Persanalnining mexnatga qiziqishini oshirish


Mohiyat bo’yicha qiziqtirish nazariyalariga



Yüklə 33,76 Kb.
səhifə3/6
tarix08.06.2022
ölçüsü33,76 Kb.
#60938
1   2   3   4   5   6
PERSANALNINING MEXNATGA QIZIQISHINI OSHIRISH

Mohiyat bo’yicha qiziqtirish nazariyalariga quyidagilarni keltirish mumkin.
S. Bernard nazariyasi. Ushbu nazariyaga muvofiq:

  1. Korxona mehnat jamoasi a’zolari bo’lgan shaxslar o’zaro bir-birlariga bog’liqholda faoliyat ko’rsatadigan tizimni tashkil etadi.

  2. Korxona o’z mehnat jamoasi a’zolariga rag’batlantirish orqali ta’sir ko’rsatadi, ana shu rag’batlantirish hisobiga xodimlar korxona maqsadlariga erishish uchun o’zlaridan talab qilinadigan mehnat ulushini qo’shadilar.

  3. Xodimlarni rag’batlantirish ularning korxonaga qo’shayotgan hissalariga mos kelsa yoki bu hissadan ortiq bo’lsagina ularning mehnat samaradorligi yuqori bo’ladi.

A. Maslou nazariyasi qiziqtirishning eng mashhur nazariyasi hisoblanadi. Bu nazariyaga binoan insonlar hamisha qandaydir narsaga ehtiyoj sezadilar. Ehtiyojlar birlamchi va ikkilamchi, besh darajali bo’ladi (9.4- rasm). Bu ehtiyoj darajalari ustuvorligi bo’yicha bosqichma-bosqich joylashadi.

Ehtiyojlar qondirilmagan bo’lsa insonni faoliyatga undaydi. Qondirilgan ehtiyojlar insonlarda qiziqishni so’ndiradi. Birorta ehtiyoj qondirilgan bo’lsa, uning o’rnini boshqa ehtiyoj egallaydi. Odatda inson birdaniga bir necha narsaga ehtiyoj sezadi. Piramidaning pastki qismidagi ehtiyoj birinchi navbatda qondirilishi talab etiladi. Quyi darajadagi ehtiyojlar qondirilgandan so’ng yuqori darajadagi ehtiyojlar insonga kuchliroq ta’sir ko’rsata boshlaydi. YUqori darajadagi ehtiyojlarni quyi darajadagi ehtiyojlarga qaraganda ko’proq vositalar orqali qondirish mumkin.


D. Mak-Klelland nazariyasi insonning uch ehtiyojiga asoslangan:
Maqsadga erishish ehtiyoji. Bu insonning o’z oldida turgan maqsadga avvaldagiga qaraganda samaraliroq erishishga intilishini anglatadi.
SHeriklik ehtiyoji insonning atrofdagilar bilan do’stona munosabatda bo’lishga intilishida namoyon bo’ladi.
Hokimiyatga ehtiyoj insonlarning jamoaga rahbarlik qilish, resurslarni taqsimlash va hukmronlik qilishning boshqa vosita-lariga intilishlarida seziladi.
Yuqoridagi nazariyaning asosiy mohiyati quyidagichadir:
D. Mak-Klellandning ehtiyojlar nazariyasida ko’rsatilgan hokimiyatga ehtiyoj boshqa insonlarga ta’sir ko’rsatish xohishi sifatida namoyon bo’ladi. Shu ma’noda boshqaruv hokimiyatidan foydalanish, bunday ehtiyoj sezayotgan insonlarning o’z maqsadlarini amalga oshirish imkoniyatlari bilan jalb etadi. Bu toifa insonlar shijoatli, irodali, qat’iyatli shaxslar bo’lib, ular o’z nuqtai nazarlarini qattiq turib himoya qiladilar, o’zgacha fikrlarga qarshilik ko’rsatadilar. Ular ko’p hollarda yaxshi notiq bo’lib, boshqalarni o’ziga jalb eta oladilar.
Maqsadga erishish ehtiyoji esa ko’zlangan, rejalangan narsaga erishish jarayoni orqali qondiriladi. Ya’ni bunga ehtiyoj sezuvchilar faqat muayyan lavozimni egallash (bu ko’p hollarda ro’y bersa ham) bilan qanoatlanib qola olmaydilar. Ana shunday shaxslar tavakkalchilikni ehtiyotkorlik bilan qiladilar. Ular muammoni hal qilish mas’uliyatini o’z zimmasiga olishdan cho’chimaydilar. Ayni vaqtda bu insonlar erishgan natijalari uchun aniqrag’batlantirishni xoxlaydilar. Ular ishda tashabbuskorlar. Bu shaxslar erishilgan natijalariga qarab muntazam takdirlanib turilishlari kerak.

Yüklə 33,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin