ishbilarmonlik faolligi va moliyaviy barqarorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
2011 yilda soliq yuki, 1991 yil bilan solishtirganda, yalpi ichki mahsulotga nisbatan
qariyb 2 barobar kamayib, 41,2 % dan 22,0 % ga tushdi
2011 yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi
stavkasining 7,0 % dan 6,0 % ga kamaytirilishi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qildi. Buning natijasida bo‘shab
qolgan qariyb 80,3 mlrd. so‘m mablag‘ni birinchi navbatda ishlab chiqarishni
texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo‘naltirish imkoni
paydo bo‘ldi. 2012 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun
yagona soliq to‘lovi stavkasi 6,0 % dan 5,0 % ga tushirilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda mustaqillikning dastalabki yillardan boshlab sanoatni tarkibiy
o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishga kirishildi. Iqtisodiyot tarmoqlarini
industrlashtirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jixatdan yangilash,
sanoatning yangi tarmoqlari – avtomobil, neft, gaz, kimyo, temir yo‘l mashinasozligi
va boshqalarning yaratilishi sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmi
hamda sanoatning YAIMdagi ulushini ko‘paytirishni ta’minladi (2.1 - jadval).
Dostları ilə paylaş: