2-BOB. INSON TARAQQIYOTI KONSEPSIYASI
2.1 Iqtisodiy o‘sish va inson taraqqiyoti
YUqorida qayd qilinganidek, iqtisodiy o‘sish yalpi ichki maxsulot ijobiy
dinamikasi asosida milliy ishlab chiqarish real xajmining uzoq muddatli
o‘zgarishidir. Milliy ishlab chiqarish real xajmining barqaror o‘sishi esa iqtisodiyot
tarmoqlari rivojlanganligi darajasiga bog‘liqdir.
Jahon mamlakatlari o‘z rivojlanish darajasi bo‘yicha odatda quyidagi
bosqichlarda deb hisoblanadilar:
●
iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishidan oldinga bosqichida.
Bu
bosqichda iqtisodiy rivojlanishning asosiy xarakatlantiruvchi kuchi iqtisodiyotning
agrar sektori xisoblanadi;
●
iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishi bosqichida
. Bu bosqich asosini
sanoat ishlab chiqarish va fan-texnika taraqqiyoti tashkil etadi;
●
iqtisodiy rivojlanishning sanoat rivojlanishidan keyingi bosqichida.
Bu
bosqichda yuqori fan sig‘imiga ega tarmoqlar, shu jumladan axborot texnologiyalari
birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Sanoati rivojlangan jamiyat nazariyasiga ko‘ra, boshlang‘ich bosqichda sanoat
sektorining o‘sishi asosan ommaviy ishlab chiqarish hisobiga ta’minlanadi. Fan-
texnika taraqqiyoti yuqori texnologiyali tarmoqlarni rivojlantirishni rag‘batlantiradi,
ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi xodimlar
malakasiga talabni oshiradi. Mehnat jarayonlari mexanizatsiyalashtirilishi va
avtomatlashtirilishi natijasida mazkur tarmoqdan bo‘shatilayotgan xordimlar xizmat
sohasiga o‘tadilar va jamiyat bosqichma-bosqich sanoat rivojlanishidan keyingi
holatga o‘tadi.
Sanoati rivojlangan jamyatida iqtisodiy o‘sish va insonni rivojlantirish
xususiyatiga sanoatdagi tarkibiy o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatadi. Jaxondagi ko‘pgina
mamlakatlarning tajribasi sanoatni rivojlantirish tarkibiy o‘zgarishlarning uch
bosqichi orqali ro‘y berishidan dalolat beradi:
1.
Mehnat sarfi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishni rivojlantirish.
Ushbu jarayon,
bir tarafdan, ish xaqi darajasi past bo‘lishini nazarda tutadi, bu o‘z navbatida
oilalarning daromadiga va insonni rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ikkinchi
tomondan, ish joylari sonining ko‘paytirilishi ish bilan bandlikni rag‘batlantiradi. Bu
aholi soni barqaror yuqori darajada ko‘payib boradigan hamda fan va texnologiya
etarli darajada rivojlanmagan ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xosdir.
Ayni paytda ko‘p mehnat sarfi talab qiladigan tarmoqlarning ustuvorligi insonni
rivojlantirish darajasini mutanosib taqsimlash muammosini hal etishga yordam
beradi.
2.
Kapital sig‘imi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish
ish xaqi
va daromad darajasi yuqoriroq bo‘lishini ta’minlaydi, bu esa insonni rivojlantirish
imkoniyatlarini kengaytiradi. Ayni paytda bunday rivojlanishda ushbu ishlab
chiqarishlardagi kapitalning ulushi ish kuchi salmog‘idan yuqori bo‘ladi. Bu esa ish
bilan bandlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
3.
Fan sig‘imi yuqori bo‘lgan ishlab chiqarish
yuqori kapital sig‘imi
xususiyatiga egadir. YUqori mehnat unumdorligi va rentabellik insonni
rivojlantirish saloxiyatini sezilarli darajada oshirishni ta’minlaydi.
O‘zbekistonda ma’muriy-buyruqbozlik tuzumidan bozor iqtisodiyotiga
o‘tishda Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan,
“o‘zbek modeli”
nomini olgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur modelning prinsiplari
quyidagilardan iboratdir:
●
iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash;
●
davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar tashabbuskori
bo‘lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi;
●
qonun ustuvorligini ta’minlash;
●
kuchli ijtimoiy siyosat yuritish;
●
islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish.
Mamlakatda bu ilmiy asoslangan, puxta ishlab chiqilgan va sobitqadamlik bilan
izchil amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli ishlab chiqarish ommaviy ravishda
pasayib ketishi, ichki va tashqi davlat qarzi haddan tashqari ortishi, aholining
turmush darajasi keskin kamayishiga yo‘l qo‘yilmadi.
1997-2003 yillarda mamlakat iqtisodiyoti yiliga 3,8 % – 5,2% o‘sish darajasida
rivojlanib bordi. 2004 yildan boshlab qulay tadbirkorlik muhitini yaratish, ishlab
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan
iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishi natijasida O‘zbekistonda yiliga 7,0 % –
9,0% darajasida barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. Jumladan,
O‘zbekistonda YAIMning o‘sishi sur’atlari 2008 yilda 9,0%, 2009 yilda - 8,1%,
2010 yilda esa 8,5%, 2011 yilda 8,3 % ni tashkil etdi.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda qo‘lga kiritilgan natijalar Xalqaro
valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa nufuzli xalqaro
moliya tashkilotlari tomonidan yuksak baholanmoqda. Xalqaro valyuta
jamg‘armasining
baholash
missiyasi
bayonotida
jumladan
bunday
deyiladi:“O‘zbekiston jadal o‘sishga erishdi va global moliyaviy inqirozga qarshi
samarali choralar ko‘rdi. Keyingi besh yilda O‘zbekistonda o‘sish sur’atlari o‘rtacha
8,5 % ni tashkil etdi va bu Markaziy Osiyodagi o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichidan
yuqoridir”.
2011 yilda 2000 yilga nisbatan milily yalpi ichki mahsulot hajmi ikki barobarga
(xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha ushbu davrda YAIM ning o‘sishi 2,6 ortdi), aholi
jon boshiga hisoblaganda esa 1,7 marotabaga ko‘paydi. 2000-2011-yillar mobaynida
yalpi ichki mahsulot hajmi 2,1 barobar oshdi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha
O‘zbekiston dunyoning iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlari qatoridan
joy oldi.
Dostları ilə paylaş: |