Persanalnining mexnatga qiziqishini oshirish



Yüklə 33,76 Kb.
səhifə1/6
tarix08.06.2022
ölçüsü33,76 Kb.
#60938
  1   2   3   4   5   6
PERSANALNINING MEXNATGA QIZIQISHINI OSHIRISH


PERSANALNINING MEXNATGA QIZIQISHINI OSHIRISH


Reja:



  1. Personalning mehnatga qiziqishini oshirish

  2. Personalni moddiy rag’batlantirish

  3. Personal mehnatiga haq to’lash

Personalning mehnatga qiziqishini oshirish

Korxona maqsadiga erishish - ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikni ta’minlash personal o’z xizmat vazifasini sidqidildan, tashabbuskorlik ko’rsatib bajarishiga bog’liq. Buning uchun xodimlar o’z ishlariga chinakamiga qiziqishlari kerak.


Qiziqish (motiv) - bu insonni muayyan faoliyatga undovchi ichki va tashqi harakatlantiruvchi kuchlardir. Qiziqish insonga uning ehtiyojlarini qondirish uchun nima qilish va buni qanday qilish kerakligini belgilaydi.
Qiziqish jarayonini to’rt bosqichga bo’lish mumkin:

  1. Ehtiyojning paydo bo’lishi.

  2. Ehtiyojni qondirish yo’llarini izlash.

  3. Ehtiyojni qondirish uchun faoliyatga kirishish.

  4. Ehtiyojning qondirilishi, moddiy yoki ma’naviy rag’batlantirishga ega bo’lish.

Ehtiyoj - insonning hayot kechirishi, shaxs va ijtimoiy guruhni rivojlantirish uchun ob’ektiv zarur narsalar. Biologik va ijtimoiy ehtiyoj bir-biridan farq qiladi.
Biologik ehtiyoj - suv, havo, oziq-ovqatga, hayot kechirish uchun zarur boshqa narsalar - uy-joy, kiyim-kechak, ro’zg’or buyumlari, shuningdek, avlodni davom ettirishga ehtiyoj.
Ijtimoiy ehtiyoj - millat, ijtimoiy guruhga mansublikka, o’z shaxsini, erishgan muvaffaqiyatlarini rivojlantirish, o’z qobiliyatini namoyon etish, boshqalartomonidan o’sish qobiliyatlari e’tirof etilishiga ehtiyojdir.
Personal ehtiyojlarini qondirish hisobiga mehnatga qiziqtirishda inson, shaxs eng asosiy masaladir. Zamonaviy menejmentda inson - boshqaruvning bosh sub’ektidir. Ushbu yondashuvga muvofiq inson korxona uchun emas, balki korxona inson uchun zarurdir. Personalni boshqarish strategiyasi, tuzilmasi va jarayoni xuddi ana shu xodimlar shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishga asoslanadi. Inson ko’pgina fanlar (falsafa, sotsiologiya, psixologiya, tibbiyot, pedagogika, tarix va boshqalar) tadqiqining ob’ekti hisoblanadi. Personalni boshqarish nazariyasida inson birtomondan, ijtimoiy guruhning eng muhim yadrosi, ikkinchi tomondan esa boshqaruv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi sifatidagi tadqiq ob’ektidir .

Yüklə 33,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin