Bob. Jahon iqtisodiyotining tarmoqlari: sanoatni avtomatlashtirish


Xalqaro texnologiyalar savdosini tartibga solish usullari



Yüklə 350,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix29.03.2023
ölçüsü350,58 Kb.
#91229
1   2   3   4   5   6   7
26 Mavzu Jahon iqtisodiyotining tarmoqlari sanoatni avtomatlashtirish (1)

  
12.4. Xalqaro texnologiyalar savdosini tartibga solish usullari 
YETT o‘zaro kelishayotgan davlatlarning badallari va o‘z mab-
lag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Patentni rasmiylashtirish jarayoni 
uch bosqichdan iborat: 1) Gaaga, Berlin: ariza berish, uni tekshirish, 
patentni izlash, ariza va patent natijalarini eʼlon qilish; 2) Myunxen: 
ekspertiza — patentni berish yoki rad etish; 3) Myunxen: uchinchi 


347 
tomonning patent berishga qarshilik bildirishi, norozilik xatini berish, 
uni tekshirish va oxirgi qarorni chiqarish. YePT Yevropa Ittifoqi va 
boshqa xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. YePT 
rivojlanayotgan mamlakatlarda patent tizimini shakllantirish va 
takomillashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadi. Jahon intellek-
tual mulk tashkiloti (World Intellectual Property Organization (WIPO) 
1970 yilda tashkil etilgan. WIPO BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari 
tizimiga kiradi. Shtab kvartirasi Jenevada (Shveysariya) joylashgan. 
Intellektual mulk quyidagi ikki sohani qamrab oladi: 
- sanoat mulki — asosan ixtirolar, tovar belgilari, sanoat namuna-
lari va modellariga taalluqli; 
- mualliflik huquqi - asosan adabiy, badiiy, musiqiy, fotografiya, 
kinematografiya va audiovizual asarlarga tegishli. 
WTPO turli sohalarda tashkil etilgan ittifoqlar va shartnomalarni 
boshqarish bilan shug‘ullanadi. Sanoat mulkini muhofaza etish 
sohasida: Sanoat mulkini muhofaza etish bo‘yicha Parij Konvensiyasi, 
1883; Madrid kelishuvi (tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi 
manbalar to‘g‘risidagi maʼlumotlarning yolg‘onligiga qarshi kurash 
haqida), 1883; Madrid ittifoqi (tovar belgilarini xalqaro ro‘yxatdan 
o‘tkazish), 1891; Gaaga Ittifoqi (sanoat namunalari yoki modellarini 
xalqaro jamg‘arish), 1925; Nissa ittifoqi (tovar belgilarini ro‘yxatdan 
o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifi), 1957; 
Lissabon Ittifoqi (tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi maʼlumot-
larni himoya qilish va ularni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish), 1958; 
Lokarn Ittifoqi (sanoat namunalari yoki modellarini xalqaro tasnifi), 
1968; Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma (ixtirolar bo‘yicha 
ariza berish va ekspertizadan o‘tkazish), 1970; Xalqaro patent tasnifi 
Ittifoqi, 1971; Vena ittifoqi (tovar belgilarini xalqaro ro‘yxatdan 
o‘tkazish), 1973: Budapesht Ittifoqi (mikroorganizmlarni patentlash 
uchun xalqaro tan olish jarayoni), 1977; Nayrobi shartnomasi 
(olimpiya simvollarini himoyalash to‘g‘risida), 1981; Mualliflik 
huquqi va u bilan bog‘liq sohalarda: Bern ittifoqi (adabiy va badiiy 
asarlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi), 1886; Rim 
Konvensiyasi (artistlar, fonogramma ishlab chiqaruvchilar va radio 
eshittirishlarini olib boruvchi tashkilotlar huquqlarini himoyalash 
to‘g‘risida), 1961; Jeneva Konvensiyasi (fonogrammalar ishlab 
chiqaruvchilar manfaatlarini himoyalash to‘g‘risida), 1971; Bryussel 


348 
Konvensiyasi (sunʼiy yo‘ldoshlar orqali uzatiladigan dasturlarni 
tarqatish to‘g‘risida), 1974; Boshqa sohalarda: Filmlarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma (audiovizual asarlarni xalqaro 
ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida), 1989.
WIPO ning maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
- davlatlararo va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik 
vositasida dunyoda intellektual mulk huquqini muhofaza etish;
- ittifoqlar o‘rtasida intellektual mulk sohasida maʼmuriy 
hamkorlikni kengaytirish;
- intellektual mulk sohasida milliy qonunchilikni takomillashtirish 
borasida yangi xalqaro shartnomalar tuzish;
- rivojlanayotgan mamlakatlarga texnik yordam ko‘rsatish;
- axborotlar yig‘ish, tarqatish va boshqalar. 
WTPOga Parij yoki Bern ittifoqlariga, BMT yoki MAGATEning 
ixtisoslashgan muassasalardan biriga aʼzo bo‘lgan har qanday davlat 
aʼzo bo‘lishi mumkin.
Yangi texnologiyalarni yaratishdan maqsad mazkur texnologiya 
asosida yaratilgan mahsulot bilan jahon bozoriga kirib borish va raqo-
batchilarni sindirish hisoblanadi. Xalqaro texnologiyalarni uzatishda 
boshqa ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati yo‘lidagi singari 
to‘siqlar mavjud. Jahon bozoridagi raqobat kurashida texnologiya 
muhim ahamiyatga egaligi tufayli xar bir mamlakat yangi texnolo-
giyani mamlakatdan tashqariga chiqarishni taqiqlashi yoki chegara-
lashi mumkin. Ko‘pchilik mamlakatlar esa xorijiy raqobatni cheklash 
va ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida texnologiyalar importini 
cheklaydi. Shuningdek, milliy texnik standartlar ham xorijiy texnolo-
giya bilan mos kelmasligi mumkin. Xalqaro texnologiyalarni uzatishni 
davlat tomonidan tartibga solish yoki nazorat qilishning quyidagi 
sabablari mavjud: Texnologik ustunlikni saqlab qolishga intilish. 
Ilg‘or texnologiyani mamlakatdan olib chiqib ketishni davlat 
tomonidan cheklash siyosati texnologik ustunlik nazariyasiga asosla-
nadi. U yoki bu sohada texnologik ustunlikka ega mamlakat boshqa 
mamlakatlar oldida texnologik sig‘imkorligi yuqori mahsulotlar ishlab 
chiqarish bo‘yicha ustunlikka ega bo‘ladi. Ammo texnologik ustunlik 
doimiy iqtisodiy ustunlikni taʼminlab bera olmaydi. Texnologik 
ustunlik kutilgan daromadni taʼminlab berar ekan ishchi kuchi, 
patentlar va litsenziyalarni saqlab turish, kashfiyotlarni xorijda patent-


349 
lash uchun katta xarajatlarni talab etadi. Texnologik ustunlikka 
intilmayotgan mamlakatlar esa tayyor texnologiyani yoki yangi 
texnologiya yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotni qalbakilashtirishi 
mumkin. Milliy havfsizlikni taʼminlash. Xalqaro texnologiyalarni 
uzatishni davlat tomonidan nazorat qilishdan ko‘zlangan yana bir 
maqsad qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bilan bog‘liq va «ikki 
tomonlama» mo‘ljallangan yuqori texnologiyalarning bir-biriga nisba-
tan dushmanlik siyosatini olib borayotgan mamlakatlarga yetib 
borishining oldini olish hisoblanadi. Misol sifatida, NATO doirasida 
XX asr 80-yillarining oxiriga qadar amalda bo‘lgan texnologiyalarni 
sobiq sotsialistik mamlakatlarga eksport qilishni nazorat qiluvchi 
Koordinatsion qo‘mitasi (KOKOM) faoliyatini keltirish mumkin. 
Xalqaro shartnomalarda belgilangan shartlarga rioya etish. Ko‘p 
tomonlama kelishuvlarda ishtirok etayotgan mamlakatlar kimyoviy
biologik, bakteriologik qurollarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan 
texnologiyalar savdosi bo‘yicha davlat nazorat tizimini joriy etishadi. 
Bu turdagi qurollarni ishlab chiqarish umuman ta’qiqlangan yoki bu 
faoliyat xalqaro miqyosda qattiq nazorat qilinadi. Xalqaro kelishuv-
larga muvofiq tinchlik yo‘liga xizmat qiluvchi materiallar, asbob-
uskunalar yaratish uchun qo‘llanuvchi, ammo ommaviy qirg‘in 
qurollarini ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan 
texnologiyalar va ilmiy-texnik axborotlarni chetga chiqarish davlat 
tomonidan nazorat qilinadi. 

Yüklə 350,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin