331
12-BOB. JAHON IQTISODIYOTINING TARMOQLARI:
SANOATNI AVTOMATLASHTIRISH
12.1. Texnik taraqqiyotning xalqaro savdoga taʼsiri nazariyalari
Texnologiyani ishlab chiqarishning alohida omili sifatida o‘rga-
nish, aniqrog‘i, texnologiya tushunchasi xususida iqtisodiy adabiyotda
yagona yondashuv yo‘q. Agar texnologiya ishlab chiqarishning musta-
qil omili sifatida qaraladigan bo‘lsa, u bir tomondan, o‘zi yordamida
ishlab chiqarilgan tovarlar savdosi shartlarining o‘zgarishiga taʼsir
ko‘rsatadi, ikkinchi tomondan esa, xalqaro savdo predmeti hisob-
lanadi. Texnologiyaning xalqaro harakati ikki xil shaklda amalga osha-
di: sof (litsenziya, patent, “nau-xau” savdosi) va texnologik sig‘im-
korligi yuqori tovarlar savdosi ko‘rinishida. Shu nuqtai nazardan
texnologiyaga quyidagicha taʼrif berish mumkin: texnologiya — bu
amaliy maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladigan ilmiy metodlardir.
Texnologiya tushunchasi texnologiyaning mahsulotlar, jarayonlar va
boshqaruv texnologiyasi guruhlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Tex-
nologiyani xalqaro uzatish - tijorat yoki beg‘araz asosda ilmiy texnika
yutuqlarining davlatlararo harakati. Xalqaro iqtisodiyotda quyidagilar
texnologiyani eltuvchilar sifatida namoyon bo‘ladi: - tovarlar —
yuqori texnologiyali tovarlar savdosi; - kapital - kapital sig‘imkorligi
yuqori texnologik tovarlar savdosi; - mehnat - yuqori malakali ilmiy-
texnika kadrlarning xalqaro migratsiyasi; - yer — qazib chiqarish
uchun yangi ilmiy texnika yutuqlaridan foydalanilgan tabiiy boyliklar
savdosi. Texnologiyani nazariy jihatdan asoslashda mikrodarajada
yondashuv mavjud bo‘lib, bu - korxona, firma miqyosida texnologiya-
lardan foydalanish nuqtai nazaridan texnologiyaga baho berishdir.
Unga muvofiq texnologiya xomashyoni qayta ishlashda materiallarga
ishlov berishdagi usul yoki vosita. Texnologiya — texnik vositalarni
mos tarzda mahsulot ishlab chiqarish uchun ko‘llash usuli. Bir turdagi
texnologiyadan foydalanilganda korxonalarning baʼzilari foyda olsa,
boshqalari undan zarar ko‘rishi mumkin. Texnologiyalarni guruhlash-
da firmalarda hozirda qo‘llanilayotgan zamonaviy D.Vudvord va
D.Tompson usullaridan foydalaniladi. D.Vudvord tasnifi bo‘yicha
texnologiyalar quyidagilarga bo‘linadi:
332
1. Mayda seriyali yoki individual ishlab chiqarish texnologiyalari.
Bunda faqat bitta mahsulot yoki bir xildagi mahsulotlarning kichik
seriyasi ishlab chiqariladi. Mazkur mahsulotlar oldindan aniqlangan
xaridor uchun va uning ixtisoslashuviga mos ravishda ishlab chiqa-
riladi. Masalan, kompyuterlar, tijorat maqsadida foydalaniladigan
BOING samolyotlari, harbiy reaktiv samolyotlar.
2. Ommaviy yoki yirik seriyali ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan
texnologiyalar. Yirik seriyali mahsulotlar bu bir xil turdagi mahsu-
lotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishdir. Mazkur ishlab chiqarish
standartlashtirilgan detallarni ko‘llash, konveyer asosida yig‘ish kabi
usullar bilan xarakterlanadi.
3. Uzluksiz ishlab chiqarish bilan bog‘lik texnologiyalar. Bunda
avtomatlashgan texnik jihozlardan foydalaniladi. Texnologiyalar kun
bo‘yi to‘liq ishlab, katta hajmdagi mahsulot ishlab chiqarishga xizmat
qiladi.
D.Tompson tasnifi bo‘yicha texnologiyalar quyidagilarga bo‘li-
nadi:
1. Ko‘p bo‘g‘inli texnologiyalar. Mazkur texnologiyalar ketma-ket
bajarilishi lozim bo‘lgan o‘zaro bog‘liq vazifalar seriyasidan iborat.
Masalan, avtomobillarni yig‘ish muayyan bir tartibda bajariladi.
2. Vositachi texnologiyalar. Bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan
guruhlar to‘qnashuvi va ish yuzasidan harakatlarining kelishtirilishi
bilan xarakterlanadi,
3. Intensiv texnologiyalar. Maxsus ko‘nikma va xizmatlar qo‘llash
bilan xarakterlanadi. Masalan, filmlar montaji. Ushbu tasniflar
o‘xshash, faqat birinchisi — firmalardagi ishlab chiqarish bo‘yicha,
ikkinchisi esa - umuman iqtisodiyotning barcha ishlab chiqarish
yo‘nalishlarida hisobga olingan.
Texnologiya rivojlanishining asosida texnik taraqqiyot yotadi.
Texnik taraqqiyotning ko‘plab taʼriflari va tahliliy uslublari mavjud.
Texnik taraqqiyotning maʼlum darajada ommabop bo‘lgan modelini
ingliz iqtisodchisi Jon Xiks ishlab chiqqan.
J.Xiksning fikricha texnik taraqqiyot uch guruhga bo‘linadi:
neytral, mehnat omilini tejovchi va kapitalni tejovchi. Neytral texnik
taraqqiyot - bir vaqtning o‘zida mehnat va kapital omillari u unumdor-
ligining ortishini taʼminlovchi texnologiyaga asoslangan taraqqiyot.
333
Mazkur texnik taraqqiyot natijasida tovar ishlab chiqarishga sarflana-
digan mehnat va kapital qisqartiriladi.
Mehnat omilini tejovchi texnik taraqqiyot — kapital unumdorligi-
ning mehnat unumdorligiga nisbatan yuqoriroq samara berishiga
asoslangan taraqqiyot. Mazkur texnik taraqqiyot natijasida tovarni
ishlab chiqarishga sarflanadigan kapital miqdori nisbatan oshadi,
mehnat sarfi esa kapitalning o‘zgarmas nisbiy bahosi asosida qis-
qaradi. Bunda tovarlarni ishlab chiqarishga sarflanishi kerak bo‘lgan
mehnat va kapitalning umumiy miqdori qisqaradi, ammo kapitalning
roli nisbatan yuqori bo‘ladi. Mazkur texnik taraqqiyot iqtisodiyotda
mehnat bilan bir vaqtning o‘zida mehnat va kapitalni tejashi bilan
foydali hisoblanadi.
Kapital omilini tejovchi texnik taraqqiyot - mehnat unumdor-
ligining kapital unumdorligiga nisbatan yuqoriroq samara berishiga
asoslangan taraqqiyot.
Savdo aloqalarining mavjud emasligi sharoitida har qanday texnik
taraqqiyot mamlakat farovonligini oshirish uchun xizmat qiladi.
Texnik taraqqiyot natijasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi ishlab
chiqarish hajmi oshadi. Texnik taraqqiyotning xalqaro savdoga taʼsiri
uning talab (isteʼmol) va taklifga (ishlab chiqarish) qanday taʼsir
etishiga bog‘liq. Texnik taraqqiyot natijasida ishlab chiqarish hajmi-
ning ortishi xalqaro savdoga neytral, ijobiy va salbiy taʼsir etishi
mumkin.
Texnik taraqqiyotning xalqaro savdoga neytral taʼsiri savdo
hajmining ishlab chiqarish hajmi bilan bir xil surʼatlarda ortishi bilan
bog‘liq. Texnik taraqqiyotning xalqaro savdoga ijobiy taʼsiri savdo
hajmining o‘sish surʼatlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish surʼat-
laridan oshib ketganda yuz beradi. Bu taʼsir, odatda, o‘zgarmas nisbiy
baholar sharoitida import o‘rnini qoplovchi tovarlarga nisbatan eksport
tovarlarni ishlab chiqarish hajmining ortishini bildiradi. Texnik taraq-
qiyotning xalqaro savdoga salbiy taʼsiri ishlab chiqarish hajmining
o‘sish surʼatlari savdo hajmining o‘sish surʼatlaridan oshib ketganda
yuz beradi. Bu taʼsir odatda, o‘zgarmas nisbiy baholar sharoitida
import o‘rnini qoplovchi tovarlar hajmining eksport tovarlarni ishlab
chiqarish hajmiga nisbatan ortishini bildiradi. Xalqaro savdoda tovar-
larning xayotiylik sikli talay mamlakatlarning texnologik yangi
tovarlarni ishlab chiqarishga va eksport qilishga moslashayotganida,
334
boshqa mamlakatlarning allaqachon taniqli bo‘lgan tovarlarni ishlab
chiqarayotganidan kelib chiqadi.
Bir talay yuqori kapitalga va malakali ishchilarga ega rivojlangan
mamlakatlar texnologik yangi vositalarga ko‘proq kapital jalb qilish
orqali yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda qiyosiy dinamik
(o‘zgaruvchanlik) mulkni boshqa mamlakatlardan olish arafasida
turibdilar. Tovarning hayotiylik sikli mahsulotning yaratilishi, o‘sishi,
yetuklik va tushish fazalari davomiyligining turli shakllardagi
uygunligini ifoda etadi.
Tovarning hayot sikli nazariyasi quyidagi faktlardan kelib chiqadi:
baʼzi mamlakatlar yangi texnologiyalar asosida tovarlarni ishlab
chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashadi, boshqalari esa bozorda
allaqachon tanilgan tovarlar ishlab chiqaradi. Bu o‘rinda tovarning
beshta hayotiylik sikli farqlanadi. I bosqich yangi mahsulot ishlab
chiqarish bosqichi, deb nomlanadi. Yangi mahsulot o‘zi ishlab
chiqarilgan mamlakatdagina ishlab chiqariladi va isteʼmol qilinadi.
Odatda, ishlab chiqarish unchalik katta bo‘lmagan hajmda amalga
oshiriladi va ichki bozordagina sotiladi. Tovar sifati ishlab chiqaruvchi
tomonidan bozor talabiga javob beradigan darajaga yetkaziladi. II
bosqich mahsulotning o‘sish bosqichi deyiladi. Tovar mukammal-
lashtiriladi, ichki bozorda unga bo‘lgan talab oshadi va uni chetga
eksport qilish boshlanadi. Xorijiy raqobat hali yo‘q va mamlakat ushbu
tovarni ishlab chiqarishda va sotishda vaqtincha monopol mavqega ega
bo‘ladi. III bosqich tovarning yetuklik bosqichi deyiladi. Tovar
texnologiyasi shu darajada ishlatilganki, uni keyinchalik ham faqat u
ixtiro qilingan mamlakatda ishlab chiqarish noo‘rin hisoblanadi.
Standartlashgan ishlab chiqarishning bir qismini ishchi kuchi arzon
bo‘lgan mamlakatlarga ko‘chirish samarali rol hisoblanadi. Boshqa
mamlakatlar bu mahsulotni, kashfiyot egasidan olgan litsenziya
asosida, o‘zining ichki bozori uchun ishlab chiqara boshlaydi. IV
bosqich tovar ishlab chiqarishning pasayishi, deb nomlanadi. Ancha
arzon ishchi kuchidan imitator (yangi texnologiyani o‘zlashtiruvchi)
mamlakat tovarni nafaqat o‘z ichki bozoriga taklif qiladi, balki uni
kashfiyot egasi bo‘lgan mamlakatga uning mahalliy ishlab chiqaruv-
chilarini siqib chiqqan holda sotadi. Ixtiro egasi bo‘lgan mamlakatda
ichki ishlab chiqarish tez surʼatlar bilan pasayib ketadi va eksport
to‘xtatiladi.
335
Tovarning hayotiylik sikli fazalari V bosqich - tovarning ichki
ishlab chiqarilishining butunlay to‘xtash bosqichi. Bu bosqichda yangi
texnologiyani o‘zlashtiruvchi mamlakatlar ixtiro egasi bo‘lgan mamla-
katlardan shu darajada oshib ketadiki, natijada ixtiro egasi hisoblangan
mamlakat yangi texnologiya litsenziyasini sotib, ichki ishlab
chiqarishini butunlay to‘xtatib, ichki bozorni xorijdan import qilish
hisobiga to‘ldirishga majbur bo‘ladi. Yangi texnologiya ixtiro qilingan
mamlakat hali xorijiy mamlakatlarga maʼlum bo‘lmagan yangi turdagi
tovar ishlab chiqarishni tashkil etadi. Innovatsion faoliyatda eng
muhim masala - yangi texnologiyalarning u yoki bu mamlakat
iqtisodiy o‘sishiga qo‘shgan ulushini aniqlashdir.
Texnologik rivojlanish va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi ijobiy
bog‘liqlik neoklassik o‘sish modellaridan biri bo‘lgan ekzogen texnik
rivojlanish modeli orqali isbotlangan. Bu haqda yana-da aniq,
xulosalarni Massachuset texnologik instituti professori, Nobel muko-
foti sovrindori Robert Solou keltirib o‘tadi. R.Solou birinchi bo‘lib
iqtisodiy o‘sishning muhim omili kapital emas, balki texnologik
rivojlanish ekanligini asoslab berdi. Uning 1909-1957 yillarni qamrab
olgan statistik maʼlumotlar asosidagi hisob-kitoblari iqtisodiy o‘sishni
taʼminlashda ishchi kuchining ko‘payishi va kapital isteʼmolining
ortishi muhim bo‘lganligini, ammo hal qiluvchi omil emasligini
ko‘rsatdi. Shuningdek, R.Solou texnologik rivojlanish natijasida
qishloq xo‘jaligining xususiy sektorida mahsulot ishlab chiqarish 60-
70% ga va mehnat unumdorligi esa 90% ga o‘sganligini keltirib o‘tadi.
Nobel mukofoti laureati Yan Tinbergenning AQSh, Germaniya, Buyuk
Britaniya va Fransiyaga oid 1870-1914 yillarni qamrab oluvchi hisob-
kitoblari yuqoridagi mamlakatlarning iqtisodiy o‘sishida texnik
rivojlanishning ulushi - mehnat va kapital kabi omillarga nisbatan
sezilarli darajada past ekanligini ko‘rsatdi. Bundan kelib chiqib AQSH
bir qator real sektor tarmoqlarida ekstensiv rivojlanishdan intensiv
rivojlanish yo‘liga o‘ta boshladi. Keyinchalik rivojlanishning bu
modeli boshqa mamlakatlarga ham ko‘cha boshladi.
Dostları ilə paylaş: |