Persanalnining mexnatga qiziqishini oshirish



Yüklə 33,76 Kb.
səhifə4/6
tarix08.06.2022
ölçüsü33,76 Kb.
#60938
1   2   3   4   5   6
PERSANALNINING MEXNATGA QIZIQISHINI OSHIRISH

Sheriklik ehtiyoji hamkasblar, jamoa a’zolari bilan do’stona munosabatlar o’rnatishda, boshqalarga yordam ko’rsatishni yoqtirishda namoyon bo’ladi. Bu toifa kishilar doimiy muloqotda bo’lish imkoniyatini beradigan ishlarni xush ko’radilar. Rahbarlar bunday shaxslarga ko’proq e’tibor qaratishlari, jamoada do’stona munosabat o’rnatish, o’zaro fikr almashib turish uchun ularni tez-tez birga yig’ib turishlari lozim.
F. Gertsberg nazariyasi. U firmalardan birining 200 nafar xodimi o’rtasida so’rovnoma o’tkazib, ushbu tadqiqotlari natijasida o’z qiziqtirish nazariyasini yaratgan. Bu nazariya F. Gertsbergning ikki omil nazariyasi ham deb ataladi.
F. Gertsbergning ishdan qanoat hosil qilishning ikki omillik nazariyasi jadvalda keltirilgan. Ushbu nazariya qiziqtirishning barcha omillarini ikki guruhga ajratishni ko’zda tutadi.

Mazkur nazariyaga ko’ra mehnat sharoiti omillari inson mehnat qiladigan muhit, qiziqtiruvchi omillar esa mehnat xususiyatlari va mohiyati bilan bog’liqdir. F.Gertsberg fikricha, mehnat sharoiti omillarining mavjudligi xodimlarni ishga qiziqtirmaydi. Bu omillar faqat ishdan qoniqmaslik hissini uyg’otmaslikka xizmat qiladi. Faoliyat samaradorligini oshirishga qiziqtirish uchun qiziqtiruvchi omillar mavjud bo’lishi kerak.
Ushbu nazariyadan samarali foydalanish uchun mehnat sharoiti va qiziqtiruvchi omillar ro’yxatini tuzish hamda xodimlarning o’zlariga ular nimani xoxlashlarini tanlab olish imkonini berish kerak.
Shu bilan bir qatorda, F. Gertsberg nazariyasi kamchiliklardan xoli emasligini ham ko’rsatish lozim.
Insonlarning ehtiyojlari turlicha bo’lishi sababli muayyan bir omil bir xodimda ishdan qanoatlantirish, boshqasida esa qoniqmaslik hissini uyg’otishi mumkin. SHu sababli omillarni ikki guruhga bo’lishni shartli deb qabul qilish darkor.
Mohiyat bo’yicha qiziqtirish nazariyalarida ehtiyojlar guruhlari va ular darajalari keltirilgan. Bu nazariyalarga muvofiqehtiyojlar guruhlari taqqoslama nisbati bilan rasm orqali tanishish mumkin.
Mohiyat bo’yicha qiziqtirish nazariyalari insonlar faoliyatini belgilovchi ehtiyojlar va ular bilan bog’liq omillarga asoslangan.

Yüklə 33,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin