Bob. Jahon iqtisodiyotining tarmoqlari: sanoatni avtomatlashtirish



Yüklə 350,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix29.03.2023
ölçüsü350,58 Kb.
#91229
1   2   3   4   5   6   7
26 Mavzu Jahon iqtisodiyotining tarmoqlari sanoatni avtomatlashtirish (1)

 
Asosiy tushunchalar 
Texnologiyani xalqaro uzatish - tijorat yoki beg‘araz asosda ilmiy-
texnika yutuqlarining davlatlararo harakati. 
Neytral texnik taraqqiyot - bir vaqtning o‘zida ishchi kuchi va 
kapital omillari unumdorligining ortishini ta’minlovchi texnologiyaga 
asoslangan taraqqiyot. 
Mehnat omilini tejovchi texnik taraqqiyot - kapital unumdor-
ligining mehnat unumdorligiga nisbatan yuqoriroq samara berishiga 
asoslangan taraqqiyot. 
Kapital omilini tejovchi texnik taraqqiyot - mehnat unumdor-
ligining kapital unumdorligiga nisbatan yuqoriroq samara berishiga 
asoslangan taraqqiyot. 
Patent - hukumatning mutasaddi organlari tomonidan ixtirochiga 
beriladigan guvohnoma bo‘lib, u ixtirodan foydalanishda monopol 
huquqni beradi. 
Litsenziya - texnologiya egasi (litsenziar) tomonidan manfaatdor 
tomonga (litsenziatga) patent bilan himoyalangan yoki himoyalan-
magan texnologiyadan muayyan muddat va to‘lov evaziga foydalanish 
uchun beriladigan ruxsatnoma. 
Kopirayt (taqdim etish huquqi) - adabiy, audio- va videoasar 
muallifining o‘z ishini ko‘rsatish va taqdim etish huquqi. 


351 
Tovar belgisi — muayyan tashkilot belgisi bo‘lib, undan tovar 
ishlab chiqaruvchini individuallashtirish uchun foydalaniladi. 
Patent shartnomasi - xalqaro savdo bitimi bo‘lib, unga muvofiq 
patent egasi ixtirodan foydalanish huquqini xaridorga beradi. 
Litsenziya shartnomasi - xalqaro savdo bitimi bo‘lib, unga 
muvofiq kashfiyot egasi texnologiyaga bo‘lgan egalik huquqini 
xaridorga muayyan chegara va shartlarda foydalanish uchun beradi. 
“Nou-xau” - muayyan huquqqa erishish imkonini beruvchi texnik 
tajriba va ishlab chiqarish sirlarini taqdim etish. 
Injiniring — xarid qilingan yoki ijaraga olingan mashina va 
uskunalarni montaj qilish hamda ishlatish uchun zarur bo‘lgan 
texnologik bilimlarni taqdim etish. 
Patentli litsenziya - patentdan foydalanish huquqining “nou-
xau”siz taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Patentsiz 
litsenziya 

ixtironing 
patentsiz 
“nou-xau”dan 
foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Istisnosiz litsenziya — litsenziyalarga shu texnologiya ushbu 
hududda joylashgan boshqa litsenziatlarga ham taqdim etish huquqini 
qoldiruvchi litsenziya.
Istisnoli litsenziya — litsenziatning texnologiyadan foydalanish 
monopol huquqi mavjudligini va listenziarning ushbu hududda 
patentlangan texnologiyalar hamda “nou-xau”lardan mustaqil 
foydalanish va ularni sotishni rad etganini nazarda tutuvchi litsenziya.
To‘liq litsenziya - shartnoma amal qilishi davrida litsenziarning 
patent yoki “nou-xau”dan to‘liq foydalanish huquqini va litsenziarning 
ulardan mustaqil foydalanishdan voz kechishini belgilovchi litsenziya. 
Litsenzion to‘lov — litsenziat tomonidan shartnoma predmetidan 
foydalanganligi evaziga litsenziarlarga to‘lanadigan to‘lov. 
Royalti - shartnomaning amal qilish muddati davrida xaridor 
daromadidan litsenziyadan foydalanishda oladigan foydasi hajmidan 
kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan ajratmalar. 
Pausha to‘lovi - shartnomada qayd etilgan bir marta to‘lanadigan 
to‘lov bo‘lib, litsenziyadan foydalanish vaqti bilan bog‘liq bo‘lmay, 
ekspert baholash asosida oldindan belgilanadi.
Foydada qatnashish — litsenziya predmetidan foydalanish evaziga 
olingan litsenziat foydasining bir qismini litsenziarga ajratish. 


352 
Mulkda qatnashish — litsenziat tomonidan litsenziarga litsenzi-
yadan foydalanganlik uchun o‘z korxonalari aksiyalarining bir qismini 
berishi. 
Ishlab chiqarish franchayzingi — muayyan mahsulotni tayyorlash 
texnologiyasiga ega bo‘lgan firmaning mijoz firmaga mazkur mahsu-
lotni muayyan hududda tayyorlash va sotish huquqini beradi. 
Tovar franchayzingi - firmaning boshqa firmaga muayyan hudud-
da yetakchi firmaning savdo markasidan foydalanish huquqini beradi. 
Xalqaro texnik hamkorlik — mamlakatlarga qaytarib olish sharti 
bilan yoki beg‘araz asosda texnologik jarayonlar, mahsulot ishlab 
chiqarishni tashkil etish va boshqarish to‘g‘risida yordam ko‘rsa-
tishdir. 
Texnologik grantlar - rivojlangan mamlakatlar tomonidan texnolo-
giyalar, texnologik sig‘imkorligi yuqori tovarlar yoki moliyaviy 
mablag‘larni ilg‘or texnologiyalarni sotib olish, personallarni o‘qitish 
va qayta tayyorlash uchun beg‘araz uzatish. 
Texnik yordamni moliyalashtirish — texnik yordam olayotgan 
tomonning shartnomaga muvofiq tashkiliy vazifalarni bajarishi bilan 
birgalikda mazkur loyihani moliyalashtirishda ham ishtirok etishini 
nazarda tutadi. 
Texnik yordam mexanizmlari. Loyihada qatnashayotgan mamla-
katlar soniga qarab ikki va ko‘p tomonlama texnik yordam turlari bir-
biridan farqlanadi. 
Ikki tomonlama texnik hamkorlik - donor mamlakat bilan texnik 
yordam olayotgan mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha 
amalga oshiriladi, 
Ko‘p tomonlama texnik hamkorlik — texnik yordam oluvchi 
mamlakatga bir necha mamlakatlar tomonidan qo‘shma loyihalar 
shaklida texnik yordam ko‘rsatish. 

Yüklə 350,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin