110
To’g’ridan to’g’ri kesimga bog’lanib kelgan to’ldiruvchilar
mustaqil
to’ldiruvchilardir:
Odamning aqlini bilim oshiradi.
Kesim vazifasida kelmagan biror bo’lakka bog’langan to’ldiruvchilar nomustaqil
to’ldiruvchi deyiladi. Shuning uchun u biron bir ikkinchi darajali bo’lakning
tarkibiy qismi – bo’lakning bo’lagi vazifasini bajaradi:
Dangasaning non yeyishini
ko’r gapida dangasaning non yeyishini birikmasi nimani? so’rog’iga javob bo’ladi
va birikmali to’ldiruvchi vazifasida keladi. Bu bo’lak
tarkibidagi non bo’lagi
nomustaqil to’ldiruvchi, bo’lakning bo’lagidir.
1-topshiriq: Gaplardagi to’ldiruvchilarni tahlil qiling.
1.Arzimagan va befoyda narslarga keragidan ortiqcha vaqt sarflash dono odam
uchun nihoyatda og’irdir va bu uni mislsiz tashvishga soladi. 2.Modomiki, vaqt
eng qimmatbaho mulk ekan, unda vaqtni talon-taroj qilish eng og’ir gunohdir.
3.Inson boshiga tushishi mumkin bo’lgan eng og’ir yo’qotish vaqtni boy berishdir.
4.Odam tabiatan qiziq yaratilgan: boyigini yo’qotsa, xafa bo’ladi-yu, umri zoye
ketayotganiga esa parvo qilmaydi. 5.Vaqtini boy berayotganida xunob bo’ladigan
odam eng dono odamdir. 6.Vaqtning qadriga yetmagan ishiga shon-sharaf nasib
bo’lmaydi.
__________________________________________________________________

2-topshiriq: Gaplardagi to’ldiruvchilarni tahlil qiling.
1.Vaqt hamma narsaga o’z ta’sirini o’tkaza oladi; yillarning poyonsiz xalqasi
Dostları ilə paylaş: