117
2.To’liqsiz gaplar
Biror gap bo’lagining ifodalanmaganligi
sezilmaydigan, fikrni ifodalash uchun
zarur bo’lgan hamma bo’laklari saqlangan gaplar to’liq gap deyiladi:
Yurtimiz
kundan-kun go’zallashib bormoqda.
Suhbat nutqida, matn ichida qo’llanilib, biror bo’lagi tushirib qoldirilgan va u nutq
sharoitidan anglashilib turadigan gaplar to’liqsiz gaplar deyiladi.To’liqsiz gap
uchun
zaruriy umumiy qoida, qonuniyatlar xos emas. Qaysi bo’lakning qoldirilishi
kerakligi va qaysi bo’lakni tushirish mumkinligini faqat nutq sharoiti belgilaydi:
-
Gulni kimga terding?
- Onamga.
To’liqsiz gaplar suhbatda, dialogda, badiiy asarlarda ko’proq qo’llaniladi.Ba’zi
qo’shma gap bilan ifodalangan xalq maqollaridagi qo’shma gapning bir qismi
to’liqsiz gap shaklida bo’ladi:
To’ylining to’yi o’tar. To’ysizning kuni.
To’liqsiz gaplarda quyidagi gap bo’laklari tushirilishi mumkin:
1.Kesim va unga oid so’zlar:
- Senga ular qanday topshiriq berishdi?
- Hech qanday.
2.Ega tushib qolishi mumkin:
- Xo’sh, shartingiz bormi?
- Bor.
3.Ega va kesim tushiriladi:
- Dadam qayerda ishlayaptilar?
- Bog’da.
4. Ikkinchi darajali bo’laklar tushib qoladi:
- Kim muzeyga bormoqchi?
- Hammamiz boramiz.
1-topshiriq:Gap juftliklaridagi
birinchi gaplarga asoslanib, ikkinchi gaplardagi
tushirib qoldirilgan bo’laklarni tiklang.
1.Bir hakimdan:
- Qaysi taom eng xushbo’y va lazzatli? – deb so’rabdilar.
- Qorin och paytda yeyilgan taom, – debdi hakim.
2.Bir kishi tabibga mazasi qochayotganini aytibdi. Tabib:
- Bugun numa yeganding? – deb so’radi.
Dostları ilə paylaş: