez sur’atlar bilan o‘smoqda. Buning oqibatida o‘rta sinf ko‘lami tobora kengayib bormoqda. O‘zbekistonda aholi guruhlari daromadlarining teng taqsimlanishini ifodalovchi Jini koeffitsiyenti 2000 yildagi 0,39 dan 2016 yilda 0,26 ga pasaydi. Shuningdek, 2000-2016 yillarda detsil koeffitsiyenti 21,1 dan 6,4 gacha, kvintil koeffitsiyenti esa 9,9 dan 4,1gacha kamaydi. Bu ko‘rsatkichlar aholi daromadlari bo‘yicha tabaqalanishi darajasining jiddiy ravishda kamayganligini bildiradi.
Aholi daromadlarining o‘sishi iste’mol xarajatlarining ham o‘sishiga olib keldi. Aholining xarajatlar tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar ulushi kamayib, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar uchun xarajatlar hissasi o‘sib bormoqda (qarang: 15.4.3-jadval).

  1. jadval

Aholi umumiy xarajatlari tarkibi (% da) 262




2000

2005

2010

2016

Jami iste’mol xarajatlari

100

100

100

100

Shu jumladan,













Oziq-ovqat mahsulotlari uchun

61,4

58,2

53,2

47,3

Nooziq-ovqat mahsulotlari uchun

25,8

25,7

26,9

32,3

Xizmatlar uchun to‘lovlar

12,8

16,1

19,9

20,4

Mamlakatimizda 2000-2016 yillarda aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ham miqdor, ham sifat jihatdan ta’minlanganligi darajasi o‘sib bormoqda. Bu tovarlarning asosiy qismi o‘zimizda ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, 2016 yilda har 100 uy xo‘jaligi hisobiga 43 ta avtomobil, 153 ta televizorlar to‘g‘ri kelmoqda va 19 bu miqdor 2000 yilga nisbatan 1,7 barobarga oshdi (qarang:jadval).

  1. jadval.

O‘zbekistonda aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta’minlanganligi (har 100 uy xo‘jaligi hisobiga) 20




2000.

2005.

2010.

2016.

2016 yilda
2000yilga nisbatan %da

Yengil avtomobillar

21

22

27

43

204,7

Televizorlar

88

109

132

153

173,8

Muzlatgich va sovutgichlar

86

91

99

102

118,6

Konditsionerlar

11

14

19

34

309,1

Elektrchangyutkichlar

30

33

37

54

180,0

Kir yuvish mashinalari

69

71

75

80

115,9

Shaxsiy kompyuterlar

0,2

5

12

49

245 m.

Mobil telefonlar

18

79

145

246

13,7m.

2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida aholi bandligi va real daromadlarini quyidagi yo‘nalishlarda izchil oshirish ko‘zda tutilgan:

  • aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam ta’minlangan oilalar sonini va aholining daromadlari bo‘yicha farqlanish darajasini yanada kamaytirish;

  • budjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini inflyatsiya sur’atlaridan yuqori miqdorda bosqichma-bosqich oshirish;

  • yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, mehnat bozori infratuzilmasining mutanosib rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish;

  • mehnatga layoqatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to‘liq to‘liq amalga uchun sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini yuksaltirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish21.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenta Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida “Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq to‘lash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirishimiz zarur. Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta ko‘rib chiqish, soliq va boshqa to‘lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog‘liq bo‘lishiga barham berish kerak22,“-deb muhim vazifalarni belgilab bergan.

  1. Kam ta’minlangan aholini ijtimoiy himoyalash.

Ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti to‘la-to‘kis ham bozor iqtisodiyoti, ham ijtimoiy iqtisodiyot hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotini ijtimoiy yo‘naltirish zaruriyati, albatta, inson manfaatidan kelib chiqadi. Bozorning shunday oqibatlari borki, bunda aholining ma’lum toifasi himoyaga muhtoj bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham sivilizatsiya ijtimoiy himoya tizimini talab qiladi.
Ijtimoiy himoyalashdagi muhim masala aholini bozor bahosining tez o‘sishi, buning oldini olish bilan bog‘liqdir. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida mollar narxining ko‘tarilishi to‘xtatib bo‘lmaydigan holatdir. Bunda oylik ish haqi va belgilangan daromadga ega bo‘lganlarni o‘sib borayotgan tovarlar va xizmatlar narxining salbiy ta’siridan muhofaza etish yirik ijtimoiy muammodir. Ayniqsa, nafaqaxo‘rlar, talabalar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘ladi.
Bunda vaqti-vaqti bilan maosh, stipendiya, nafaqalar miqdorini bir oz oshirish masalani hal qilmaydi. Shuning uchun indeksatsiya usulini qo‘llash yuz beradigan og‘irlikni biroz yumshatib, turmush darajasiga bo‘lgan og‘ir ta’sirni yengillashtiradi. Chunki qabul qilinadigan indekslar tufayli daromad narx-navo darajasiga qarab o‘zgarib turadi hamda ko‘tarilayotgan baholar keltiradigan zararlarning asosiy qismini qoplab boradi.
Bundan tashqari, bozor narxlaridan himoya qilishda ta’minotning alohida usullarini qo‘llash ahvolni yumshatishga yordam beradi. Masalan, aholining ayrim tabaqalari uchun maxsus ta’minot tayinlash yoki vaqti-vaqti bilan oziq-ovqat va sanoat mollari tarqatish kabi usullardan rivojlangan mamlakatlarda foydalaniladi.
Ijtimoiy himoya yuqorida qayd qilingan usullar bilan chegaralanmaydi, sharoitga qarab aniq shakllarni topib, ularni qo‘llab boradi. Ayniqsa, kam daromadlilarni bozorning salbiy ta’siridan asrash va turmush darajasining pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik davlatning muhim vazifasidir. O‘zbekiston iqtisodiyotini tubdan isloh qilishga beshta muhim tamoyillar asos qilib olingandi. Ulardan biri demografiya sohasidagi real ahvolni, aholining turmush darajasini hisobga olgan holda ularni ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir.
Endilikda kuchli ijtimoiy siyosat aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga, ishonchli, aniq manzilli, ya’ni shunga muhtoj aholi guruhlarini ijtimoiy himoya qilishga qaratiladi. Buning uchun aholi daromadlari va mehnat haqlarining faol iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirishdagi rolini oshirish lozim bo‘ladi. Shuningdek, aholining oqilona, samarali ish bilan bandligini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, iqtisodiyotning aniq sektorida yangi ish o‘rinlarini yaratish, mehnat bozori infratuzilmalari, shu jumladan, mehnat birjalari faoliyati samaradorligini oshirish lozim bo‘ladi. Kam ta’minlangan aholini maqsadli, ishonchli ijtimoiy himoyalash uchun, avvalambor, aniq ehtiyojlardan va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda muhtoj oilalarga subsidiya, mikrokreditlar berish, ularga mikrofirma, kichik korxona, fermer xo‘jaliklarini tashkil etishlari uchun sharoitlar yaratish kerak bo‘ladi.
Davlat turli soliq, kredit imtiyozlari tizimini yaratish orqali fuqarolarning, jamoat tashkilotlari hamda xo‘jalik sub’ektlarining homiylik, xayriya ishlariga mablag‘lar ajratishlarini rag‘batlantirish chora-tadbirlarini kuchaytirishi ham maqsadga muvofiqdir.
Ijtimoiy himoya tizimida mehnat jamoalari ham muhim rol o‘ynaydi. Mehnat jamoalari o‘z xodimlarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

  • mehnat jamoasi tomonidan ijtimoiy himoya qilish uchun huquqiy sharoitlarning yaratilishi;

  • iqtisodiy ahvoli nochor xodimlarga vaqtinchalik yordam ko‘rsatish;

  • yaxshi ishlagan xodimlarga turli imtiyozlar yaratish;

  • xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishni insonparvarlashtirish;

  • xodimlarni imtiyozli asosda uy-joy bilan ta’minlash;

  • xodimlarning malakasini oshirish, yangi ixtisoslikka o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar;

  • korxona xodimlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash:

a) tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish yoki tibbiy sug‘urta qilish;
b) og‘ir mehnat sharoitda ishlaydiganlarga turli imtiyozlar yaratish;
v) xodimlarning dam olish va hordiq chiqarishni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar qilish.
Endilikda aholini ijtimoiy himoyalash, uning samarasini oshirishning quyidagi muhim vazifalarini amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  • iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash asosida barqaror va mutanosib o‘sishini ta’minlash;

  • davlat mablag‘lari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, jamoat va hayriya tashkilotlari va jamg‘armalarining mablag‘larini keng jalb qilish;

  • odamlarning kuch va qobiliyatlari to‘lato‘kis faollashuvini ta’minlashga qodir bo‘lgan kuchli mexanizmni vujudga keltirish;

  • xususiy mulk miqiyoslarini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini rag‘batlantirish;

  • aholining daromadlari va turmush darajasida asossiz katta farqlarga yo‘l qo‘ymaslik. Jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlaydigan o‘rta mulkdorlar qatlamini shakllantirish;

  • kambag‘allikka, qashshoqlikka qarshi kurash. Aholining eng muhtoj qatlamining davlat tomonidan qo‘llabquvvatlanishini kuchaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida “Ayni vaqtda nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning oila a’zolarini, boquvchisini yo‘qotganlarni o‘n olti yoshgacha ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e’tiborimiz markazida turishi kerak. Umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga bag‘ishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy etamiz”23,-deb ta’kidlagan.


  1. Yüklə 83,77 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin