347
tomonning patent berishga qarshilik bildirishi, norozilik xatini berish,
uni tekshirish va oxirgi qarorni chiqarish.
YePT Yevropa Ittifoqi va
boshqa xalqaro tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. YePT
rivojlanayotgan mamlakatlarda patent tizimini shakllantirish va
takomillashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatadi. Jahon intellek-
tual mulk tashkiloti (World Intellectual Property Organization (WIPO)
1970 yilda tashkil etilgan. WIPO BMTning ixtisoslashgan tashkilotlari
tizimiga kiradi. Shtab kvartirasi Jenevada (Shveysariya) joylashgan.
Intellektual mulk quyidagi ikki sohani qamrab oladi:
- sanoat mulki — asosan ixtirolar, tovar belgilari, sanoat namuna-
lari va modellariga taalluqli;
- mualliflik huquqi - asosan adabiy, badiiy, musiqiy, fotografiya,
kinematografiya va audiovizual asarlarga tegishli.
WTPO turli sohalarda tashkil etilgan ittifoqlar va shartnomalarni
boshqarish bilan shug‘ullanadi. Sanoat mulkini muhofaza etish
sohasida: Sanoat mulkini muhofaza etish bo‘yicha Parij Konvensiyasi,
1883; Madrid kelishuvi (tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi
manbalar to‘g‘risidagi maʼlumotlarning yolg‘onligiga
qarshi kurash
haqida), 1883; Madrid ittifoqi (tovar belgilarini xalqaro ro‘yxatdan
o‘tkazish), 1891; Gaaga Ittifoqi (sanoat namunalari yoki modellarini
xalqaro jamg‘arish), 1925; Nissa ittifoqi (tovar belgilarini ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifi), 1957;
Lissabon Ittifoqi (tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi maʼlumot-
larni himoya qilish va ularni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish), 1958;
Lokarn Ittifoqi (sanoat namunalari yoki modellarini xalqaro tasnifi),
1968; Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma (ixtirolar bo‘yicha
ariza berish va ekspertizadan o‘tkazish), 1970; Xalqaro patent tasnifi
Ittifoqi, 1971; Vena ittifoqi (tovar belgilarini xalqaro ro‘yxatdan
o‘tkazish), 1973: Budapesht Ittifoqi (mikroorganizmlarni patentlash
uchun xalqaro tan olish jarayoni), 1977; Nayrobi shartnomasi
(olimpiya simvollarini himoyalash to‘g‘risida), 1981; Mualliflik
huquqi va u bilan bog‘liq sohalarda: Bern ittifoqi (adabiy va badiiy
asarlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi), 1886; Rim
Konvensiyasi (artistlar, fonogramma ishlab
chiqaruvchilar va radio
eshittirishlarini olib boruvchi tashkilotlar huquqlarini himoyalash
to‘g‘risida), 1961; Jeneva Konvensiyasi (fonogrammalar ishlab
chiqaruvchilar manfaatlarini himoyalash to‘g‘risida), 1971; Bryussel
348
Konvensiyasi (sunʼiy yo‘ldoshlar orqali uzatiladigan dasturlarni
tarqatish to‘g‘risida), 1974; Boshqa sohalarda: Filmlarni ro‘yxatdan
o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma (audiovizual asarlarni xalqaro
ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida), 1989.
WIPO ning maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
- davlatlararo va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik
vositasida dunyoda intellektual mulk huquqini muhofaza etish;
- ittifoqlar o‘rtasida intellektual mulk sohasida maʼmuriy
hamkorlikni
kengaytirish;
- intellektual mulk sohasida milliy qonunchilikni takomillashtirish
borasida yangi xalqaro shartnomalar tuzish;
- rivojlanayotgan mamlakatlarga texnik yordam ko‘rsatish;
- axborotlar yig‘ish, tarqatish va boshqalar.
WTPOga Parij yoki Bern ittifoqlariga, BMT yoki MAGATEning
ixtisoslashgan muassasalardan biriga aʼzo bo‘lgan har qanday davlat
aʼzo bo‘lishi mumkin.
Yangi texnologiyalarni yaratishdan maqsad mazkur texnologiya
asosida yaratilgan mahsulot bilan jahon bozoriga kirib borish va raqo-
batchilarni sindirish hisoblanadi. Xalqaro texnologiyalarni uzatishda
boshqa ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati yo‘lidagi singari
to‘siqlar mavjud. Jahon bozoridagi raqobat kurashida texnologiya
muhim ahamiyatga egaligi tufayli xar bir mamlakat yangi texnolo-
giyani mamlakatdan tashqariga chiqarishni
taqiqlashi yoki chegara-
lashi mumkin. Ko‘pchilik mamlakatlar esa xorijiy raqobatni cheklash
va ish o‘rinlarini saqlab qolish maqsadida texnologiyalar importini
cheklaydi. Shuningdek, milliy texnik standartlar ham xorijiy texnolo-
giya bilan mos kelmasligi mumkin. Xalqaro texnologiyalarni uzatishni
davlat tomonidan tartibga solish yoki nazorat qilishning quyidagi
sabablari mavjud: Texnologik ustunlikni saqlab qolishga intilish.
Ilg‘or texnologiyani mamlakatdan olib chiqib ketishni davlat
tomonidan cheklash siyosati texnologik ustunlik
nazariyasiga asosla-
nadi. U yoki bu sohada texnologik ustunlikka ega mamlakat boshqa
mamlakatlar oldida texnologik sig‘imkorligi yuqori mahsulotlar ishlab
chiqarish bo‘yicha ustunlikka ega bo‘ladi. Ammo texnologik ustunlik
doimiy iqtisodiy ustunlikni taʼminlab bera olmaydi. Texnologik
ustunlik kutilgan daromadni taʼminlab berar ekan ishchi kuchi,
patentlar va litsenziyalarni saqlab turish, kashfiyotlarni xorijda patent-
349
lash uchun katta xarajatlarni talab etadi. Texnologik ustunlikka
intilmayotgan mamlakatlar esa tayyor texnologiyani yoki yangi
texnologiya yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotni qalbakilashtirishi
mumkin. Milliy havfsizlikni taʼminlash.
Xalqaro texnologiyalarni
uzatishni davlat tomonidan nazorat qilishdan ko‘zlangan yana bir
maqsad qurol-yarog‘ ishlab chiqarish bilan bog‘liq va «ikki
tomonlama» mo‘ljallangan yuqori texnologiyalarning bir-biriga nisba-
tan dushmanlik siyosatini olib borayotgan mamlakatlarga yetib
borishining oldini olish hisoblanadi. Misol sifatida, NATO doirasida
XX asr 80-yillarining oxiriga qadar amalda bo‘lgan texnologiyalarni
sobiq sotsialistik mamlakatlarga eksport qilishni nazorat qiluvchi
Koordinatsion qo‘mitasi (KOKOM) faoliyatini keltirish mumkin.
Xalqaro shartnomalarda belgilangan shartlarga rioya etish. Ko‘p
tomonlama kelishuvlarda ishtirok
etayotgan mamlakatlar kimyoviy,
biologik, bakteriologik qurollarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan
texnologiyalar savdosi bo‘yicha davlat nazorat tizimini joriy etishadi.
Bu turdagi qurollarni ishlab chiqarish umuman ta’qiqlangan yoki bu
faoliyat xalqaro miqyosda qattiq nazorat qilinadi. Xalqaro kelishuv-
larga muvofiq tinchlik yo‘liga xizmat qiluvchi materiallar, asbob-
uskunalar yaratish uchun qo‘llanuvchi, ammo ommaviy qirg‘in
qurollarini ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan
texnologiyalar va ilmiy-texnik axborotlarni chetga chiqarish davlat
tomonidan nazorat qilinadi.
Dostları ilə paylaş: