Bob. Jahon iqtisodiyotining tarmoqlari: sanoatni avtomatlashtirish


Xalqaro texnologiyalarni uzatishni tartibga solish mexanizm-



Yüklə 350,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix29.03.2023
ölçüsü350,58 Kb.
#91229
1   2   3   4   5   6   7
26 Mavzu Jahon iqtisodiyotining tarmoqlari sanoatni avtomatlashtirish (1)

Xalqaro texnologiyalarni uzatishni tartibga solish mexanizm-
lari. 
Davlat tomonidan texnologiyalarni olib kirish va chetga chiqa-
rishni tartibga solish eksportni nazorat qiluvchi organlar, bojxona 
usullari va chegara nazorati ostida amalga oshiriladi. Ko‘pchilik 
mamlakatlarda texnologiyalarni uzatishni bilvosita tartibga solish 
patentlar va savdo belgilarini davlat tomonidan ro‘yxatga olish tizimi 
orqali olib boriladi. Baʼzi hollarda texnologik sig‘imkorligi yuqori 
tovarlarni eksport qilish huquqini olishda hukumatning maxsus 
ruxsatnomasi talab etiladi. 
Xalqaro texnologiyalarni uzatishni tartibga soluvchi qonunchilik-
ning buzilishi davlat ahamiyatiga molik jinoyat deb baholanadi va 
qonunbuzarlar jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ko‘pchilik mamlakat-
larda bu holat sodir etilganda xorijiy rezidentga nisbatan qatʼiy 


350 
choralar ko‘riladi (bir umrlik qamoq jazosidan tortib o‘lim jazosi-
gacha). Xorijiy texnologiyalarni import qiluvchi mamlakatlar texnolo-
giyalarni olib kirishning qonuniyligini nazorat qiladi va jamiyat uchun 
xavfli texnologiya turlarining kirib kelishini ta’qiqlaydi. Ko‘pincha 
mamlakatning umumiy texnologik rivojlanish darajasi ilg‘or texnolo-
giyalarning mamlakatga kirib kelishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. 
Mamlakatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-madaniy va aholining maʼlumotliligi 
borasidagi farqlarning mavjudligi kam taraqqiy etgan mamlakatlardagi 
ishchilarning yangi texnologiyalarni egallash va ishlab chiqarishda 
qo‘llash imkonini bermaydi. Bu esa texnologiyalarning xalqaro 
harakati yo‘lida jiddiy to‘sqinlik qilishi mumkin. Odatda, qurol-yarog‘, 
kimyoviy mahsulotlar, narkotiklar, spirtli ichimlik ishlab chiqarish 
bilan bog‘liq texnologiyalarni mamlakatga olib kirish davlat tomoni-
dan nazorat qilinadi. 

Yüklə 350,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin