Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   98
Mohira2702..

1-topshiriq: Egalarni aniqlang va ularning tagiga chizing 
1.Ilm hayo bilan kibr orasida yo’q bo’lib ketadi. 2.Kamtar kerilmaydi, mol-
dunyoga berilmaydi. 3.Maqtanchoq – quruq po’choq. 4.Yolg’oncilik, ezmalik, 
takabburlik, chaqimchilik izzat-obro’ni barbod qiladi. 5.Buzuq devorlardan 
tashvish bor, lekin siniq ko’ngillardan ko’proqdir tashvish. 6.Kishilarga ulardan 
oldin salom berishga shoshil, bu ulug’ kishilarning fazilatlaridan, kamtarlik 
nishonalaridan biridir. 
2-topshiriq: Matn tarkibidagi egalarni aniqlang va ularning tagiga chizing. 
Xushomadni yoqtirishga uringan hukmdor o’ziga nisbatan nafrat uyg’otib 
qo’yishi mumkin. Buning sababi shunday izohlanadi:tabiblar deydilarki, sil 
kasalligini boshlang’ich davrida aniqlash qiyin, ammo davolash oson. Agar 
xastalik o’tkazib yuborilgan bo’lsa, aksincha , uni aniqlash oson-u, davolash 
mushkul. Davlat ishlarida ham shunday :endigina paydo bo’layotgan illat o’z 
vaqtida aniqlansa, uni yo’qotish qiyin emas. Bunga faqat dono hukumdorlargina 
qodirdirlar. Agar illat har kimga yaqqol ko’rinadigan darajada avj olgan bo’lsa, 
hech qanday dori-darmon kor qilmaydi.


104 
Ega va kesimning shaxs-sonda mosligi. Ega kesim bilan grammatik va mazmun 
tomondan bog’langanligi uchun doimo kesimning shakliga mos shaklda turadi. 
Eganing kesim shakliga mos (shaxs-son) shaklda kelishiga moslashish deyiladi. 
Shaxsda moslik. Ega va kesim bir-biri bilan shaxsda har doim mos bo’ladi. 
M:Vatanni mardlar(III shaxs) qo’riqlaydi (III shaxs).
Eslatma: Nutqimizda “Hayron qolasan kishi” tarzidagi gaplar ham uchraydi.Bu 
gapda ega va kesim shaxsda moslashmagan. Ega III shaxsda, kesim II shaxsda.
Sonda moslik:
1. Fe’l kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos bo’ladi. M: Men(I 
shaxs birlik) kutubxonadan kitoblarni olib keldim (I shaxs birlik).
2. Fe’l kesim III shaxsda ega bilan hamma vaqt ham sonda mos bo’lmaydi:
a) Kimsani bildirgan III shaxsdagi ega bilan fe’l kesim sonda mos bo’ladi. M: 
O’ktam Toshkentdan keldi.
b) Ko’p hollarda, ko’plikdagi ega predmetni bildirsa, fe’l kesim ega bilan sonda 
moslashmaydi. M: Kuz kelishi bilan barglar to’kildi. Agar ko’plikdagi ega 
jonivorlarni anglatsa, fe’l kesim ega bilan sonda mos kelishi ham mumkin. 
M:Kunlar isishi bilan qushlar uchib kela boshladilar.
d) Ot kesim ko’plikdagi ega bilan ko’pincha moslashmaydi.M: O’quvchilar 
tirishqoq ekan.
e) Ba’zan hurmat, kesatish va boshqa ma’nolarni anglatish uchun ega birlikda 
bo’lsa ham, kesim ko’plikda qo’llaniladi. M: Dadam keldilar.
f) Gapda eganing aniqlovchisi miqdor son bilan ifodalansa, ega ham kesim ham 
birlik shaklda bo’ladi. M: Sakkizta xonanda davraga kirib keldi.
Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi. Ba’zan ot kesimning shakllari 
maxsus ifodalanmay, ohang yordamida shakllanadi. Shunday o’rinlarda 
tugallangan ohangni ifdalash uchun ega va kesim orasiga yozuvda tire qo’yiladi: 
1.Gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, bog’lama yoki kesimlilik 
qo’shimchasi bo’lmasa, egadan keyin tire qo’yiladi.M-n: Tinchlik - farvon hayot 
manbai. 
Eslatma: Ayrim hollarda gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, 
kesimlik qo’shimchasi bo’lsa ham, tire qo’yiladi. Bunda ta’kidlash ma’nosi 
kuchaytiriladi. M-n: Til – millatning bebaho boyligidir. Adabiyot – hayotning 
in’ikosidir.  
2.Gapning egasi yo kesimi yohud ularning har ikkalasi harakat nomi bilan 
ifodalansa, bog’lama va kesimlik shakli bo’lmasa, egadan keyin tire qo’yiladi. M-
n: Har narsaga qiziqish – biz uchun eski odat. O’qish – ulg’ayish. 
3.Gapning egasi yoki kesimi birikmalar bilan ifodalanib, tenglik, o’xshatish kabi 
ma’nolarni bildirsa, egadan keyin tire qo’yiladi. M-n: Salomatlik – tuman 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin