Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   98
Mohira2702..

bulutlar bahorning ko’rkidir. 
Sifatlovchi aniqlovchi bog’langan bo’lak sifatlanmish deyiladi. Sifatlovchi bilan 
sifatlanmish bitishuv orqali birikadi: Kerakli(sifatlovchi) toshning(sifatlanmish) 
og’irligi yo’q. 
Sifatlovchi aniqlovchida sifatlanmish egalik qo’shimchalarini talab etmaydi. 
Sifatlovchi aniqlovchilar quyidagicha ifodalanadi: 
a) sifat bilan: Oyim shirin ovqat pishirdi. 
b) son bilan: Ukam yettita kitob olgan
c) olmosh bilan: Har bir bola onasidan ayrilsa, o’kinib yig’laydi
d) ot bilan: Sarkardalar po’lat qilich ishlatishgan
e) sifatdosh bilan: Qo’rqqan odamga qo’sh ko’rinadi
f) ravish bilan: Uzoq-yaqin yerlardan bolalar yig’ila boshladi
g) modal so’z bilan: Zarur ishlarimizni bitirdik. 
h) taqlid so’z bilan: Qo’shni xonadan tars-turs ovoz eshitildi
i) ibora bilan: Kapalagi uchib ketgan hamkasbim derazadan jimgina qarardi
j) kengaygan birikma bilan: Dadam olib kelgan mevalar dasturxonga qo’yildi
Eslatma: Kengaygan birikmali aniqlovchilar (ajralmas birikma) yoyiq (murakkab) 
sifatlovchi aniqlovchi deyiladi. 
Qaratqich aniqlovchi. Gapning biror shaxs yoki narsa-buyumga qarashliligini
xosligini bildirganbo’lak qaratqich aniqlovchi deyiladi. Ular kimning?, 
nimaning?, qayerning? so’roqlariga javob bo’ladi. M-n: Odamning qo’li cho’li 
bo’ston iladi
Qaratqich aniqlovchi tobelangan so’z qaralmish deyiladi. Qaratqich va qaralmish 
moslashuv yo’lida birikadi va shaxs-sonda moslashgan bo’ladi.Qaratqichli 
aniqlovchilar qaralmish bilan bg’langanda quyidagicha bo’ladi: 
1. Qaqaratqich va qaralmish belgili keladi: olmaning guli 
2. Qaratqich belgsiz, qaralmish belgili: maktab hovlisi 
3. Qaratqich va qaralmish belgisiz: gilos shatbat 
4. Qaratqich belgili, qaralmish belgisiz: bizning uy 
Eslatma: Yuqoridagi bog’lanishlar o’rtasida ma’lum mazmuniy va uslubiy 
farqlanish bor:


107 
1)daftarning varag’i 2)daftar varag’i 3) bizning daftar 4)daftar varaq 
Birinchi bog’lanish bilan ikkinchi bog’lanish o’rtasida aniqlik-noaniqlik (xususiy-
umumiy) ma’osi bor yoki yo’qligiga ko’ra farqlanish mavjud. Uchinchi bog’lanish 
ko’proq qaratqich I shaxs ko’plikdagi olmoshlar bilan ifodalanganda ishlatiladi. 
To’rtinchi bog’lanish esa birinchi va ikkinchidan ko’proq so’zlashuv uslubiga 
xosligi bilan farqlanadi. 
Qaratqich aniqlovchilar quyidagicha ifodalanadi: 
a) ot bilan: Tog’ning lolasi juda chiroyli-da.
b) olmosh bilan: Sizning hotirjamligingiz hammasidan muhim. 
c) harakat nomi bilan: Tomoshaga borishning iloji yo’q. 
d) ibora bilan: Og’zi bo’shning ichida gap yotmas. 
Otlashganda:
a)son bilan: O’nning yarmi – besh. 
b)sifatdosh bilan: Maqtanganning uyini ko’r. 
d)ravish bilan: Ko’pning oshi shirin bo’ladi. 
e)taqlid so’z bilan: Musichalar g’uv-g’uvining ovozi shu yergacha yetib kelardi
f)sifat bilan: Yaxshining yaxshiligi har joyda tegadi. 
j)undov so’z: Salomning aligi bor. 
Ba’zan qaratqich qo’llanmay, qaralmishning o’zi ishlatiladi. Bunda qaralmishdan 
qaratqich bilinib turadi. M-n: Maktabimiz katta. 
Qaratqich aniqlovchilarda doimo qaratqich kelishigi tushib qolavermaydi. 
Qaratqich va qaralmish o’rtasida so’z ishtirok etganida, u belgili shaklda 
qo’llaniladi: insonning yuksak orzusi. Shuningdek, qaratqich kelishigi atoqli otlar, 
olmoshlar va sifatdoshlarga qo’shilganda tushib qolmaydi.M-n: Bahoraning kitobi, 
hammaning fikri. Qaratqich kelishiga she’riyatda qisqargan shaklda kelishi 
mumkin: O’zbekiston Vatanim manim. Yer kurrasin bshin bog’ladik.
Izohlovchi aniqlovchi. Izohlovchi aniqlovchining bir turi bo’lib, u shaxs yoki 
narsani boshqacha nom bilan aniqlaydi, ya’ni izohlovchi ot boshqa bir otni 
izohlaydi: Rahim ustoz. Izohlovchi izohlagan ot izohlanmish deyiladi. Izohlanmish 
shaxsning millati, kasb-kori, nasl-nasabi, unvoni, laqabi, yoshi, qarindoshligi, jinsi 
va boshqa qo’shimcha belgilarini tavsiflovchi bo’lak izohlovchi deyiladi.M: 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin