124
qahramon – “qizlarning qorovuli” ham shu. 8.Bir nimalar yozib tashlagisi keladi,
ammo kunduzgi horg’inlikni, allaqanday qo’rquv – jur’atsizlikmi qo’lini chandib,
o’rnidan qo’zg’admay qo’yadi.
3-topshiriq: Qaysi gap bo’lagi ajratilgan?
1.Tirik ulki, undan keyin qolsa joy – hovuz, ko’l-u ko’prik-la karvonsaroy.
2.Odam ikki marta yashamaydi, lekin bir marta – mazmunli yashashni ham
bilmaydiganlar ko’p. 3.Agarda razm solib qaralsa, aksariyat kishilar hayotning
ko’p qismi bo’lmag’ur ishlarga, anchginasi bekorchilikka, umrning yaxlit o’zi esa
nokerak narsalarga sarflanadi. 4.O’z hayotining mohiyatini bilmaydigan
kishilarning, befarqlarning ahvoliga voy. 5.Farosatsizlik, axloqsizlik orqasida
faqat huzur-halovatga mukkasidan ketganlarning, yengil-yelpi fikrlovchilarning
hayoti sariq chaqaga ham arzimaydi.
Ajratilgan bo’laklarni ajratish usullari
Ular 2 xil bo’ladi:
1)Tartibni o’zgartirish. Bu yo’l bilan ajratish sifatlovchi
aniqlovchiga va ravish
holiga xos:
Yaproqlar – sariq, qizg’ish, ko’kimtir – oftobda tovlanardi.
Shunday
yashar – sokin, bezavol.
2) Bir nomni boshqacha nomlash yoki izohlash orqali gap bo’laklarini ajratish.
Bunday yo’l bilan ajratish sifatlovchi aniqlovchi va ravish holidan boshqa barcha
gap bo’laklariga tegishli:
Lingvistika – tilshunoslik, mening sevgan fanim bo’ladi.
Izohlash yo’li bilan ajratilgan bo’laklar gapning boshqa bo’laklaridan vergul,
ba’zan tire bilan ajratiladi:
Men ko’rsatigan stulga – to’rga o’tib o’tirdim.
Eslatma:
Unda, Halimning ukasida, qiziqarli kitoblar ko’p. Bu gapdagi unda,
Halimning ukasida bo’laklari ikki kishini bildirsa va sanash ohangi bilan talaffuz
qilinsa, uyushiq bo’lak, bir kishini bildirib, ikkinchisi
birinchisidan biroz
to’xtamdan so’ng pastroq ohang bilan talaffuz qilinsa, ajratilgan bo’lak bo’ladi.
Ya’ni ajratilgan bo’laklar bir tushunchaning ikki nomi. Ajratilgan bo’laklar bitta
shaxs yoki bitta narsani ikki marta nomlaydi. Uyushiq bo’laklar esa bir necha
shaxs yoki narsalarni ifodalaydi.
Gap bo’laklari bilan aloqaga kirishmaydigan bo’laklar.Undalma
So’zlovchining nutqi qaratilganshaxsni bildirgan so’z undalma deyiladi.
Undalmalar aytilayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat
qiladi. Shuning uchun, odatda, ular II shaxsga qaratilgan bo’ladi:
Opa, urma
qalbimga tikan.Undalmalarning tagiga ikkita to’lqinli chiziq chiziladi.
Undalmalar bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so’zlar bilan
ifodalanadi.Bunda ular gapning egasiga juda o’xshab ketadi.Ammo ega
gapda
grammatik jihatdan gapda kesim bilan bog’lanadi, undalmalar esa grammatik
jihatdan hech bir bo’lakka bog’lanmaydi.Undalmalar gapda alohida ohang bilan
ajratib aytiladi:
Arpangizni xom o’rdimmi, uka.
Ko’pinca shaxs otlari,
qarindoshlik, hunar-kasbni o’rsatuvchiso’zlar undalma
bo’lib keladi:
O’quvchilar, vaqtning qadriga yetinglar.
125
Undalmalar ba’zan jonivorlar yoki jonsiz narsalargaham qaratiladi:
Qozivoy, men
Dostları ilə paylaş: