121
umumlashtiruvchi ko’pincha bir xil grammatik shaklda bo’ladi. Uyushgan
bo’laklar narsa va hodisalarni, belgi-xususiyatlarni alohida-alohida ifodalasa,
umumlashtiruvchi so’z ularning hammasini jamlaydi:
Umrzoq hamma
narsani:konvertni ham, qog’ozni ham ko’rdi.
Uyushgan bo’lak bilan umumlashtiruvchi so’z o’rtasida xususiylik-umumiylik
,jins-tur munosabati mavjud bo’ladi.Uyushgan bo’laklar xususiylikni, jinsni;
umumlashtiruvchi so’z esa umumiylikni, turni bildiradi:
Eshikdan hamma:
bolalar, ayollar,keksalar kirib kelishdi.
Ko’oincha belgilash va bo’lishsizlik lmoshlari, jamlikni va umumiylikni
bildiruvchi otlar, fe’llar (otlashgan sifatdosh), so’z birikmasi, kengaygan
birikmalar umumlashtiruvchi so’z bo’lib keladi.
Umumlashtirvchi so’z uyushgan bo’lakardan oldinham, keyin ham kelishi
mumkin. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan oldin kelsa,
umumlashtiruvchi so’zdan so’ng ikki nuqta (:) qo’yiladi:
Kanalning ikki
qirg’og’ida turgan odamlar: erkaklar, ayollar, bolalar shod-xurram edi.
Eslatma: Agar umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa va undan
oldin kiritma atnashsa, kiritmadan oldin tire, kiritmadan keyin vergul qo’yiladi:
Dostları ilə paylaş: