Bob. Jahon iqtisodiyotining tarmoqlari: sanoatni avtomatlashtirish


Texnologiyalarni xalqaro uzatish shakllari va mexanizmlari



Yüklə 350,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix29.03.2023
ölçüsü350,58 Kb.
#91229
1   2   3   4   5   6   7
26 Mavzu Jahon iqtisodiyotining tarmoqlari sanoatni avtomatlashtirish (1)

 
12.2. Texnologiyalarni xalqaro uzatish shakllari va mexanizmlari 
 
Xalqaro texnologik ayirboshlashga inson faoliyatining kuyidagi 
to‘rt sohasi keng jalb qilinadi: - ilm-fan (tabiatni anglashning nazariy 


336 
qonuniyatlari); - texnik (tabiatni o‘zlashtirish tajribasi); - ishlab 
chiqarish (moddiy neʼmatlarni yaratish); - boshqarish (ishlab chiqarish 
va boshqa masalalarni hal etish bilan bog‘liq faoliyat). Texnologiyani 
xalqaro uzatish huquqiy himoya bilan kafolatlangan. Jahonning 
ko‘pchilik mamlakatlarida yangi texnologiyalar qator huquqiy 
dastaklar yordamida himoyalanadi. 
Patent — hukumatning mutasaddi organlari tomonidan ixtirochiga 
beriladigan guvohnoma bo‘lib, u ixtirodan fovdalanishi monopol 
huquqni beradi. Patentning amal qilish muddati 15-20 yil bo‘lib, u 
berilgan mamlakat hududida amal qiladi. Patentdan foydalanish 
huquqini saqlab turish uchun katta miqdordagi patent to‘lovini to‘lash 
talab etiladi. 
Litsenziya - texnologiya egasi (litsenziar) tomonidan manfaatdor 
tomonga (litsenziatga) patent bilan himoyalangan yoki himoyalan-
magan texnologiyadan muayyan muddat va maʼlum to‘lov evaziga 
foydalanish uchun beriladigan ruxsatnoma. 
Kopirayt (taqdim etish huquqi) — adabiy, audio- va videoasar 
muallifining o‘z ishini ko‘rsatish va taqdim etish huquqi. 
Tovar belgisi — muayyan tashkilot belgisi bo‘lib, undan tovar 
ishlab chiqaruvchini individuallashtirish uchun foydalaniladi. Tovar 
belgisidan egasining rasmiy ruxsatisiz boshqa tashkilotlar tomonidan 
foydalanish man etiladi. Ko‘pchilik hollarda tovar belgisi rasm, grafik 
tasvir, harflar klaviaturasi, korporatsiya tashkilotchisi yoki egasining 
ismi shaklida bo‘lishi mumkin. Agar tovar eksport qilinsa, tovar 
belgisi importyor mamlakatda ro‘yxatdan o‘tishi zarur. Texnologiya-
larni xalqaro uzatish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Patent shartnomasi - xalqaro savdo bitimi bo‘lib, unga muvofiq 
patent egasi ixtirodan foydalanish huquqini xaridorga beradi. Odatda, 
tor doirada ixtisoslashgan kichik firmalar ixtironi ishlab chiqarishga 
joriy etish imkoniyatiga ega bo‘lmaganliklari sababli patentni yirik 
korporatsiyalarga sotadilar. Litsenziya shartnomasi - xalqaro savdo 
bitimi bo‘lib, unga muvofiq kashfiyot egasi texnologiyaga bo‘lgan 
egalik huquqini xaridorga muayyan chegara va shartlarda foydalanish 
uchun beradi. 
“Nou-xau” — muayyan yutuqqa erishish imkonini beruvchi texnik 
tajriba va ishlab chiqarish sirlarini taqdim etish. Ular texnologik, 
iqtisodiy, maʼmuriy va moliyaviy xarakterga ega bo‘ladi. “Nou-xau”da 


337 
oldi-sotdi predmeti bo‘lib tijorat ahamiyatiga ega bo‘lgan patentlan-
magan ixtirolar xizmat qiladi. 
Injiniring — xarid qilingan yoki ijaraga olingan mashina va 
uskunalarni o‘rnatish hamda ishlatish uchun zarur bo‘lgan texnologik 
bilimlarni taqdim etish. Injiniring loyihalarning texnik-iqtisodiy asos-
nomasini tayyorlash, maslahatlar berish, nazorat qilish, loyihalash-
tirish, tajriba o‘tkazish, kafolat davri va kafolat davridan so‘ng servis 
xizmat ko‘rsatish kabi kompleks tadbirlarni qamrab oladi. Xalqaro 
texnologiyani uzatish uch bosqichda amalga oshiriladi: 
- texnologiyani tanlash va sotib olish; 
- sotib olingan texnologiyani o‘zlashtirish va unga moslashish; 
- fan-texnika chegarasida joylashgan texnologiyani takomillash-
tirish. 
Xalqaro texnologiyani uzatishning quyidagi kanallari mavjud: 
- tashqi savdo — texnologiyani mashina-uskunalar bilan birgalik-
da qo‘shib uzatish; 
- ichki firma kanali — yangi texnologiyani transmilliy korpora-
tsiyalarning filiallari va “qiz” korxonalariga yetkazib berish; - firma-
lararo kanal. Xalqaro texnologiyalar uzatishning asosiy shakllaridan 
biri litsenzion savdo bo‘lib, u litsenzion shartnoma asosida amalga 
oshiriladi. 
Litsenzion shartnomada litsenziya turi (patentli va patentsiz), 
texnologiyadan foydalanish huquqi, xarakteri va chegarasi (oddiy, 
istisnolik, to‘liq), ishlab chiqarish sohasi va territorial foydalanish 
chegarasi belgilanadi. 
Patentli litsenziya - patentdan foydalanish huquqini “nou-xau”siz 
taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjat. 
Patentsiz litsenziya — ixtironing patentsiz “nou-xau”dan fovdala-
nish huquqini tasdiqlovchi hujjat. 
Istisnosiz litsenziya - litsenziyalarga shu texnologiya ushbu 
hududda joylashgan boshqa litsenziatlarga ham taqdim etish huquqini 
qoldiruvchi litsenziya. 
Istisnoli litsenziya — litsenziatning texnologiyadan foydalanish 
monopol huquqini mavjudligini hamda litsenziarni ushbu hududda 
patentlangan texnologiyalar va “nou-xau”lardan mustaqil foydalanish 
va ularni sotishni rad etilganini nazarda tutuvchi litsenziya. 


338 
To‘liq litsenziya — shartnoma amal qilingan davrida litsenziar-
ning patent yoki “nou-xau”dan to‘liq foydalanish huquqini va listen-
ziarning ulardan mustaqil foydalanishdan voz kechishini belgilovchi 
litsenziya. 
Litsenzion to‘lov - litsenziat tomonidan shartnoma predmetidan 
foydalanganligi evaziga litsenziarlarga to‘lanadigan taqdirlov. Litsen-
zion taqdirlash hajmi texnologiya narhi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi 
va litsenziat foydasining bir qismini tashkil etadi. Texnologik jihatdan 
afzallik yuqori foyda olishni taʼminlaydi. Texnologiyani sotish 
jarayonida litsenziar yuqori foyda olish huquqini muayyan ulush 
evaziga sotgan bo‘ladi. Foydaning mazkur ulushi litsenzion mukofot 
bo‘lib, uning quyidagi turlari mavjud: 
Royalti - shartnomaning amal qilish muddati davrida xaridor 
daromadidan litsenziyadan foydalanishda oladigan foydasi hajmidan 
kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan ajratmalar. Ko‘pchilik 
hollarda royatli litsenziat tomonidan kelishilgan vaqt mobaynida (har 
yili, har kvartal, har oy) qat’iy belgilangan foiz stavkasi ko‘rinishida 
amalga oshiriladi. Royalti stavkalari asosan 3-5 % tashkil etadi. 
Xalqaro amaliyotda qabul qilingan usul bo‘yicha royalti stavkasini 
quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi;
t 7=1 
bu yerda:
- litsenziya narxi;
- bir yildagi mahsulotning ishlab chiqarilishi yoki sotilishining 
kutilayotgan hajmi;
Zi - i- yilda mahsulot birligining narxi;
T — litsenzion kelishuvning amal qilish muddati (yillarda);
Ri – i - yilda royalti stavkasi.
Royalti stavkasi yillar bo‘yicha o‘zgarib borishi hamda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot hajmi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lishi 
mumkin. Bunda har bir yilga alohida maxsus hisoblash dasturi ishlab 
chiqilishi mumkin va uning umumiy summasi listenziyaning umumiy 
narxini ko‘rsatadi. Agar royalti foydaning bir qismi sifatida hisoblansa, 
quyidagi formuladan foydalanish mumkin;
S ^ B G Щ i=]
bu yerda:
B, - litsenziar foydasi.


339 
Litsenziat tomonidan texnologiyalarni yaratish litsenzion shart-
nomalarda narxlarni belgilashga taʼsir etuvchi muhim omillardan 
biridir. Texnologiyalarni yaratish ehtimoli qanchalik yuqori bo‘lsa, 
litsenziar tomonidan olinadigan mablag‘ shunchalik kam bo‘ladi. 
Nazariy jihatdan litsenziat o‘zi texnologiya yaratish uchun zarur 
xarajatlar hajmiga teng bo‘lgan mablag‘da litsenziya uchun pul 
to‘lashi mumkin. Litsenziya to‘lovlari hajmiga texnologiyalarning 
hayotiylik muddati va uni uzatish davrida o‘z hayot siklining qaysi 
bosqichida ekanligi; litsenziatga belgilanuvchi cheklovlar xarakteri va 
soni; uzatilayotgan axborotning huquqiy himoyasi darajasi (uchinchi 
shaxsda patentlarning mavjudligi uzatilayotgan texnologiyaning 
qiymatini oshiradi) taʼsir ko‘rsatadi. Yuqorida qayd etilgan omillarni 
baholash qiyinchiligi noaniqlik va risk litsenzion muzokaralarni uzoq
muddatli va ko‘p xarajatli jarayonga aylantiradi. Pausha to‘lovi - 
shartnomada qayd etilgan bir marta to‘lanadigan to‘lov bo‘lib, 
litsenziyadan foydalanish vaqti bilan bog‘liq bo‘lmay, ekspert 
baholash asosida oldindan belgilanadi. 
Bu turdagi to‘lovlar asosan kompleks asbob-uskunalar yetkazilib 
berilganda va texnologiya qiymati asbob-uskunalar qiymatiga kiritil-
ganda, litsenziat texnologiyadan foydalanish ustidan nazoratdan holi 
bo‘lishini xohlagan paytda, muttasil amalga oshiriladigan to‘lovlarning 
xorijga o‘tkazilishi xavfi tug‘ilganda amalga oshiriladi.
Foydada qatnashish - litsenziya predmetidan foydalanish evaziga 
olingan litsenziat foydasining bir qismini litsenziarga ajratish. 
Ko‘pchilik hollarda litsenziarning litsenziat foydasida qatnashishi 30% 
ni (istisnoli litsenziya berilganda) va 10% ni (istisnosiz litsenziya 
berilganda) tashkil etadi.
Mulkda qatnashish - litsenziat tomonidan litsenziarga litsenzi-
yadan foydalanganlik uchun o‘z korxonalari aksiyalarining bir qismini 
berishi. Bu to‘lov turi TMKlar tomonidan ko‘p foydalaniladi. Chunki, 
ular o‘z texnologiyalarini ishlatuvchi xorijiy korxonalar mulki ustidan 
nazorat o‘rnatishni xohlaydilar.
Yuqoridagilardan tashqari xalqaro texnologiyani uzatishda muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan shartnoma shakli - bu franchayzingdir. 
U inglizchadan ustunlik deb tarjima qilinadi va kommersiya 
konsepsiyasi shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Franchay-
zingning quyidagi shakllari farqlanadi:


340 
Ishlab chiqarish franchayzingi - muayyan mahsulotni ishlab 
chiqarish texnologiyasiga ega bo‘lgan firmaning mijoz firmaga mazkur 
mahsulotni muayyan hududda tayyorlash va sotish huquqini beradi.
Tovar franchayzingi - firmaning boshqa firmaga muayyan 
hududda yetakchi firmaning savdo markasidan foydalanish huquqini 
beradi. Xalqaro texnologiyani uzatishning muhim shakllaridan biri 
xalqaro texnik hamkorlik yoki texnik yordamdir. 
Xalqaro texnik hamkorlik dasturlari rivojlanayotgan va o‘tish 
iqtisodiyoti mamlakatlariga bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish 
uchun beriladigan yordam hisoblanadi. Xalqaro texnik hamkorlik 
dasturlari xalqaro tashkilotlar tomonidan va ikki tomonlama shartno-
malar asosida amalga oshirilishi mumkin. Texnik hamkorlik texnik 
yordam olayotgan mamlakatning texnologik rivojlanish darajasini 
oshirishga yo‘naltiriladi. Texnik yordamni boshqa xalqaro yordam-
lardan ajrata bilish kerak. Chunki, boshqa turdagi iqtisodiy yordamlar 
rivojlangan mamlakatlar tomonidan Osiyo va Afrikaning kambag‘al 
mamlakatlariga oziq-ovqat, ichimlik suvi, yoqilg‘i va boshqalar bilan 
bog‘liq muammolarini hal etish uchun budjetdan moliyalashtiriluvchi 
mablag‘lar shaklida bo‘ladi.
Xalqaro texnik hamkorlik - mamlakatlarga qaytarib olish sharti 
bilan yoki beg‘araz asosda texnologik jarayonlar, mahsulot ishlab 
chiqarishni tashkil etish va boshqarish to‘g‘risida yordam ko‘rsatish. 
Bu turdagi hamkorlik ishlab chiqarishning har qanday sohasida 
amalga oshirilishi mumkin. Iqtisodiyot sohasida texnik hamkorlik 
asosan iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish, statistika, pul 
va budjet siyosati, hududlarni rivojlantirish, loyihalarni texnik-
iqtisodiy asoslash kabi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Texnik 
yordamning quyidagi tashkiliy turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Texnologik grantlar - rivojlangan mamlakatlar tomonidan texnolo-
giyalar, texnologik sig‘imkorligi yuqori tovarlar yoki moliyaviy 
mablag‘larni ilgor texnologiyalarni sotib olish, personallarni o‘qitish 
va qayta tayyorlash uchun begaraz uzatishdir. Grantlar donorlar 
tomonidan texnik yordam loyihalari doirasida texnologiyalar va asbob-
uskunalarni yetkazib berish, mutaxassislarni jo‘natish va kadrlarni 
qayta o‘qitishni ko‘zda tutadi.
Texnik yordamni moliyalashtirish — texnik yordam olayotgan 
tomonning shartnomaga muvofiq tashkiliy vazifalarni bajarishi bilan 


341 
birgalikda mazkur loyihani moliyalashtirishda ham ishtirok etishini 
nazarda tutadi. Odatda, texnik yordam olayotgan tomonning loyihani 
moliyalashtirishdagi ulushi kam bo‘lsa-da, texnik hamkorlikning bu 
turidan foydalanish hukumatning texnik yordamdan mamlakatda 
samarali foydalanishdan manfaatdor ekanligidan dalolat beradi. 
Texnik 
yordam 
mexanizmlari. 
Loyihada 
qatnashayotgan 
mamlakatlar soniga qarab ikki va ko‘p tomonlama texnik yordam 
turlari bir-biridan farqlanadi.
Ikki tomonlama texnik hamkorlik - donor mamlakat bilan texnik 
yordam olayotgan mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha 
amalga oshiriladi.
Ko‘p tomonlama texnik hamkorlik - texnik yordam oluvchi 
mamlakatga bir necha mamlakatlar tomonidan qo‘shma loyihalar 
shaklida texnik yordam ko‘rsatish.
BMTning Taraqqiyot dasturi (HP) rivojlanayotgan mamlakatlarga 
texnik yordam ko‘rsatishni boshlagan birinchi xalqaro tashkilot 
hisoblanadi. Shuningdek, XVF, Jahon banki va boshqa xalqaro tash-
kilotlar ham muntazam texnik yordam dasturlarini amalga oshiradilar. 

Yüklə 350,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin