Bob. Ijtimoiy sohadagi iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash yo‘nalishlari


Ijtimoiy xizmatlar soxalarining rivojlanishi



Yüklə 83,77 Kb.
səhifə7/8
tarix30.09.2023
ölçüsü83,77 Kb.
#150928
1   2   3   4   5   6   7   8
13-маъруза

Ijtimoiy xizmatlar soxalarining rivojlanishi.

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi mamlakatda tub ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishga va ijtimoiy sohada katta yutuqlarga erishishga zamin yaratdi.
1997 yildan boshlab mamlakatimizda ta’lim tizimida islohotlar amalga oshirila boshlandi. 1997-2010 yillarda keng miqyosda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi amalga oshirildi. Ushbu dastur doirasida 12 yillik majburiy ta’limga, jumladan, kasb-hunar ta’limiga bosqichmabosqich o‘tildi.
Ta’lim tizimining boshlang‘ich bo‘g‘ini maktabgacha ta’lim hisoblanib, 2017 yilda unga 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalarning jalb qilinganlik darajasi shu yoshdagi bolalarning 25,4% ni tashkil etadi. 2018yil 1 yanvar holatiga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasalari soni 5186 tani tashkil etdi, ularda 732,9 ming bolalar tarbiyalanmoqda. Bu muassasalarda ishlayotgan pedagog kadrlar soni 63,3 ming kishini, ulardan 21,3% - oliy ma’lumotli, 76,9% - o‘rta maxsus ma’lumotlilarni tashkil etadi24. Maktabgacha ta’lim tizimining jamiyatimiz hayotidagi katta o‘rni va ahamiyatini e’tiborga olib, Maktabgacha ta’lim vazirligini tashkil etildi. Ushbu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, yaqin 3-4 yilda barcha hududlarda minglab yangi bog‘chalar qurishimiz, ta’lim-tarbiya sifati va darajasini yangi bosqichga ko‘tarish vazifasi belgilangan25.
2018/2019 o‘quv yilida 9648 ta umumta’lim maktablarida 5819,7 ming nafar o‘quvchilar tahsil oldilar. Ko‘plab ota-onalar, o‘qituvchi va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida yurtimizda 11yillik ta’lim qayta tiklandi. Joylardagi o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun Toshkent viloyatida Chirchiq davlat pedagogika instituta tashkil etildi. Bundan tashqari, 15 ta oliy ta’lim muassasasida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limlarda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan 5 mingdan ortiq pedagoglar uchun oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratildi. Ta’lim tizimidagi innovatsiya va kreativ yondashuvlar asosida Muhammad Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur o‘qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi26.
Respublikada akademik litseylar soni 2000 yildagi 46 tadan 2018 yilda 123 taga, kasb hunar kollejlari soni esa mos ravishda 241 tadan 1414 taga yetdi. 2018/2019 o‘quv yili boshida 123 akademik litseylarda 70,8ming o‘quvchilar tahsil olayotgan bo‘lib, 31,6 ming nafar o‘quvchi ta’lim muassasalarini bitirgan. Kasb-hunar kollejlarida shu o‘quv yili boshida 656,3 nafar o‘quvchilar tahsil olayotgan bo‘lib,454,9ming nafar o‘quvchi ta’lim muassasasini bitirgan27.
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimida sifat va miqdor jihatdan tub islohotlar yuz bermoqda. Agar 1991yilda oliy ta’lim muassasalarining soni 52 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2017 yilda ularning soni 72 tani tashkil etdi (15.6.1-jadval).



  1. jadval

Oliy ta’limning asosiy ko‘rsatkichlari (1991-2017yillar28




Oliy ta’lim muassasalarining soni

Talabalar soni (ming kishi)

Professoro‘qituvchilar soni (ming kishi)

Bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni

1991y.

52

340,9







1995 y.

58

192,1

19,9

9,6

2000 y.

61

183,6

18,4

10,0

2005 y.

62

278,7

23,1

12,1

2010 y.

65

274,5

23,0

11,9

2016 y.

70

268,3

24,0

11,2

2017y

72

297,7

25,1

11,8

Mamlakatimizda 2017 yil 1 noyabr holatiga 72 ta (oliy harbiy ta’lim muassasalaridan tashqari) oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, 4 ta akademiya,27 ta universitet va ularning 19 ta filiali, 7 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasining filiallari hamda 4 ta oliy diniy ta’lim muassasalari va ularning filiallari faoliyat ko‘rsatdi29. 2018 yil 1noyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasida 78ta (oliy harbiy ta’lim muassasalaridan tashqari) oliy ta’lim muassasalari va 20 ta filial faoliyat ko‘rsatgan.
Mamlakatimizda 2017 yilda yangi ta’lim muassasalarini qurish, mavjudlarini ta’mirlashga alohida e’tibor qaratildi. 12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta’mirlandi. Shuningdek, 107 ta maktabgacha ta’lim muassasasi rekonstruksiya qilindi va qurildi, 195 ta bog‘cha kapital ta’mirlandi30
Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 81taga, hududlardagi filiallar 15 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga yetdi. Shular qatorida Olmaliq shahrida Moskva po‘lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa AQShning Vebster universitetining filiallarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishilganini ta’kidlash lozim. Oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyotning real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo‘limlar ochildi31.
2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilangan:

  • uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish asosida sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash;

  • ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish;

  • maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;

  • umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish;

  • bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga, ularni musiqa hamda san’atga jalb qilishni kuchaytirish;

  • kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;

  • ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish32.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev Oliy Majlisga 2018yil 28dekabrda qilgan murojaatnomasida “Xalqimizda “ta’lim va tarbiya beshikdan boshlanadi” degan hikmatli bir so‘z bor. Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi. Shu sababli, ta’lim sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi prinsipiga asoslanishi, ya’ni, ta’lim bog‘chadan boshlanishi va butun umr davom etishi lozim. Rivojlangan mamlakatlarda ta’limning to‘liq sikliga investitsiya kiritishga, ya’ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e’tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko‘rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi. Binobarin, inson kapitaliga e’tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart”33-deb ta’kidlagan. Ushbulardan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilandi:

  • bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini bugungi 34 foizdan 2019 yilda 44 foizga yetkazish;

  • umumiy o‘rta ta’lim tizimini bugungi kun talablari asosida tashkil etish, farzandlarimiz har tomonlama kamol

topishi uchun barcha sharoitlarni yaratish;

  • xususiy maktablar tashkil etish, davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan keng foydalanish;

  • oliy ta’lim tizimida tahsil olish uchun teng imkoniyat yaratishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish;

  • 2019 yilda mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 20 foizga yetkazish va kelgusi yillarda oshirib borish;

  • oliy o‘quv yurtlari nufuzini oshirish, nodavlat ta’lim maskanlari sonini ko‘paytirib, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish;

  • yoshlarimizga bir vaqtning o‘zida bir nechta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berish;

  • oliy ta’lim muassasalariga real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimini joriy etish;

  • bakalavriat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga xorijda o‘qishni davom ettirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;

  • oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish;

  • har bir ishlab chiqarish sohasida tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalari, konstruktorlik byurolari, tajriba-ishlab chiqarish va innovatsion markazlar bo‘lishini ta’minlash;

  • mamlakatimizda investitsiyalarni faqatgina iqtisodiyot tarmoqlariga emas, balki ilmiy ishlanmalar “nou-xau”lar sohasiga ham keng jalb qilish34.

O‘zbekiston Respublikasida 1998 yilda Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi, Onalar va bolalar skriningi (1998 y.), Sog‘lom avlod (2000 y.), Onalik va bolalikni saqlash (2001 y.), Homiylar va shifokorlar yili (2006 y.), Yoshlar yili (2008 y.), Barkamol avlod yili (2010 y.), Mustahkam oila yili (2012 y.), Obod turmush yili kabi davlat dasturlari, Salomatlik dasturlari, shuningdek, ayollar va yosh avlod salomatligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan ko‘plab chora-tadbirlar qabul qilinib, amalga oshirildi va amalga oshirilib kelinmoqda.
Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish jarayonida ko‘p sarf-xarajat talab etadigan va hamma vaqt ham samarali bo‘lmagan statsionar tibbiy yordamdan ambulatoriya-poliklinika va profilaktika tibbiyotiga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Qishloq joylarda yaxshi samara bermayotgan feldsher-akusherlik punktlari o‘rniga qishloq vrachlik punktlari (QVP) tashkil etildi. Respublikamizda barcha viloyat, shaxar, tumanlarini qamrab olgan shoshilinch tibbiy yordam tashkil etish tizimi, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha yuksak samarali zamonaviy tibbiyot muassasalarining mustahkam tizimi yaratildi. Natijada 1991-2017 yillarda umumiy o‘lim ko‘rsatkichi 20 foizga, onalar va chaqaloqlar o‘limi 3,1 barobar kamaydi. O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1995 yilga nisbatan 4,6 yilga oshdi va bugungi kunda 73,7 yilni tashkil etmoqda.

  1. yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistanda 5296 ambulatoriya-poliklinika muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ularning soni 1991 yilga (3027) nisbatan 1,7 barobardan ziyodga o‘sdi. Kasalxonalar oni esa 1991 yildagi 1388 tadan 2017yilda 1135taga kamaydi. 2016 yilda ambulatoriya-poliklinika muassasalarining quvvati 1991 yildagiga nisbatan 46%ga oshdi. Agar 1991yilda ambulatoriya-poliklinika muassasalari bir smenada 282,2 ming kishini qabul qilgan bo‘lsa, 2017yilga kelib bu ko‘rsatkich 405,3 ming kishiga yetdi. Samarasiz kasalxona koykalarini oqilonalashtirish natijasida ularning soni 1991yildagiga nisbatan 49%ga, har 10000 kishi hisobiga esa 67%ga qisqardi. Tahlil davrida vrachlar soni 75 ming nafardan 85,4ming kishiga, ya’ni 12,7%ga, o‘rta tibbiyot xodimlar soni esa 242,2 ming kishidan 348,2 ming kishiga, ya’ni 43,7%ga ko‘paydi35.

Buning natijasida ko‘plab xavfli kasalliklar bilan og‘rish holatlari, eng muhimi onalar va go‘daklar o‘limi kamaydi. Difteriya, paratif, poliomiyelit, bezgak kasalliklariga chalinish holatlariga butunlay barham berildi.
2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish borasida quyidagi yo‘nalishlar belgilangan:

  • sog‘liqni saqlash sohasini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

  • oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, chaqaloqlar va bolalar o‘limini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada keng amalga oshirish;

  • pensionerlar, nogiron, yolg‘iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand toifalariga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;

  • farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash;

  • aholi o‘rtasida kasallanish ko‘rsatkichlari pasayishini va umr uzayishini ta’minlash36.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish borasida78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi PF-5590-sonli Farmoniga binoan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishning eng muhim yo‘nalishlari deb belgilangan:
sog‘liqni saqlash sohasidagi milliy qonunchilikni uni unifikatsiyalash hamda tibbiy xizmat sifatini oshirish va bemorlar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, tibbiyot xodimlarining mas’uliyati va himoyalanganligini kuchaytirishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi qonunlarni qabul qilish orqali takomillashtirish;
jahon standartlari asosida menejment va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishning eng namunali amaliyotlarini joriy etishni ta’minlaydigan zamonaviy boshqaruv tizimini va hududlarda sog‘liqni saqlashni tashkil etishning «klaster» modelini shakllantirish, tibbiyot va farmatsevtika muassasalarini akkreditatsiya qilish, shifokorlik va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalash tizimini joriy etish;
tibbiyot sohasini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini belgilash, tibbiy xizmatlar uchun klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha «har bir davolangan holat» uchun to‘lash tizimini hamda kishi boshiga moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, majburiy tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich joriy etish;
tibbiy yordamning samaradorligi, sifati va ommabopligini oshirish, shuningdek, tibbiy standartlashtirish tizimini shakllantirish, tashxis qo‘yish va davolashning yuqori texnologik usullarini joriy etish, patronaj xizmati va dispanserizatsiyaning samarali modellarini yaratish orqali sog‘lom turmush tarziniqo‘llab-quvvatlash va kasalliklarni profilaktika qilish;
tibbiy genetikani, ayollar va bolalarga shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy yordamni rivojlantirish asosida, zamonaviy skrining dasturlarini joriy etish, «Ona va bola» hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot majmualari va ma’lumotlar tizimlarini shakllantirish asosida onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
xususiy sog‘liqni saqlash tizimi, davlat-xususiy sherikligini va tibbiy turizmni rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasiga investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaxshilash;
farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish, narx shakllanishi mexanizmlarini takomillashtirish, dori vositalari, tibbiy texnika va buyumlar ishlab chiqarish hajmi va turlarini kengaytirish;
tibbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini shakllantirish, tibbiyot fanini rivojlantirish, shu jumladan, tibbiyot ilmiy va ta’lim muassasalarini xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlashtirish (akkreditatsiyadan o‘tkazish) zamonaviy ta’lim dasturlari, usul va texnologiyalarini joriy etish asosida;
«elektron sog‘liqni saqlash» tizimini keng joriy etish, yagona milliy standartlar asosida integratsiyalashgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi majmuasini yaratish37.
O‘zbekiston Rspublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida xalqimiz genofondini mustahkamlash maqsadida tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ko‘lamini kengaytirish borasida quyidagi vazifalarni amalga oshirish vazifalarini belgilab berdi:

  • tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish jarayonida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini kengaytirish. Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar doirasi belgilanib, pullik va bepul davolanish o‘rtasida aniq chegara o‘rnatish;

  • davlat shifoxonalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;

  • nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish; 2019yilda Rossiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Italiya tibbiyot institutlari bilan qo‘shma fakultet va filiallar ochish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish;

  • aholi o‘rtasida onkologik kasallikka qarshi kurash tizimini takomillashtirish;

  • ko‘payib borayotgan bir qator jiddiy kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha xalqaro institutlar, nufuzli xorijiy shifoxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

  • xalqimiz genofondini saqlash uchun homilador ayollar va bolalarning ovqatlanish ratsioni bo‘yicha amaldagi me’yorlarni xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqish38.

Mustaqillik yillarida uy-joy kommunal xo‘jalik sohasi ham rivoj topdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida amalga oshirilgan “Kichik” xususiylashtirish natijasida 96 foizdan ziyod oila ilgari davlat tasarrufida bo‘lgan uy-joylarni shaxsiy mulk qilib olishdi.
Aholining uy-joy bilan ta’minlanish darajasi 1990 yilda xar bir kishiga 12,1 kvadrat metrni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilda bu raqam 15,7 kvadrat metrga yetdi yoki 29,7%ga ortdi. Respublikadagi oilalarning qariyb 77,4 foizi alohida uy va kottejlarda istiqomat qilmoqda.
Ta’kidlash joizki, qishloq aholisi turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni shahar hayot sharoitlariga yaqin-
lashtirish maqsadida keyingi yillarda qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida xususiy uy-joylarni qurish bo‘yicha dastur amalga oshirilmoqda. 2017 yilda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasini amalga oshirishga kirishdik. Shahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va ko‘p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqam 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar ko‘pdir.
Mamlakatimizda keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ko‘pqavatli uy-joylar qurish boshlandi. 2017 yilning o‘zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining o‘zida 420 ming kvadrat metr ko‘pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko‘pdir39.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida aholi turmush sharoitini yaxshilash, uni munosib turar joy bilan ta’minlash, xalqimiz farovonligini oshirish borasida quyidagi vazifalarni belgilab berdi:

  • arzon uy-joylar qurish dasturini izchil davom ettirish. Namunaviy uylarning loyihalarini takomillashtirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash, zamonaviy va arzon qurilish materiallaridan foydalanishga alohida ahamiyat berish;

  • ayni paytda yurtimizdagi 34 mingdan ortiq ko‘p qavatli uylarning aniq holatini yana bir bor o‘rganib, bu masala bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish;

  • ko‘p qavatli uy-joy fondini to‘liq xatlovdan o‘tkazishni ta’minlash. Dunyodagi yirik megapolislarning bu bo radagi tajribasini o‘rgangan holda, renovatsiya dasturini, ya’ni, eskirib qolgan ko‘p qavatli uylar o‘rnida eng zamonaviy sharoitga ega bo‘lgan yangi uylar qurish dasturini ishlab chiqish;40

  • 2019 yildan boshlab kommunal xo‘jalik tarmog‘ida davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha investorlar bilan hamkorlikda ishlashni boshlash. Uy-joy mulkdorlari shirkatlarida ma’muriy xarajatlarni kamaytirish uchun professional boshqaruv kompaniyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;

  • 2019 yilda aholini markazlashgan tarmoqlar orqali toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini hozirgi 65 foizdan 75 foizga yetkazish;

  • Vazirlar Mahkamasi tomonidan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish283.

Ijtimoiy sohaning rivojlanishi ko‘p jihatdan uni moliyalashtirishga bog‘liqdir. Har yili Davlat budjeti xarajatlarining oltmish foizga yaqini ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda. Aholi hayot sharoitlarini yaxshilash, turmush farovonligini yanada oshirish maqsadida ijtimoiy sohaning istiqboldagi rivojlantirilishi makroiqtisodiy barqarorlikni va izchil yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash asosida mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirish bilan uzviy bog‘liqdir.
Asosiy tayanch tushunchalar
Ijtimoiy soha, ijtimoiy xavfsizlik, ijtimoiy tahdid, davlatning ijtimoiy siyosati, ijtimoiy-madaniy maqsadlarga davlat xarajatlari, aholini ijtimoiy himoyasiga xarajatlar, hayot kechirish minimumi, eng kam ish haqi,
yuqori narx, ishsizlik, eng kam pensiya, sog‘liqni saqlashga xarajatlar, kambag‘allik, qashshoqliq.

Yüklə 83,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin