111
so’z birikmasi, iboralar va kengaygan birikmalar bilan ifodalanadi:
U vazifaning
muhimlagini takror-takror ta’kidladi.
1-topshiriq: Hollarning sodda va murakkab ko’rinishlarini farqlang.
1.Inson fe’l-atvorini to’g’riroq tushinish uchun boshqa vositalar bo’lmaganda
uni ranjitadigan hazildan foydalanish mumkin. 2.Harakat inson qiyofasini ochib
beruvchi eng aniq vositadir. Inson qanday harakat qilsa, o’shandaydir.
3.Insonning haqiqiy fe’l-atvori mayda-chuydalarda: ular inson o’zini nazorat
qilishdan to’xtaganda yuzaga chiqadi. 4.Inson o’zga kishi oldida ayblariga iqror
bo’lgach, ularni darhol unutadi. Ammo o’zga kishi uning ayblarini eslab qoladi.
5.Haddan ortiq yuksak fazilatlar ham ba’zan insonni jamiyat uchun yaroqsiz holga
keltirib qo’yadi.
Eslatma. Hol bog’lanib kelgan fe’lning kesim vazifasida kelishi yoki kemasligiga
ko’ra hollar 2 xil bo’ladi:
a) mustaqil hollar b) nomustaqil hollar
To’g’ridan to’g’ri kesim vazifasidagi fe’lga tobe bog’lanib kelgan hol mustaqil
hol deyiladi:
O’yin-kulgi yarim kechagacha davom etdi.
Kesim vazifasida kelmagan fe’llar tobe bog’langan holler nomustaqil hol deyiladi:
Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi.
2-topshiriq: Gap tarkibidagi hollarning mustaqil yoki nomustaqillarini aniqlang.
1.Bir kishi quturgan tuyadan jonini qutqarish uchun jar ustiga egilgan ikki
shoxga osilib, jar yoqasiga oyoq qo’yadi. 2.Birdan bolaning oq va qora
sichqonlar u osilib turgan shoxni kemirayotganligiga ko’zi tushadi. 3.Yigit bu
ahvoldan qutilish chorasini o’ylab turganida shunday yonginasida asalari uyasini
ko’radi. 4.Mevalarning shirinligi Ahmadning boshini shu darajada aylantirib
qo’ydi.
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
Hollarning ma’no va vazifasiga ko’ra turlari 8xil:
1.Vaziyat (ravish, tarz)
holi
2.O’rin holi
3.Payt holi
4.Sabab holi
5.Maqsad holi
6.Daraja-midor holi
Eslatma: 8-sinf darsligida hollarning asosiy ma’no turlari 6 ta deb berilgan. Shart
va to’siqsizlik hollari yo’q.
1.Vaziyat (ravish, tarz) holi ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qay
holda? qanday? qay tarzda? qay vaziyatda? qanday qilib? qay ahvolda? kim bo’lib?
kabi so’roqlarga javob bo’ladi. Ravish holi kesimga bitishuv yo’li bilan bog’lanadi
va ko’pincha o‘zi ergashgan so’zdan oldin keladi. Ular quyidagicha ifodalanadi:
1.Holat ravishi bilan:
Mashina yangi asfalt yo’lda tezda yurib ketdi.
2. Ravishdos bilan:
Shoir shamning uchini avaylab kesdi.
3.Sifatdsh+holda ,ravishda, tarzda so’zlari orqali:
U qo’lidagi kalitini o’ynatgan
Dostları ilə paylaş: