Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining psixologik tavsifi


Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining xususiyatlar



Yüklə 24,35 Kb.
səhifə5/6
tarix10.05.2023
ölçüsü24,35 Kb.
#110924
1   2   3   4   5   6
qochkarova.kurs ishi

2.2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar mehnat faoliyatining xususiyatlar
Bolalarning mehnat faoliyatlarini o‘zida qampagan mashg‘ulotlar asosan bog‘cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda sodda va elementar bo‘lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir.Bog‘cha yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan sifatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kattalarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalarning o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o‘zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun xapakat qila boshladilar. Masalan.: qiz bolalar onalari kir yuvayotganda ayrim kichikroq narsalarni (dastrumolchalarni) chayishda qatnashadilar. Uy va xovlilarni yig‘ishtirib supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarni mehnatining natijasiga qarab emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterlidir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mexnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajaradigan ishlarini kattalarning o‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari mumkin degan ma’no kelib chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo‘lib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.
Bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki anqovliklaridan - emas balki eplay olmasliklaridan biron narsani tushirib sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday "falokat" yuz bergan paytda bolani "anqov, ko‘zingga qapacang bo‘lmaydimi" deb urishish yoki koyish yaramaydi. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko‘rsatib berish lozim.Bog‘cha yoshidagi bolalarni mehnatsevarlik ruxida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi hap bir bolaga ma’lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar jips jamoa bo‘lib mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadilar.Masalan, katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalarni qo‘yib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni qo‘yib chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlarni qo‘yib chiqishi mumkin. Bog‘chada navbatchilikka o‘rgangan bolalar oilada ham yordamlashadigan bo‘ladilar.
Umuman, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalariga oilada kuchlari yetadigan mehnat topshiriqlarini berish kerak. Bu ularni mehnatsevarlikka tarbiyalashda va ularda ayrim mehnat malakalari hosil bo‘lishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etmagan bolani keyinchalik mehnatga jalb qilish juda qiyin bo‘ladi. Bog‘chada bolalar jalb qilinadigan mehnat faoliyatining turi juda xilma-xildir. Masalan, tabiat burchagidagi jonivor yoki o‘simliklarni parvarish qilish, bog‘cha hovlisida ishlash, oshxonada va guruhda navbatchilik qilish, kichkintoylarni kiyintirishga yordam berish va boshqalar. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, kichik yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining mehnat faoliyatlarini hali yo‘lga qo‘ya olmaydilar. Shuning uchun ular mehnatning juda sodda turlari bilan, ya’ni o‘simliklarga suv qo‘yish, baliqlarga ovqat berish, hovliga suv sepish va shu kabilar bilan shug‘ullanadilar.
O‘rta va katta guruh bolalari mehnat faoliyatini o‘yindan batamom farqlab unga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar. Ular mehnatdan kelib chiqadigan natijani, ya’ni mehnatning ijtimoiy mohiyatini, kim uchun, nima uchun mehnat qilish lozimligini tushunadilar. Ular kattalarning oiladagi uy-ro‘zgor ishlariga zo‘r ishtiyoq bilan yondashadilar, kichkintoylar uchun qog‘ozdan, kartondan, faner va plastilindan turli o‘yinchoqlar yasaydilar. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mehnat faoliyati bolalarning har tomonlama ya’ni ham jismoniy, ham psixik, ham estetik, ham axloqiy tomondan barkamol rivojlanishlariga juda katta ta’sir qiladi.Bog‘cha bolalari biron o‘yin, ta’lim yoki mehnat faoliyatlari bilan mashg‘ul bo‘lar ekanlar, ular harakatlarining asosida ma’lum motivlar, ya’ni ularni harakatga soluvchi mayllar yotadi. Kichik bog‘cha yoshidagi bolalarning xattiharakatlari ko‘proq shu xatti-harakatlar amalga oshirilayotgan sharoitga bog‘liq bo‘ladi. Ular xatti-harakat motivlarini anglab ham yetmaydilar. Shuning uchun ko‘pincha o‘zlariga mutlaqo hisobot bermay ma’lum bir vaziyatda u yoki bu xatti-harakatni amalga oshira boshlaydilar. Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga ham bog‘liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo‘ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi.bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni sekin-asta buyumlar olamiga olib kiradilar. Mana shu yo‘l bilan bola buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatning o‘ziga xos tomonlarini egallab boradi. Bu vaqtda munosabatning o‘zi narsa va buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatga aylanib qoladi.Bolaning narsa va buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatini tashkil etish bolaga dastlabki yoshidan boshlab oilada va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiya va ta’lim berishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunday faoliyatlarda bolalar tarbiyachi rahbarligida narsa va buyumlarning xususiyatlari to‘g‘risidagi dastlabki bilimlarni, ular bilan bo‘ladigan harakatlar, tahlil, sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash kabi eng oddiy jarayonlarni egallab oladilar.2,5 yoshdan keyin buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatda bolalar ancha yuqori ko‘rsatkichlarga erishadilar va ularning o‘yin hamda tasviriy faoliyatga o‘tishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida, faoliyatlarda o‘z-o‘zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi. Bola jamoada o‘zini shaxs sifatida anglay boshlaydi. Bola taraqqiyotining mana shu bosqichida ular kattalarning ko‘rsatmasisiz, mustaqil harakat qilishini xohlaydilar. Bolada xulq-atvor sababining paydo bo‘lishi va uni o‘z xohishiga bo‘ysundira olishi unda ongning shakllanganligidan dalolat beradi. Agar boladagi faollik va mustaqillik kattalar ta’sirida uyg‘otilgan bo‘lsa, u holda 4-6 yoshli bolalar ancha mustaqil bo‘lib qoladilar va har xil faoliyatlarga tezda kirishib keta oladilar. Bunda bolalar ongliligining roli ortadi, u ba’zan hatto ijodiy xususiyat kasb etadi.
Xulosa
Bolaning maktabga tayyorgarligining psixologik xususiyatlari kattta ahamiyat kasb etadi.Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti bolalarga yangi bir dunyoni ochib beradi. Maktab davrida bolalarning asosiy faoliyatlari o‘zgaradi. Endi bolalarning asosiy faoliyatlari, vazifasi va ijtimoiy burchi o‘qish bo‘lib qoladi.6-7 yoshli bolalar uchun yangi faoliyat bo‘lgan o‘qish ulardan yangi sifat, xususiyatlarga ega bo‘lishlarini talab etadi. O‘qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o‘tkir zehn, mustaqillik, ishchanlik va batartiblik xislatlari bo‘lishi kerak. Bog‘chadan maktabga o‘tishlari natijasida kattalar bilan bo‘lgan munosabatlarida ham birmuncha o‘zgarish yuz beradi. Bolalarning maktabga o‘tishlari, ularning yaslidan bog‘chaga o‘tishlariga qaraganda murakkab bosqichdirBog‘cha yoshidagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mexnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajaradigan ishlarini kattalarning o‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari mumkin degan ma’no kelib chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo‘lib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.Bolaning 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan maktabgacha yoshi bolalik davrining katta bir qismini tashkil etadi. Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari (shaxsiy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Rus pedagoglaridan P.F.Lesgaftning fikricha, insonning maktabgacha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo‘lishi belgilanadi va axloqiy sifatlarining asoslari yuzaga keladi. Insonning kamol topa borishida maktabgacha yoshdagi davrning ahamiyatiga doir P.F.Lesgaftning bu fikri rus pedagogi A.S.Makarenkoning quyidagi fikriga to‘la mos keladi. A.S.Makarenko bolalarni juda kichik davridan boshlab tarbiyalash zarurligi haqida gapirib, tarbiyaning eng muhim asoslari bolaning besh yoshgacha bo‘lgan davri mobaynida yuzaga keltiriladi.boyitish ishlari ular nutqini o‘stirish asosida olib borilishi kerak.
Shu narsa diqqatga sazovorki, hamma bog‘chalardagi maktab yoshiga to‘lgan bolalar maktabdagi o‘qishga bab-baravar tayyor bo‘lavermaydilar. Ayrim bolalar maktabga kelgach, yangi sharoitga tez kirishib keta olmaydilar. Ularda o‘qish uchun qandaydir bir xususiyat yetishmayotgandek ko‘pinadi. Bu o‘pinda shunday bir savol tug‘iladi. Bolalarni qay paytda psixologik jihatdan maktabdagi o‘qishga tayyor deb hisoblash mumkin. Ayrim psixologlarning fikricha, bola maktabda o‘qishi uchun atrofdagi narsa va hodisalarga doir anchagina tasavvurlarga ega bo‘lishi hamda ma’lum darajada aqliy jihatdan o‘cran bo‘lishi lozim. Biroq u hayotda shynday voqealar uchraydiki, anchagina tasavvur boyligiga ega bo‘lgan va hattoki yozish hamda o‘qishni biladigan bolalar ham maktabdagi o‘qishga tayyor bo‘lmaydilar. Ular maktab va o‘qituvchining talablarini bajara olmaydilar. ) qoidali o‘yinlar (1soatdan -2kungacha davom etishi mumkin).
Bog‘cha Yoshidagi bolalarning o‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda ko‘p olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bog‘cha Yoshidagi bolalar o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.Bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan bevosita amaliy munosobatda bo‘lishga intiladi. Bu o‘rinda shu narsa harakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo'ladi

Yüklə 24,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin