seni yeyman. She’rim, yana o’zing yaxshisan. Tarkibida undalma bo’lgan gaplarda, odatda, ega tushiriladi. Undalmali gaplarning
kesimi ko’pincha I-II shaxs-son shakllarida bo’ladi.
Undalmalar bir so’z bilan yoki so’z birikmasi bilan ham ishlatilishi mumkin. Bir
so’z bilan ifodalangan undalma yig’iq undalma deyiladi: Quyosh, nuring to’kaver mo’l-mo’l. O’ziga qarashli aniqlovchisi yoki izohlovchisi bor undalma yoyiq
undalma deyiladi: Jahonga yuz tutgan O’zbekistnim, sening har bir yutug’ing mening yutug’imdir. Undalmalar uyushib kelishi ham mumkin: Otalar, onalar, opalar, singillar, sizga shu haqda murojaat qilamiz. Undashni kuchli ifodalash uchun ba’zan undalmalar takrorlanib keladi: Seni unuta olmas yuragim aslo, Ey O’rta Osiyo, O’rta Osiyo. Undalmalar chaqiriq yo iltimosni ifodalaydi. Ayniqsa, badiiy adabiyotda jonli va
jonsiz predmetlarga murojaat qilinib, nozik ma’no, kuchli ehtiros ifodalanadi: O, gul bahor, sen ochil-sochil. Undalmalar tinglovchining diqqatini kuchliroq jalb etish, his-hayajonni
ta’minlash, hayron qolish ma’nosini ifodalash uchun ko’pincha ey, hoy, voy kabi
undovlar bilan birgalikda keladi.Bunday undovlar ko’pincha undalmaning oldidan
qo’llanadi:Hoy o’rtoqjon, quloq solgin so’zimga. Ba’zan undalmadan so’ng ey, ho, ov, -u, -yu
kabi undovlar ham ishlatiladi: Doston-ov, bu yoqqa kel.Bu holatda undalma bilan
undov so’z chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Undalmalar ko’pincha I shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasini olib keladi.Bunday
vaqtda undalma vazifasida kelayotgan tinglovchi so’zlovchiga yaqin ekanligini,
erkalsh, suyush ma’nolarini ifodalaydi: Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz. Ayrim hollarda undalma nutqda tushib qoladi. Lekin o’rnida undovlar qo’llaniladi:
Hoy, non-ponongni olib kel. Undalmalarning gapdagi o‘rni va ularda tinish belgilarining ishlatilishi.
Undalmalar gapning boshqa bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi
sababli ularning gapdagi o’rni erkin bo’ladi, lekin undalma gapning qayerida
kelishiga ko’ra alohida-alohida vazifa bajaradi.Undalma gapning boshida kelsa,
ko’proq, chaqiriq, murojaat, tinglovchining diqqatini nutq jarayoniga jalb qilish
ma’nolarini ifodalaydi: Odamlar, sog’lig’ingizni asrang. Gapning oxirida kelsa,
muhabbat, hurmat (ba’zan aksincha) ma’nolarni beradi: O’qishni bilmasang, uqib ol, qizim.So’zlovchi tinglovchiga murojaat etish orqali unga subyektiv (shaxsiy,
faqat oziga xos) munosabatni ifodalashni maqsad qilib olsa, unda undalma gapning
o’rtasi yoki oxirida keladi: Nechun kerak, rubob, senga shuncha g’am. Undalmalarning gapdagi o’rni erkin. Ular gapdan vergul yoki undov belgisi bilan
ajratiladi. Undalmalar gapning boshida kelsa, undan keyin, gap o’rtasida kelsa, ikki
tomondan, gap oxirida kelsa, undan oldin vergul qo’yiladi.Undalmalar undovlar
bilan birikibkelganda, undov so’z kuchli his-hayajon bilan aytilsa va undan so’ng
toxtalish bo’lsa, undov so’zdan keyinkop nuqta yoki vergul qo’yiladi: Oh… bolam- a.
126
1-topshiriq: Undalmalarni toping. Tinish belgilarini qo’ying.
1.Aziz nabiralar siz bilmaysiz, oh, men o’sha cho’qqida quchganman zafar. 2.Insondan o’zgani demasman do’stim. 3.Bizlarni bir yo’qlab kelibsan, vafo qilurmisan bahorim. 4.Amirzodam har bir daqiqa g’animat. Xos navkarlaringiz otlangan. 5.Hazratim taxtingiz pastki oshiyonda. 6.Siz menga farzanddek yaqin bo’lmoqchimisiz Mirzo? 2-topshiriq: Berilgan gaplarga turli o’rinlarga undalmalar qo’ying.
1.Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g’am-g’ussa