Bobomurodova Mohira Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun qo’llanma



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/98
tarix09.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#110308
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   98
Mohira2702..

Oppoq soqoli bilan farzandlarini ham, nevaralarini ham, qo’shni o’g’il qizlarni 
ham – xullas, barchani sizlab gapirardi. 
Agar umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan oldin kelsa va undan keyin 
kiritma qatnashsa, kiritmadan oldin vergul, keyin ikki nuqta ishlatiladi: 
Yurtimizdagi ko’plab pedaggika institutlari, masalan: Jizzax, Namangan va 
Guliston institutlari-universitetlarga aylantirildi.
Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, umumlashtiruvchi 
so’zdan oldin tire qo’yiladi: Yog’liq qo’y go’shti yaxnasi, qaymoq, non, qora mayiz 
– hammasi dasturxonda qol tegizilmay turadi. 
3-topshiriq: Gaplarda ishtirok etgan uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi 
so’zlar orasiga zarur tinish belgilarini qo’ying. Ular qaysi gap bo’lagi ekanligini 
aniqlang. 
1.Najot ikki narsada taqvo bilan niyatdadir. Halokat ham ikki narsada 
umidsizlik va mag’rurlanishda. 2.Har narsada uch asosga haqiqiy, halol va nafli 
narsalarga e’tibor berish kerak. 3.Ish bizni uch xil illatdan zerikish qusur va 
muhtojlikdan xalos etadi. 4.Kelajak bundan buyon ikki xil toifa kishilar aqliy va 
jismoniy mehnat kishisi qo’lidadir. 5.Insonni butun borliq odamlar, buyum, 
narsalar, voqea-hodisalar,ammo, eng avvalo va aksar hollarda odamlar 
tarbiyalaydi. Bular orasida ota-onalar va o’qituvchilar birinchi o’rinda turadi. 
6.Insonda hamma narsa yuz ham, kiyim ham, qalb ham, fikr ham go’zal bo’lishi 
lozim.
4 -topshiriq: Gaplarda ishtirok etgan uyushiq bo’laklar va umumlashtiruvchi 
so’zlar orasiga zarur tinish belgilarini qo’ying. Ular qaysi gap bo’lagi ekanligini 
aniqlang. 
1.Bu xabarni eshitishi bilan Otabekda ko’riladigan o’zgarishlarni hollarni 
harakatlarni barchasini birma-bir ko’nglidan kechirar edi. 2.Otabekdagi sukut 
xayol fikr kabi holatlarni yulib yulqib olib, ular o’rniga chechak donlari ekib, umid 


122 
suvlari sepmakchi edi. 3.Ammo bu o’zgarishlar uning husnini latofatini bir zarra 
ham kamitmay, balki o’n qayta oshirg’an edilar. 4.Zol juda nafis ishlangan 
edi:oltin qandildagi ellilab shamlarning nuri bilan munaqqash devorlarning oltin 
kumush ko’k-qizil oq-pushti sariq-qora gullari yulduzlardek yashnab, uyga bir 
xayoliylik berar edi. 5.Majlisning shoirlari o’yinchilari childirma va dutorchilari 
barchasi ham hozir bo’lib, faqat Kumushbibigina hammomdan qaytmagan edi.

Ajratilgan bo’lakli gaplar
O’zidan oldingi gap bo’lagini izohlagan bo’lak ajratilgan bo’lak deyiladi. Gap 
bo’laklarini ajratish orqali murakkab fikr sodda, ixcham va ta’sirli ifodalanadi. 
Gapning ajratilgan bo’laklari o’zlari aloqada bo’lgan bo’laklarning ma’nosini 
izohlab, bo’rttirib, aniqlashtirib yoki ta’kidlab keladi.Ular boshqa bo’laklardan 
maxsus to’xtam bilan ajralib, gap (mantiqiy) urg’usini oladi. M-n: Soraxon 
shuncha kundan beri yetolmagan niyatiga – Roziyani avvalgiday g’zal, shod 
ko’rish niyatiga – Sattor bir lahzada yetdi. Ajratilgan bo’laklar ishtirok etgan 
gaplar mazmunan murakkablashadi. Ajratilgan bo’lak doimo o’zi izohlayotgan 
bo’lakdan keyin keladi: Tursunali akaga, shunday katta olimga, kuyov bo’lish 
hazil gap emas.Ajratilgan bo’laklar 2 xil tarzda keladi:
a)bir bo’lak holida: Bog’chdagi do’stimni- Qodirni ko’rib qoldim.
b) birikmali bo’lak holida: Haligina, siz kelmasdan sal oldin, joy-joylariga 
ketishdi. 
Ajratilgan bo’laklarda tinish belgilarining ishlatilishi
1. Ajratilgan bo’laklar ikki tomondan vergul (,) bilan ajratiladi:  Sizga, o’rta bo’yli 
qizga, atlas juda yarashibdi.
2. Ajratilgan bo’laklarning o’z ichida verguli bo’lsa, bunday bo’laklar har ikki 
tomondan tire (-) bilan ajratiladi: Ulardan biri – sersoqol, rangpar va orig’i – o’z 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin