351
Tovar belgisi — muayyan tashkilot belgisi bo‘lib,
undan tovar
ishlab chiqaruvchini individuallashtirish uchun foydalaniladi.
Patent shartnomasi - xalqaro savdo bitimi bo‘lib, unga muvofiq
patent egasi ixtirodan foydalanish huquqini xaridorga beradi.
Litsenziya shartnomasi - xalqaro savdo bitimi bo‘lib, unga
muvofiq kashfiyot egasi texnologiyaga bo‘lgan egalik huquqini
xaridorga muayyan chegara va shartlarda foydalanish uchun beradi.
“Nou-xau” - muayyan huquqqa erishish imkonini beruvchi texnik
tajriba va ishlab chiqarish sirlarini taqdim etish.
Injiniring — xarid qilingan yoki ijaraga olingan mashina va
uskunalarni montaj qilish hamda ishlatish uchun zarur bo‘lgan
texnologik bilimlarni taqdim etish.
Patentli litsenziya - patentdan foydalanish huquqining “nou-
xau”siz taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Patentsiz
litsenziya
-
ixtironing
patentsiz
“nou-xau”dan
foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Istisnosiz litsenziya — litsenziyalarga
shu texnologiya ushbu
hududda joylashgan boshqa litsenziatlarga ham taqdim etish huquqini
qoldiruvchi litsenziya.
Istisnoli litsenziya — litsenziatning texnologiyadan foydalanish
monopol huquqi mavjudligini va listenziarning ushbu hududda
patentlangan texnologiyalar hamda “nou-xau”lardan
mustaqil
foydalanish va ularni sotishni rad etganini nazarda tutuvchi litsenziya.
To‘liq litsenziya - shartnoma amal qilishi davrida litsenziarning
patent yoki “nou-xau”dan to‘liq foydalanish huquqini va litsenziarning
ulardan mustaqil foydalanishdan voz kechishini belgilovchi litsenziya.
Litsenzion to‘lov — litsenziat tomonidan shartnoma predmetidan
foydalanganligi evaziga litsenziarlarga to‘lanadigan to‘lov.
Royalti - shartnomaning amal qilish muddati davrida xaridor
daromadidan litsenziyadan foydalanishda
oladigan foydasi hajmidan
kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan ajratmalar.
Pausha to‘lovi - shartnomada qayd etilgan bir marta to‘lanadigan
to‘lov bo‘lib, litsenziyadan foydalanish vaqti bilan bog‘liq bo‘lmay,
ekspert baholash asosida oldindan belgilanadi.
Foydada qatnashish — litsenziya predmetidan foydalanish evaziga
olingan litsenziat foydasining bir qismini litsenziarga ajratish.
352
Mulkda qatnashish — litsenziat tomonidan litsenziarga litsenzi-
yadan foydalanganlik uchun o‘z korxonalari aksiyalarining bir qismini
berishi.
Ishlab chiqarish franchayzingi — muayyan mahsulotni tayyorlash
texnologiyasiga ega bo‘lgan firmaning mijoz firmaga mazkur mahsu-
lotni muayyan hududda tayyorlash va sotish huquqini beradi.
Tovar franchayzingi - firmaning boshqa firmaga muayyan hudud-
da yetakchi firmaning savdo markasidan foydalanish huquqini beradi.
Xalqaro texnik hamkorlik — mamlakatlarga qaytarib olish sharti
bilan yoki beg‘araz
asosda texnologik jarayonlar, mahsulot ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqarish to‘g‘risida yordam ko‘rsa-
tishdir.
Texnologik grantlar - rivojlangan mamlakatlar tomonidan texnolo-
giyalar, texnologik sig‘imkorligi yuqori tovarlar yoki moliyaviy
mablag‘larni ilg‘or texnologiyalarni sotib olish, personallarni o‘qitish
va qayta tayyorlash uchun beg‘araz uzatish.
Texnik yordamni moliyalashtirish —
texnik yordam olayotgan
tomonning shartnomaga muvofiq tashkiliy vazifalarni bajarishi bilan
birgalikda mazkur loyihani moliyalashtirishda ham ishtirok etishini
nazarda tutadi.
Texnik yordam mexanizmlari. Loyihada qatnashayotgan mamla-
katlar soniga qarab ikki va ko‘p tomonlama texnik yordam turlari bir-
biridan farqlanadi.
Ikki tomonlama texnik hamkorlik -
donor mamlakat bilan texnik
yordam olayotgan mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha
amalga oshiriladi,
Ko‘p tomonlama texnik hamkorlik — texnik yordam oluvchi
mamlakatga bir necha mamlakatlar tomonidan qo‘shma loyihalar
shaklida texnik yordam ko‘rsatish.
Dostları ilə paylaş: