12.3. Xalqaro texnologiyalar bozorining rivojlanish tamoyillari
Xalqaro texnologiyalar bozorini tarkibi va rivojlanish xususiyat-
lariga ko‘ra quyidagi segmentlarga bo‘lish mumkin: patentlar va
litsenziyalar bozori, fan sig‘imkorligi yuqori texnologik mahsulotlar
bozori, yuqori texnologik kapitallar bozori va yuqori malakali ilmiy-
texnik mutaxassislar bozori.
Texnologik bozorlarning segmentlarida yuz berayotgan savdo
munosabatlarining hajmi to‘g‘risidagi tahlillarga muvofiq XX asrning
oxirlariga kelib litsenziyalar bozoridagi oldi-sotdi hajmi 30 mlrd.
dollarni, fan sig‘imkorligi yuqori texnologik mahsulotlar bozoridagi
o‘rtacha yillik ko‘rsatkich 2,3 trln. dollarni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar tarkibida yuqori texnologik kapitallar ulushi taxminan
10-20% ni tashkil etadi. Bashoratlarga muvofiq yuqori texnologik
mahsulotlar bozoridagi talab 2015 yilga borib 3,5-4 trln. dollarni
tashkil etishi kutilmoqda. Texnologiyalar bozorining tarmoq tarkibi
mamlakatlarning ilmiy texnik rivojlanish maqsadiga bog‘liq ravishda
o‘zgarib boradi. XX asrning 40-50-yillarida harbiy-texnika tarmoqlari
342
ustuvor darajada rivojlangan bo‘lsa, 60-80-yillarida bu maqsad asosan
iqtisodiy o‘sishni taʼminlash va alohida tarmoqlarning raqobatbar-
doshligini oshirish vazifalari bilan bog‘liq bo‘lgan. 90-yillardan
boshlab esa ilmiy-texnik rivojlanish sohasidagi siyosatning ustuvor-
liklari informatsion xizmatlar, tibbiyot, ekologiya va aholi turmush
darajasini oshirishga qaratilgan sohalarga qaratildi.
Shuning uchun zamonaviy jahon texnologiyalar bozorining
tarmoq tarkibini quyidagicha belgilash mumkin: elektrotexnika,
elektronika, kimyo, farmasevtika, aloqa vositalarini ishlab chiqarish,
asbobsozlik, aviakosmik uskunalar, avtomobilsozlik va b. Jahon
texnologiyalar bozorida quyidagi rivojlanish tendensiyalarini ajratib
ko‘rsatish mumkin:
-
jahon
texnologiyalar
bozorining
jadal
rivojlanayotgan
bozorlardan biri sifatida tovarlar va kapitallar bozoriga nisbatan yuqori
surʼatlarda rivojlanishi;
- jahon texnologiyalar bozorining milliy bozorlarga nisbatan
yuqori darajada rivojlanganligi bilan ajralib turibdi.
Mazkur jarayonda xalqaro korporatsiyalar yetakchi rol o‘ynaydi;
- jahon texnologiyalar bozorining ikki pog‘onali tarkibga egaligi:
a) yuqori texnologiyalar asosan sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamla-
katlar o‘rtasida aylanadi; b) o‘rta va quyi texnologiyalar rivojlanayot-
gan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari bozorlari uchun yangi
texnologiya hisoblanishi mumkin. Shu sababli mazkur texnologiyalar
ushbu mamlakatlar o‘rtasida ayirboshlash predmeti bo‘lib hisoblanadi;
- jahon texnologiyalar bozori texnologik resurslarning kam sonli
rivojlangan mamlakatlarda konsentratsiyalashganligi bilan tavsiflanadi
(AQSH- 40%, Yaponiya - 30%, Germaniya - 13%);
- jahon texnologiyalar bozoridagi asosiy raqobatchi mamlakatlar
AKD1 va Yaponiya hisoblanadi;
- jahon texnologiyalar bozorida monopollashuv darajasining jahon
tovarlar bozoridan ham yuqoriligi. 90-yillarda transmilliy korporat-
siyalar ulushi jahon sanoat ishlab chiqarishining 18 qismini, tashqi
savdoning 1 qismini tashkil etgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich texnolo-
giyalar bozorining 80% ini tashkil etadi;
- XX asrning 80-yillaridan boshlab jahon texnologiyalar bozorida
transmilliy korporatsiyalarning yetakchilik mavqei firmalararo
hamkorlik aloqalarida namoyon bo‘la boshladi. Mazkur jarayonning
343
yaqqol ifodasini avtomobilsozlik sohasidagi yetakchi mamlakatlar
hamkorligini aks ettiruvchi quyidagi jadval orqali kuzatish mumkin.
Firmalararo hamkorlik venchur kelishuvi, hamkorlikdagi tadqi-
qotlar, texnologiyalarni ayirboshlash, bevosita kapital qo‘yilmalar,
texnologiyalarni bir tomonlama uzatish kabi sohalarni o‘z ichiga oladi.
- “Yangi iqtisodiyot”ning shakllanishi va rivojlanishi murakkab
texnologik mahsulotlar xalqaro savdosining jadallashuvi va jahon
bozorlaridagi raqobat kurashining o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda. XX
asrning ikkinchi yarmida xalqaro savdo tarkibi sezilarli darajada
o‘zgardi: jahon eksportida tayyor mahsulotlar ulushi ikki baravarga
oshgan bo‘lsa, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va oziq-
ovqatlar ishlab chiqarish 2,4 baravarga, mineral xomashyo va yoqilg‘i
3,3 baravarga qisqargan. XX asrning Avtomobil sanoatida xalqaro
hamkorlik aloqalarining rivojlanishi 90-yillarida tayyor mahsulot-
larning jahon eksportidagi ulushi 5% ga oshgan. Mazkur o‘zgarish
asosan mashina, asbob-uskunalar va transport vositalari hisobiga yuz
bergan.
109
Mazkur tovarlar guruhida yuqori o‘sish surʼatlari yuqori texno-
logik ofis va telekommunikatsion asbob-uskunalar xissasiga to‘g‘ri
keladi (12%). Umuman, 2000 yilda yuqori texnologik tarmoqlarda
yaratilgan mahsulotlar jahon tovar eksportining 16 qismini yoki
deyarli 1 trln. dollarni tashkil etgan. “Yuqori texnologiyalar” atamasi
ilgari ITTKI xarajatlari yuqori sanoat tarmoqlariga nisbatan qo‘llanil-
gan bo‘lsa, hozirda bu agama kengroq talqin etiladi. Yuqori tex-
nologiyalar zamonaviy iqtisodiyot tarmoqlarining texnologik bazasi
sifatida amal qiladi. Shuning uchun yuqori texnologik Jahon qayta ish-
lash sanoati mahsulotlari eksport tarkibi, jamiga nisbatan foiz hisobida
tarmoqlarga, odatda, mashinasozlikning quyidagi tarmoqlari kiritiladi:
- elektron-hisoblash texnikasini ishlab chiqarish. aviatsiya va
aerokosmik texnika, sanoat robotlari va ishlab chiqarishni kompleks
avtomatlashtirish vositalari, radioaloqa vositalari, radiolokatsiya va
radionavigatsiya, murakkab uy-ro‘zg‘or buyumlari, asbobsozlik. Maz-
kur tarmoqlarga farmatsevtika sanoati, kimyo va atom sanoati kabilar
kiradi. Yuqori texnologik mahsulotlar bozorida iqtisodiy jihatdan
109
International Trade Statistics. WTO. Geneva, 2011 yil maʼlumotlari asosida
hisoblangan.
344
taraqqiy etgan mamlakatlar yetakchi mavqega ega. AQSH, Yaponiya,
Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya mazkur mahsulotlar
bozorlarining 80% ini nazorat qilishadi. Bu sohaning baʼzi yo‘nalishlar
bo‘yicha Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Gonkong kabi yangi
industrial mamlakatlar rivojlangan mamlakatlarga raqobatchilik
qilmoqda.
XX asrning 90-yillarida yuqori texnologik mahsulotlar bozorining
baʼzi turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi
mavqega ega mamlakatlar ulushi to‘g‘risidagi maʼlumotlar keltirilgan.
Bu holat jahon xizmatlar savdosida ham mamlakatlar o‘rni taxminan
yuqori texnologik mahsulotlar bozoridagi kabi ko‘rinishga ega. 2010
yil maʼlumotlariga ko‘ra jahon xizmatlar savdosining 36% yuqori
texnologiyalar (kommunikatsion, informatsion va b.) bilan bog‘liq.
Yuqori texnologik mahsulotlar bozorida yetakchilik qilayotgan
mamlakatlar tajribasi texnologik liderlik bilan bog‘liq qonuniyatlarni
aniqlash imkonini beradi:
Birinchi qonunlar - ilm-fan va innovatsion yangiliklarning
mamlakat raqobatbardoshligini oshirish hamda xavfsizligini taʼminlash
instrumentlar va zamonaviy bilimlarga asoslangan yangi tipdagi
jamiyatning bazaviy elementi sifatida baholanishi. Innovatsion tizim
faoliyatini taʼminlash rivojlangan mamlakatlarning yuqori texnologik
mahsulotlar bilan savdo qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu esa
yalpi ichki mahsulotning 1,6% dan (Kanada) 3,7% gacha (Shvetsiya).
Yangi bilimlar va texnologiyalarni yaratish uchun katta hajmdagi
mablag‘lar sarflashni taqozo etadi.
110
Ikkinchi qonuniyat - korporativ tadqiqotlar va ishlanmalarning
muhim iqtisodiy ahamiyatga egaligi. Kompaniyalarda olib borilayot-
gan ilmiy tadqiqot ishlarining rivojlanishi ilmiy yangiliklar va yangi
texnik imkoniyatlarni yaratadi. XX asrning oxirlarida rivojlangan
mamlakatlarda innovatsion rivojlanishga sarflangan umummilliy
xarajatlarning asosiy qismi tadbirkorlik sektori tomonidan moliyalash-
tirilgan.
Bu ko‘rsatkich Fransiyada - 61, Buyuk Britaniyada — 65, Germa-
niyada - 68, Yaponiyada - 72, AQSHda - 74, Shvetsiyada - 75% ni
110
Obolenskiy V. Texnologicheskoye sopernichestvo na mirovom rinke. / Mirovaya
ekonomika i mejdunarodniye otnosheniya, K«7,2003. S.4.
345
tashkil etgan. Korporativ tadqiqotlar asosan yuqori texnologik tarmoq-
larda olib boriladi. XX asrning 90-yillarida AQSHda innovatsion rivoj-
lanish xarajatlari hajmi bo‘yicha xizmatlar sohasi, asosan informatsion
texnologiyalar (23%), avtomobilsozlik (11%) va aerokosmik sanoat
(1.0%), Yevropa Ittifoqida elektrotexnika (15%), avtomobilsozlik
(13%) va xizmatlar (11%), Yaponida elektronika (18% dan yuqori) va
elektrotexnika (11%) sohalari yetakchi mavqega ega bo‘ldi.
Uchinchi qonuniyat - zamonaviy bilimlarni jamg‘arish - kumul-
yativ jarayon hisoblanadi. Ilm-fan va maorifga sarflanayotgan mab-
lag‘lar barqaror va uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘lsagina samara
beradi. Mazkur sohani moliyalashtirish biron bosqichda to‘xtab qolsa,
uni keyinchalik ko‘paytirish o‘zini oqlamaydi. Davlatning ilmiy-texnik
siyosatini moliyalashtirishdagi asosiy manba budjet mablag‘lari hisob-
lanadi. Mazkur manbadan ilmiy xarajatlar 15 dan 12 qismigacha
moliyalashtiriladi. Tahlillar ko‘rsatishicha, AQSH va Yaponiyada
ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik xarajatlari YaIMga nisbatan
o‘rtacha 3,0% ini moliyalashtiradi.
XX asr oxiriga kelib jahon texnologik bozorlarining rivojlanish
darajasi va dinamikasi mamlakatlarning iqtisodiy salohiyatini belgilab
beruvchi asosiy omil innovatsion sohaning ilmiy ishlab chiqarishga
asoslangan tarmoqlari hamda kompaniyalari ekanligi yaqqol namoyon
bo‘la boshladi. Texnik taraqqiyot rivojlangan mamlakatlarda ishlab
chiqarishning miqyosi va strukturasinigina o‘zgartirib qolmay, balki
aholi turmush darajasi, kishilarning o‘zaro va tashqi dunyoga bo‘lgan
munosabatlariga ham sezilarli taʼsir o‘tkazdi.
Jahon bozorida texnologiyalar harakatini tartibga solish zaruriyati
jahon xo‘jaligining globallashuv jarayoni bilan bog‘liq. Xalqaro
texnologiyalar savdosini tartibga solish xalqaro va milliy darajada
amalga oshiriladi. Ixtirolar, yangi sanoat mahsulotlari va tovar
belgilari bilan bog‘liq huquqlarni himoya qilish xalqaro tartibga solish
predmet hisoblanadi. Bu sohadagi asosiy kelishuv sanoat mulkini
muhofaza qilish bo‘yicha Parij Konvensiyasi hujjatlarida aks ettirilgan.
Parij Konvensiyasi o‘z oldiga ixtirolar, yangi sanoat mahsulotlari,
tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha imtiyozlar
berishni maqsad qilib qo‘ygan.
Konvensiyaning asosiy qoidalari quyidagilar:
- milliy rejim;
346
- konvension huquqlarga ustuvorlik berish;
- patent orqali berilgan huquqlarning buzilish holatlarining oldini
olish.
Milliy rejim aʼzo mamlakatlarning fuqarolari va firmalariga ham
mulk huquqini himoya qilish imkonini beradi. Shuningdek, Parij
ittifoqiga aʼzo bo‘lmagan mamlakatlar fuqarolariga ham himoya
taʼminlanadi. Konvension huquqlarga ustuvorlik berish aʼzo mamlakat
tomonidan berilgan ariza asosida bir yil davomida mavjud ustuvor-
likdan foydalanish imkonini beradi. Konvension huquqlarga ustuvorlik
berish ixtirolarni mazkur mamlakatda ham patentlash imkoniyatiga ega
bo‘ladi.
Patent orqali berilgan huquqlarning buzilish holatlarining oldini
olish qoidasiga muvofiq patent egasi mazkur ixtiro dan foydalanish
yoki boshqalarga ixtironi qo‘llashni man etishi mumkin. Xalqaro
texnologiyalar savdosini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi navbat-
dagi tashkilot Yevropa patent tashkiloti hisoblanadi (European Patent
organization, YePT). YePT 1973 yilda imzolangan va 1977 yilda
ratifikatsiya qilingan Yevropa patentlarini berish to‘g‘risidagi Konven-
siya asosida tashkil etilgan. Yevropa patent tashkiloti Germaniyaning
Myunxen shahrida, bo‘limlari Gaagada (Gollandiya) va byurosi Vena
(Avstriya) va Berlinda (Germaniya) joylashgan. YePTning asosiy
maqsadlari quyidagilar:
- Yevropa patentlarini berish;
- Yevropa davlatlari o‘rtasida ixtirolarni himoya qilish sohasida
hamkorlikni kengaytirish;
- patentlarni berishning yagona tartibini joriy etish orqali patent
himoyasini kuchaytirish.
YePT quyidagi tarkibga ega: Yevropa patent muassasasi;
Maʼmuriy kengash.
Dostları ilə paylaş: |